O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.
9.2.3-jadval
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha tovarlar import hajmi va tarkibining o‘zgarishi Tovar guruhi Umumiy eksport hajmidagi salmog‘i, % Hajmning o‘zgarishi, % 2003 2004 2004 yilda 2003 yildagiga nisbatan Oziq-ovqat mahsulotlari 9,9 6,8 68,7 Kimyoviy mahsulotlar 12,8 12,5 97,6 Energiya resurslari 2,7 2,1 77,7 Qora va rangli metallar 7,9 10,3 130,4 Mashina va uskunalar 44,4 46,0 103,6 Xizmatlar 10,2 11,1 108,8 Boshqalar 12,1 11,2 92,6 Jami 100 100 128,7 Манба: ЎзР Давлат Статистика қўмитаси Energiya va yoqilgi mahsulotlari importi salmog‘i 2003 yildagi 2,7 foizdan 2004 yilda 2,1% gacha kamaydi. Rangli va qora metallar importi salmog‘i 10,3%, xizmatlar esa 11,1 foizni tashkil qildi yoki 2003 yilga nisbatan mos ravishda 2,4 va 0,9%ga oshdi. G‘alla va un, shakar va qandolat mahsulotlari, yog‘ va moy, alkogol va alkogolsiz ichimliklar olib kelinishi qisqarishi hisobiga 2003 yilga nisbatan iste’mol tovarlari importi 13,5% kamaydi. Kaustik suda, farmasevtika mahsulotlari, plastmassa importni qisqarishi hisobiga kimyoviy mahsulotlar importi 7,4% kamaydi. 105 Natijada umumiy import hajmidagi iste’mol tovarlari importining salmog‘i 9,9% dan 6,8% gacha, kimyoviy mahsulotlar importi esa mos ravishda 12,8% dan 12,5% gacha kamaydi. 2004 yilda xorij mamlakatlariga eksport qilish sur’atlari (2003 yilga nisbatan 1,27 marta) MDH mamlakatlariga (1,17 marta) nisbatan o‘sib borishi kuzatilgan. Bunda MDH, mamlakatlariga eksport qilish salmog‘i 27,6% dan 26% gacha kamaygan. MDH mamlakatlariga, asosan, iste’mol tovarlari va energetika, yoqilg‘i mahsulotlari etkazib berilmoqda, shuningdek, kimyoviy mahsulotlar, mashina va uskunalarni eksport qilish hajmi ham ortib bormoqda. Xorij mamlakatlariga, asosan, paxta tolasi, rangli va qimmatbaho metallar, kimyoviy mahsulotlar eksport qilinmoqda. Umumiy eksport hajmidagi ushbu mamlakatlarga eksport qilish salmog‘i 72,4% dan 74% gacha ko‘paydi. Xorij mamlakatlaridan import qilishga nisbatan (1,07 marta) MDH, mamlakatlaridan import qilish sur’atlari bir muncha yuqorilab ketdi (2003 yilga nisbatan 1,14 marta). Mos ravishda MDH, mamlakatlaridan import qilish salmog‘i 2003 yildagi 36,9% dan 38,3% gacha ko‘paydi, xorij mamlakatlaridan esa 63,1% dan 61,7 foizga kamaydi. MDH mamlakatlaridan, asosan, qora va rangli metallar, energetika va yoqilg‘i mahsulotlari, yog‘och, qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari; xorij mamlakatlaridan esa oziq-ovqat, kimyoviy mahsulotlar va plastmassa, mashina va uskunalar, to‘qimachilik mahsulotlari olib kelingan. 2004 yilda asosiy savdo hamkorlari Evropa (respublika tovar aylanmasining 63,3%) va Osiyo mamlakatlari (33,0%) hisoblanadi. Ular ishtirokida tovar aylanmasi 2003 yilga nisbatan 1,2 martaga oshdi. Eksport bo‘yicha etakchi savdo hamkorlari quyidagi davlatlar hisoblanadi: Rossiya - eksportning 12,3% (2004 yilga nisbatan 144,5%), Buyuk Britaniya - 7,5% (121,8%), Eron - 7,4% (157,6%), Shvesariya - 5,4 % (105,9 %), Ukraina ~ 3,9 % (89,5%), Turkiya - 3,5 % (125,6%), Tojikiston - 3,3 (120,2 %), AQSh - 2,9% (139,1%), Qozog‘iston -2,7% (121,8 %), Hindiston 2,4% (360,2%), Afg‘oniston - 2,4% (145,2%)ini tashkil qildi. 9.2.4-jadvalda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi va uning asosiy savdo hamkorlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Importning 60%i oltita mamlakat hissasiga to‘g‘ri kelgan: Rossiya -23,3% (2004 yilga nisbatan 115,9%) Germaniya - 9,8% (138,1%), Janubiy Koreya - 7,9% (90,7 %), AQSh - 7,7% (69,7%), Xitoy - 5,5% (144,6%), Turkiya - 4,8% (161,7%). 2005 yilda tovar ayirboshlashdagi eng yuqori ijobiy qoldiq Eron, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Tojikiston bilan kuzatilgan; salbiy qoldiq esa - Germaniya, Rossiya, Janubiy Koreya, AVDN, Xitoy, Qozog‘iston bilan kuzatildi. Umuman olganda, 2005 yilda tashqi savdoning rivojlanishi ijobiy baholanmoqda. Tashqi savdo ayirboshlash hajmining ortishi bilan bir qatorda eksport va import tarkibida sifat o‘zgarishlari ro‘y berdi. Eksport tarkibida tayyor mahsulot tobora salmoqli o‘rin egallamoqda. Tashqi aloqalar jug‘rofiyasida iqtisodiy jihatdan rivojlangan xorij mamlakatlari bilan munosabatlar mustahkamlanib bordi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling