O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti
Tovarooborot dinamikasini o‘rganish
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.
9.2. Tovarooborot dinamikasini o‘rganish Tashqi savdo rivojlanishida 2005 yilda 2004 yilga nisbatan ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Tashqi savdo aylanmasi 9,6%ga ko‘paydi va 9,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. 1 Bunga asosan quyidagilar sabab: bo‘ldi: eksport-import bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni ro‘yxatga olish amaliyotini soddalashtirildi; Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida import shartnomalarni dastlabki ro‘yxatga olish bekor qilindi; qushimcha qiymat solig‘idan tashqari barcha turdagi soliq va yig‘imlarni to‘lashdan ozod qilingan xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan raqobatbardosh tayyor iste’mol tovarlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha qushimcha choralarning qo‘llanildi; Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi o‘rtasida tashqi savdo amaliyotlarini ayirboshlashning yagona elektron tizimi yaratildi; joriy xalqaro amaliyot bo‘yicha milliy valyutani (so‘mni) erkin ayirboshlash – konvertatsiya kiritildi; yuridik shaxslar, shuningdek, eksport-import amaliyotlarini amalga oshirish 1 Социально-экономическое положение Республики Узбекистан за 2005 г. Госкомстат РУз. Ташкент, 2006. 26с. 102 huquqiga ega bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar uchun yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilishda bojxona tolovi stavkasi nolga tenglashtirildi. 2005 yildan boshlab O‘zbekiston import qilishga nisbatan ko‘proq eksport qila boshladi. Tovar ayirboshlashning umumiy hajmida eksportning salmog‘i 56,93%, importning esa 43,07%ni tashkil qildi. Savdo balansining aktiv qismi 2005 yilda 5408,8 mln. AQSh dollarni, import esa 4091,3 mln. AQSh dollarini tashkil etdi hamda so‘nggi yillarda ilk marotaba 1995 yil ko‘rsatkichiga yaqinlashdi (9.2.1-jadval). Tovar ayirboshlashdagi ijobiy qoldiq (salьdo) xorij mamlakatlari bilan savdo qilish hisobiga erishildi. MDH, mamlakatlari bilan tovar ayirboshlashdagi salbiy qoldiq kamaydi va 41,8 mln. AQSh dollarini tashkil qildi. Eksport hajmi 11,5% ko‘paydi. Xizmat ko‘rsatuvchi va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, «O‘zeltexsanoat», «O‘zavtosanoat», "O‘ztelekom" uyushmalari, DAJ TAPOiCH mahsulotlar eksporti haji ko‘paydi. "O‘zqishloq xo‘jalikmash holding" XK, "O‘zbekneftgaz" milliy holding kompaniyasi, "O‘zbek ipagi" uyushmasi korxonalari eksport mahsulotlari turini kengaytirdilar. Import bo‘yicha ham har chorakda o‘sish saqlanib turdi va eng katta o‘sish sur’ati to‘rtinchi chorakda kuzatildi - 27,4%. Umuman olganda yil davomida 2004 yilga nisbatan import hajmi 7,2% ko‘paydi. Eksport tarkibida sifat o‘zgarishlari ro‘y berdi. Oziq- ovqat mahsulotlaridan tashqari tovarlarning barcha guruhlari bo‘yicha 2004 yilga nisbatan eksport hajmining ko‘payishi kuzatildi. Mahsulot hajmida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar (mashina va uskunalar engil sanoat mahsulotlari boshqa tayyor buyumlar) mavqei yaxshilandi Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling