2. Петер фон Дер Липпе. Статистика предприятий. Изд. Федеральной
статистикое управление Германии. Висбаден. 2003.
Ushbu qo‘llanmada Germaniya federal statistika boshqarmasi tomonidan milliy
statistikani tashkil etish, ayniqsa, korxonalar statistikasi masalalari, batafsil yoritib
berilgan. Ushbu qo‘llanma 3 ta asosiy bo‘lim: 1) Milliy umumiy yondashuv, 2)
Tarmoq yondashuv, 3) Integrasiyadan iborat. Qo‘llanmada Evropaning rivojlangan
Fransiya, Angliya, Germaniya va boshqa mamlakatlarida sanoat korxonalari
statistikasi tashkil etilishi, asosiy statistik ko‘rsatkichlarni hisoblash ko‘rib chiqilgan.
Bu erda, ayniqsa, korxona va muassasalar registlari, oylik, yillik tekshirishlar hamda
sanoat va qurilishda Germaniyada olib boriladigan statistik tekshirishlar ayniqsa
mutaxassislarda va talabalarda qiziqish uyg‘otadi.
3. Григорук Н.Е. Статистика внешнеэкономических связей: Учебное
пособие. – М.: Изд. «Дело и сервис», 2004.
Ushbu o‘quv qo‘llanma 7 ta bobdan iborat bo‘lib, quyidagi masalalar yoritilgan:
1. Tashqi iqtisodiy aloqalar statistikasi predmeti, metodi va vazifalari.
2. TIA statistikasida aholi harakati (tabiiy va mexanik) ko‘rsatkichlari.
3. Jahon mehnat bozori statistikasi va uning iqtisodiy talqini.
5. TIA statistikasida milliy boylik ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqish masalalari.
6. TIA statistikasida YaIM va yalpi daromadni turli mamlakatlar misolida talqin
etilishi masalalari.
7. Xalqaro darajada aholi turmush darajasini qiyosiy taqqoslash masalalari
ko‘plab jadvallar, grafiklar yordamida batafsil yoritilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma tashqi iqtisodiy aloqalar, ayniqsa uning statistik
yondashuvi bilan qiziqqan professor-o‘qituvchilar, aspirantlar, magistrlar va talabalar
uchun katta qiziqish uyg‘otadi.
116
GLOSSARIY
Do'stlaringiz bilan baham: |