O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/80
Sana13.05.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1455435
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80
Bog'liq
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.

Statistika – lotincha “Status” - ahvol, holat so‘zi bilan italyancha “State” -davlat 
so‘zidan kelib chiqib, davlat ahvoli haqidagi fan.
Statistika – bu fan tarmog‘i, amaliy faoliyat sohasi, bilim yo‘nalishi, bilish 
quroli. 
Tasviriy statistika – ma’lumotlar to‘plash, tasniflash, umumlashtirish va talqin 
etish yo‘llaridir. 
Statistika o‘rganish ob’ekti – ommaviy hodisa va jarayonlardir. 
Ommaviy hodisa – biror ob’ektlar to‘plamida yoki murakkab ob’ekt 
elementlari majmuasida yuzaga chiqqan voqea. 
Ommaviy jarayon – ob’ektlar to‘plamida yoki murakkab ob’ektda sodir 
bo‘lgan voqealar oqimi, ularning rivojlanishi. 
Ommaviy hodisa – har qanday hodisalar yig‘indisi bo‘lmasdan, ularning 
shunday to‘plamiki, unda statistik qonuniyatlar namoyon bo‘ladi, ammo yakka 
hodisada ular yuzaga chiqmaydi. 
Statistika uslubiyati – ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda, unda 
namoyon bo‘ladigan qonuniyatlarni oydinlashtirishda ishlatiladigan o‘ziga xos uslub
ya’ni statistika fani va amaliyotida qo‘llaniladigan yo‘llar, usullar, vositalar 
majmuasi. 
Stoxastik yoki statistik qonunlar – bir turli hodisalarni ommaviy 
takrorlanishida namoyon bo‘ladigan qonunlar. 
Iqtisodiy statistika predmeti – iqtisodiy qonunlarning miqdoriy ifodalanishi, 
ommaviy iqtisodiy jarayonlarning miqdor - sifat aniqligini o‘rganish. 
Statistik kuzatish – o‘rganilayotgan ommaviy hodisalar haqida boshlang‘ich 
ma’lumotlarni to‘plash jarayonidir. 
Milliy standart – muayyan mamlakat miqyosida, xalqaro standart esa-butun 
jahon eki mamlakatlar birlashmasi miqyosida hodisalarni tasniflab, ko‘rsatkichlarni 
tuzish va hisoblash, ma’lumotlarni qayd qilishda qo‘llanadigan umumiy talab, tartib 
va umumiy kontsepsiyalar majmuasidir. 
Kuzatish sub’ekti – o‘rganilayotgan hodisalar haqidagi ma’lumotlarni qayd 
qiluvchi va to‘plovchi yuridik yoki jismoniy shaxs. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling