O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy adabiyotlar
- ASOSIY ADABIYOTLAR SHARHI 1. Сиденко А.В., Башкатов Б.И., Матвеева В.М. Международная статистика. Учебник. Изд. «Дело и Сервис». М., 2003.
Qisqacha xulosalar
Tashqi savdoni o‘rganishda statistik usullardan keng va o‘rinli foydalaniladi. Bu, ayniqsa, tashqi savdo dinamikasini va tuzilmasini tahlil qilishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu erda statistik jadvallardan, grafiklardan unumli foydalanilgan. Nazorat va muhokama uchun savollar 1.Tashqi savdoni o‘rganishning statistik metodlari. 2.Tashqi savdo dinamikasini o‘rganish. 3.Tashqi savdo tuzilmasini o‘rganish. 4.Baholarni bir asosga keltirish. 5.Tovaraylanmasi fizik hajmi indeksi. Asosiy adabiyotlar 1. Иванов М. Экономическая статистика: Учебник. – М.: ИНФРА. – M.: 2000. 2. Аюбжонов А.Ҳ. ТИФ статистикаси: Ўқув қўлланма. – Т.: Ўзбекистон, 2004. 3. europa.eu.int 4. europa.eu.int/comm/relays/index_en.htm 5. www.euireland.ie 6. www.cec.org.uk 7. www.eurunion.org 8. www.europarl.ie 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А. Каримовнинг Ислоҳотлар ва инвестициялар бўйича идоралараро мувофиқлаштириш кенгашининг 2000 йил 1 февралдаги йиғилишидаги қилган маърузаси. «Халқ сўзи» газетаси, 2000 йил 2 февраль. 114 ASOSIY ADABIYOTLAR SHARHI 1. Сиденко А.В., Башкатов Б.И., Матвеева В.М. Международная статистика. Учебник. Изд. «Дело и Сервис». М., 2003. Darslik jami bo‘lib, 11 ta bobni o‘z ichiga oladi. Ya’ni: I bob. Chet el mamlakatlari va tashkilotlari iqtisodiy statistikasi. Ushbu bobda chet el mamlakatlarida va xalqaro tashkilotlarda xalqaro statistika shakllanish bosqichlari bayon etilgan. Hozirgi zamon global statistika tizimiga baho berilgan. Ushbu bobda BMTning statistika komissiyasi, statistika bo‘limlari faoliyati to‘liq yoritilgan. Shuningdek, turli xalqaro tashkilotlar: Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotida statistik xizmatning tashkil etilishi ham batafsil yoritilgan. II bob. Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida iqtisodiy faoliyatning tasnifi deb nomlanib, bu erda 1857 yilda Avstriya olimlari tavsiya etgan ishlab chiqarish tarmoqlari tasnifi hozirgi kunga qadar rivojlanib hamda takomillashib borishi tarixiy bayon etilgan. Ushbu bobda BMTning tarmoq tasnifi, 1993 yilda qabul qilingan xalqaro faoliyat turlari standart tasnifni hamda kasblar tipi bo‘yicha xalqaro tasnifi o‘rin olgan va batafsil sharhlangan. III bob. Xalqaro demografik statistika, deb yuritiladi. Ushbu bobda batafsil aholi to‘g‘risida turli mamlakatlardan ma’lumotlar olish usullari ko‘rib chiqilgan (ro‘yxatlar, joriy uchyot, prognoz). Demografik statistika ko‘rsatkichlari tizimi statistik ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqilgan. Bu bobda aholining o‘rtacha yillik soni, tug‘ilishi, o‘lish, tabiiy o‘sish koeffitsientlari qiyosiy tahlil qilingan. IV bobda mehnat statistikasi masalalari ko‘rib chiqilgan. Bobda xalqaro mehnat tashkiloti ish faoliyati to‘liq yoritilgan, mehnat resurslarining asosiy kategoriyasi ko‘rib chiqilgan, turli mamlakatlar bo‘yicha qiyosiy tahlil qilingan. V bob. MHT deb nomlanadi. Bu erda turli mamlakatlarda MHTga o‘tish jarayoni qanday kechayotgani bayon etilgan. MHTdagi baholar tizimi ko‘rib o‘tilgan. Ushbu bobda, shuningdek, asosiy hisoblar sxemasi to‘liq yoritilgan. VI bobda YaIMni valyutalar sotib olish qobiliyati asosida xalqaro taqqoslash masalalari ko‘rib chiqilgan. Bu erda xalqaro taqqoslashlar metodologiyasi misollar yordamida batafsil yoritilgan. Bobda EKSh, Giri – Kamis usullari, sifatdagi farqlar uchyoti masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Ekstropolyasiya masalalari ham batafsil yoritilgan. VII bob. Tashqi aloqalar statistikasi deb nomlanib, bu erda tovarlar va xizmatlar eksporti, importi, tashqi savdo dinamikasi, tuzilishi, baho masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Bobda, shuningdek, tashqi savdo sanalari, jug‘rofik tuzilish masalalariga ham o‘rin ajratilgan. VIII bobda milliy boylik statistikasi masalalari yoritilgan. Jahonning turli mamlakatlarida milliy boylik ko‘rsatkichlari qanday yoritilishi bayon qilingan. Ular qiyosiy statistik tahlil qilish nuqtai nazari ostida ko‘rib chiqilgan. IX bob. Xalqaro makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi deb nomlanib, turli jahon mamlakatlarida YaIMni, yalpi daromadni hisoblash tajribalari, o‘ziga xos xususiyatlari, farqlari ko‘rib chiqilgan. 115 X bob. Iqtisodiy faoliyat samaradorligi statistikasi deb yuritilib, ishlab chiqarish va mahsulot rentabelligi, jonli mehnat sarfi samaradorligi ko‘rsatkichlari, kapital qo‘yilmalar samaradorligi ko‘rsatkichlari turli mamlakatlar misolida ko‘rib chiqilgan. XI bob. Aholi turmush darajasi xalqaro statistikasi, deb nomlanib, aholining turmush darajasiga ta’sir etuvchi omillar: ish haqi, daromadlar, yashash sharoitlari, sog‘liqni-saqlash muassasalari faoliyati turli mamlakatlar misolida ko‘rib chiqilgan. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling