O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/80
Sana13.05.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1455435
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   80
Bog'liq
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.

Analitik guruhlash – belgilar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni tasvirlovchi 
guruhlash. 
Statistik ko‘rsatkich – ommaviy hodisa va jarayon me’yori, ya’ni uning sifat 
va miqdor birligini ifodalash shakli (tasvirnomasi). 
Statistik ko‘rsatkichlar tizimi – o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar majmuasidir. 
Dinamika nisbiy ko‘rsatkichlari – turli vaqt davrlariga tegishli ko‘rsatkichlar 
nisbati hosilasidir. 
Intensivlik nisbiy ko‘rsatkichlari – hodisaning turli belgilarini taqqoslash 
natijasi bo‘lib, bir belgi qiymatining bir birligiga ikkinchisining qancha birligi to‘g‘ri 
kelishini ifodalaydi. 
Arifmetik o‘rtacha deb, shunday ilmiy qoidaga asoslangan o‘rtachaga 
aytiladiki, u bilan belgining ayrim qiymatlarni almashtirilsa, ularning umumiy 
yig‘indisi o‘zgarmasligi va to‘plam birliklari soniga nisbatan proportsional 
taqsimlanishi zarur. 
Tortilgan arifmetik o‘rtacha – o‘rtalashtirilayotgan miqdorlarni ularning 
to‘plamda uchrashish soni bilan tortib olib hisoblangan o‘rtachadir. 
Geometrik o‘rtacha deb shunday ilmiy qoidaga asoslangan o‘rtachaga 
aytiladiki, u bilan o‘rtalashtirilayotgan miqdorlarni almashtirish natijasida bu 
miqdorlarning o‘zaro ko‘paytmalari natijasi o‘zgarmasligi va to‘plam birliklari 
bo‘yicha geometrik professiya bo‘yicha taqsimlanishi zarur. 
Garmonik o‘rtacha deb shunday o‘rtacha miqdorga aytiladiki, u bilan 
o‘zgaruvchilarni almashtirayotganda ularning teskari qiymatlari yig‘indisi o‘zgarmas 
miqdor deb qaraladi. 
Tuzulmaviy o‘rta ko‘rsatkichlar – taqsimot qatorida ma’lum o‘rinda 
joylashgan varianta qiymati tushuniladi. 
Mediana – to‘plamni teng ikki qismga bo‘luvchi belgi qiymatidir. 
Variasiya – qator hadlarining tebranuvchanligi, varianta qiymatlarining 
o‘zgaruvchanligidir. 
Variatsnon kenglik – taqsimot qatorining eng katta va eng kichik variantalari 
orasidagi farq. 
Dispersiya – qator variantalari qiymatlari bilan ularning arifmetik o‘rtachasi 
orasidagi tafovutlar kvadratlaridan olingan arifmetik o‘rtachadir. 


118 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling