O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/80
Sana13.05.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1455435
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80
Bog'liq
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.

 
Qisqacha xulosalar 
Tashqi savdoda eng asosiy masala bu baholarning shakllanishi hisobiga o‘tadi. 
Ularning kategoriyalari ham muhim o‘rin tutadi. 
To‘lov balansining ahamiyati ham katta. Tashqi savdo eksporti va importi 
kunlari ham iqtisodiy tahlilda alohida o‘rin egallaydi. 
 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Tashqi savdoda qo‘llaniladigan baholar. 
2. Tashqi savdo baholarining shakllanish xususiyatlari. 
3. To‘lov balansi haqida nima bilasiz? 
4. Tashqi savdoda eksport va import kunlari. 
5. Tashqi savdoning jug‘rofik tuzilmasi. 


91 
Asosiy adabiyotlar 
1. Золоев В.Т. Статистика внешней торговли. – М.: Финансы и статистика. 
2001. 
3. Минашкин В.Г., Козарезова О.Л. Основы теории статистики. – М., 2004. 
4. Петрова Е.В. и др. Практикум по статистике транспорта: Учебное 
пособие. – М., 2002. 
5. Аюбжонов А.Ҳ. ТИФ статистикаси. Ўқув қўлланма. – Т.: Ўзбекистон, 
2004. 
6. europa.eu.int 
7. europa.eu.int/comm/relays/index_en.htm 
8. www.euireland.ie 
9. www.cec.org.uk 
10. www.eurunion.org 
 


92 
VIII bob. MILLIY HISOBLAR TIZIMIDA «TASHQI DUNYO» 
SEKTORI 
 
8.1. «Tashqi dunyo» sektori tushunchasi, vazifasi va asosiy hisoblari. 
8.2. Joriy operatsiyalar hisobi. 
8.3. Kapital harajatlar hisobi. 
8.4. Moliyaviy hisob va uning asosiy ko‘rsatkichlari. 
8.1. «Tashqi dunyo» sektori tushunchasi, vazifasi va asosiy hisoblari 
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan so‘ng asosiy vazifalaridan biri o‘z 
iqtisodiyotini 
ma’muriy 
boshqarishdan 
bozor 
munosabatlariga 
asoslangan 
boshqaruvga o‘tkazishdan iborat bo‘lib qoldi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga 
o‘tish ob’ektiv zaruriyat sifatida davr taqozoga aylandi. Faqat bozor 
munosabatlarigina mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining ulkan imkoniyatlaridan 
biri-xalq baxt-saodati yo‘lida, uning turmush darajasini oshirish maqsadida samarali 
foydalanishni ta’minlashi mumkin. 
O‘zbekiston iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazishda davlat statistikasi 
organlarining roli katta. 
Bozor munosabatlari sharoitida statistika sohasidagi yangi muammolarni hal 
etishni, uning nazariy asosini qaytadan ko‘rib chiqishni, mavjud statistika amaliyotida 
keskin o‘zgarishlar amalga oshirilishini taqozo etadi. 
Shu maqsadda makroiqtisodiy statistik rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarida tub 
o‘zgarishlar hosil qilish uchun xalq xo‘jaligi Balansini (XXB) saqlab qolgan holda
mahalliy sharoitlariga moslashgan milliy hisoblar tizimini (MHT) xalqaro standartini 
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish zarur. 
Milliy hisoblash tizimida ijtimoiy takror ishlab chiqarishning barcha jarayonlari 
ikki yoqlama operatsiyalar to‘plami sifatida talqin etiladi va bu operatsiyalar 
tomonlar hisobida qiymat ko‘rinishida, daromad yoki harajat sifatida ko‘rsatiladi. 
MHT – avvalombor makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimining har tomonlama 
rivojlanishi natijasida yuzaga keldi. 
1934 yili etakchi iqtisodchi olim S.Kuznes mamlakat bo‘yicha 1929-1934 yillar 
uchun milliy daromad hajmini hisoblagan. 1929-1933 yillarda g‘arb davlatlari uchun 
murakkab iqtisodiy inqiroz davri boshlandi va bu mamlakatlar iqtisodchilari 
kapitalistik jamiyat rivojlanishining «ayrim nazariyalari»ni qayta ko‘rib chiqishga 
majbur bo‘ldilar. Kapitalistik mamlakatlarda balans tizulmalari zarurligi ob’ektiv 
omillar 
va, 
avvalo, 
davlat-monopolistik 
kapitalizmning 
rivojlanishi 
hamda 
kapitalistik davlatlar iqtisodiyotini tartibga solishning amaliy ehtiyoji bilan vujudga 
keldi. Ikkinchi jahon urishi tugagandan so‘ng kapitalistik mamlakatlar davlatni 
boshqarish tizimida MHT qo‘llanilishning zarurligini yanada chuqurroq tushinib 
etdilar. 
1951 yilda Parijda Evropa Iqtisodiy hamjamiyatining milliy hisoblar bo‘yicha 
konfrensiyasi bo‘lib, unda Evropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar uchun 
MHTning standarti loyihasi qabul qilindi. Bu loyiha R.Stoun rahbarligidagi bir guruh 
iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqildi. 


93 
1952 yilda bir guruh iqtisodchi-statistiklar BMTning Statistika byurosi 
topshirig‘iga binoan, «Milliy hisoblar va o‘tish jadvallari» deb nomlangan 
metadologiyani tayyorladilar. Bunda Angliya va AQSH ning milliy hisoblar bo‘yicha 
asosiy ishlari asos qilib olindi. 
1968 yili BMTning Statistika komissiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan 
holda uning a’zolari tomonidan «Yashil Kitob» nomini olgan yana bir yangi standart 
ishlab chiqildi. 1968 yilda tatbiq etilgan MHT 25 yil mobaynida 1993 yilning 
fevraliga qadar xizmat qildi. 
1993 yil fevral oyida BMTning Nyu-Yorkdagi statistika komissiyasining 
navbatdagi sessiyasida MHTning yangi standarti qabul qilindi. 
Ushbu yangi standartda hamda MHTning eski 1968 yildagi standartda uining 
asosiy yutuqlaridan foydalanish ko‘rsatib o‘tilgan. Bunda eng asosiy xususiyatlaridan 
biri makroiqtisodiy statistika ko‘rsatkichlaridan keng ko‘lamda foydalanish 
hisoblanadi. 
Yangi 
MHT 
xalqaro 
iqtisodiy 
hamkorlikda 
muhim 
makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlarni xalqaro taqqoslashni yanada yuksaltirish maqsadida tashkil etildi. 
MHTda iqtisodiyot sektorlari orasidagi munosabatlarni o‘rganish maqsadida 
asosiy hisoblardan keng foydalaniladi. 
Bu hisoblar ikki guruhga ajratiladi: 
1. Mamlakat ichki iqtisodiyotini ta’riflovchi ichki iqtisodiy hisoblar. Ularga 
quyidagi hisoblarni kritamiz: 
- tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hisobi; 
- ishlab chiqarish hisobi; 
- daromadlarning tashkil topish hisobi; 
- daromadlarni ayirboshlash hisobi
- daromadlardan foydalanish hisobi; 
- kapital harajatlar hisobi. 
2. Mamlakatni boshqa davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlarini o‘rganishda 
tashqi iqtisodiy aloqalar (tashqi dunyo) hisobidan foydalaniladi. 
Bu hisob quyidagi 3 hisobda ifodalanadi: 
- joriy operatsiyalar hisobi; 
- kapital harajatlar hisobi; 
- moliya hisobi. 
«Tashqi dunyo» sektori – shu chegarada chet el iqtisodiy birliklar (uy xo‘jaligi, 
birlashmalar, korxonalar)ni qamrab oladi va shu chegarada mamlakat rezidentlari 
bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar (transport va sug‘urtalash sohasi xizmatlari, 
ya’ni import tovarlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar, turli xil sektorlarga tegishli chet 
el aktivlari bilan rezidentlar o‘rtasida bajariladigan operatsiyalar, turli xil 
mintaqalarga tegishli davlat majburiyatlari bilan rezidentlar o‘rtasida bajariladigan 
operatsiyalar, kapital qo‘yilmalar, joriy operatsiyalar, moliyaviy operatsiyalarni 
tasvirlaydi). 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling