O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti
Tashqi savdoda tovarlar importi va eksporti, uni statistik o‘rganish
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.
7.2. Tashqi savdoda tovarlar importi va eksporti, uni statistik o‘rganish
Avvalambor, eksport va import haqida va uni hisobga olish to‘g‘risida gap ketganda, tashqi savdo hisobini olib borish haqida gapirish lozim. Bojxona xodimlari tomonidan tashqi savdoni rasmiylashtirishda bojxona deklarasiyalari, tovar va xizmatlarga berilgan yo‘l qog‘ozlari, tovarlar va xizmatlar hisobi va ularning shartnoma pasportlari rasmiylashtiriladi. Bojxona chegaralari kesib o‘tsada, ammo tashqi savdo hisobiga olinmaydigan tovar va xizmatlar quyidagilardan iboratdir: 1. To‘g‘ridan – to‘g‘ri tranzit (omborlarda saqlanganlaridan tashqari). 2. Jismoniy va yuridik shaxslarning, xorijlik fuqarolarning hamda diplomatik missiyalarning shaxsiy yuki. 3. Bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga joriy ijaralarni hisobga olgan shartnomadagi tovarlar. 4. Qaytayotgan taralar(konteynerlar, shisha idishlar) va namunalar. 5. Muomaladagi oltin tangalar va boshqa tangalar, muomalada bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar va banknotlar. 6. Vaqtinchalik olib kirilayotgan yoki olib chiqib ketilayotgan tovarlar: 6.1. Teatr bezaklari. 6.2. Sport inventarlari. 6.3. Mashinalar. 6.4. Auksion, yarmarka va ko‘rgazmalarga olib kelingan tovarlar. 6.5. Kinofilmlar ijarasi. 7. Transport vositalari va boshqa uskunalar ta’miri. 8. Tovarlarni olib kelmasdan reeksport qilish. 9. Nomoddiy xizmatlar qiymati. 10. Tovar va xizmatlarni kafolatli etkazib berish. Statistika tovarlar importi deganda quyidagilar tushuniladi: 1. Ichki iste’mol va qayta ishlash maqsadidagi tovarlar. 2. Uzoq muddatdagi reeksportni ko‘zlab olib kelingan tovarlar. 88 3. Tegishli bojxona omborlarida qayta ishlash uchun olib kellingan tovarlar. Birinchi kategoriyadagi tovarlar bojxona qo‘mitasi tomonidan olib boriladigan ichki iste’mol uchun olib kirilayotgan mahsulotlarni mamlakat hududiga qo‘yish bilan bog‘liq ommaviy tadbirlardir. O‘zbekiston importida ushbu tovarlar ulushi o‘ta yuqoridir. Eksport haqida gap borganda esa: 1. Mamlakat hududida ishlab chiqarilgan, qazib olingan yoki etishtirilgan mahsulotlar. 2. Bojxona nazorati ostida qayta ishlangan mahsulotlar. 3. Belgilangan bojxona omborlariga olib kelingan tovarlar. 4. Ichki iste’mol uchun import qilingan, ammo iste’mol qilinmay qolgan mahsulotlar. Statistika tovar va xizmatlar import va eksportini o‘rganishda bir necha usullardan foydalanadi. Bunday usullar jumlasiga statistikaning umumiy usullaridan dinamika ko‘rsatkichlari, indekslar usuli, grafik va jadvallar usullari, tarkib va salmoqni ifodalovchi ko‘rsatkichlar, shu bilan birga balans usullari bilan keng foydalaniladi. Tashqi savdo balansi mamlakat uchun ma’lum muddatda tashqi savdo holatini yaqqol ko‘rsatib beradi. Shu bilan birga tashqi savdo balansi mamlakat tashqi savdosi istiqbolini va tashqi savdoga tegishli chora-tadbirlar manbai ekanligini hisobga olishi lozim. Tashqi savdoga tahliliy yondashishda indekslar usulining ahamiyati katta. Chunki zamon va makonda tashqi savdoni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Baho indeksi quyidagi formula yordamida hisoblanadi: 0 1 1 1 p I p q p q Paashe formulasi. Ba’zi hollarda ayrim tovarlar uchun baho indeksini hisoblashga to‘g‘ri keladi. 0 1 p p i p Tashqi savdoni fizik hajmidagi o‘zgarishlar umumiy tarzda quyidagi indeks orqali ifodalanadi: 0 0 0 1 p q p q I q (Laspeyres formulasi) ayrim tovarlar uchun esa: 0 1 q q i Bundan tashqari tashqi savdo shartini ifodalovchi indeks: ri re st I I I Bu erda: I re – eksportning o‘rtacha baho indeksi. I ri – importning o‘rtacha baho indeksi. Shu bilan birga tashqi savdo strategiyasini ifodalab beruvchi import kvota va eksport kvota darajasi va indeksi hisoblanadi. 89 Eksport kvotasi darajasi: YaIM EK K EK ; indeksi 0 1 ek ek ek К К i Import kvotasi: YaIM IK K ik ; indeksi 0 1 ik ik ik К К i Tashqi savdoni rivojlanish tendentsiyalarini tahlil qilishda eksport va import elastikligi koeffisenti hisoblanadi. Eksport elastikligi: : : YaIM YaIM E E E E Import elastikligi. YaIM YaIM I I E i : ; Bu erda o‘sishning mutlaq qiymatini ifoda etadi. Birinchi ko‘rsatkich YaIMning o‘sish tendentsiyasiga nisbatan eksport o‘sish tendentsiyasi nisbatini aniqlaydi. Ya’ni, mahsulot eksporti YaIM o‘sish ta’siri va eksport hajmi real o‘sishini ifodalaydi. Ikkinchi ko‘rsatkich esa YaIM o‘sishi bilan import hajmi o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalab, ularning o‘sish tendentsiyalarini o‘zaro taqqoslashga imkon beradi. Statistika yuqorida aytib o‘tilgan ko‘rsatkichlardan tashqari tashqi savdo salmog‘i, uning turilishi ham keng o‘rganadi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling