O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va muhokama uchun savollar
- Asosiy adabiyotlar
- VII bob. TASHQI SAVDO BAHOLARI STATISTIKASI
Qisqacha xulosalar
Xalqaro aholi turmush darajasi statistikasi quyidagi ko‘rsatkichlar tizimini o‘z ichiga oladi: - aholining moddiy ehtiyojlarini qondirish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar; - aholining moddiy maishiy ehtiyojlarini qondirishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar; - aholining ijtimoiy sharoitini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Aholi turmush darajasini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlari. 2. Aholining turmush darajasi haqida tushuncha va statistikaning vazifalari. 3. Aholining madaniy – maishiy ehtiyojlarini qondirilishini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. 4. Aholining moddiy ehtiyojlarini qondirish darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. 5. Aholining ijtimoiy sharoitini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Asosiy adabiyotlar 1. Социальная статистика / Под ред. И.И.Елисеевой: Учебник. – М., 2003. 2. Социально – экономическая статистика / Под ред. В.Н.Салин.Практикум: – М., 2004. 3. Практикум по социальной статистике / Под ред. И.И.Елисеевой: – М., 2004. 4. Аюбжонов А.Ҳ. ТИФ статистикаси: Ўқув қўлланма. – Т.: Ўзбекистон, 2004. 5. europa.eu.int 6. europa.eu.int/comm/relays/index_en.htm 7. www.euireland.ie 8. www.cec.org.uk 9. www.eurunion.org 10. www.europarl.ie 86 VII bob. TASHQI SAVDO BAHOLARI STATISTIKASI 7.1. Tashqi savdo statistikasining mohiyati va vazifalari. 7.2. Tashqi savdoda tovarlar importi va eksporti, uni statistik o‘rganish. 7.3. Tashqi savdoda baholarning shakllanish xususiyatlari. 7.1. Tashqi savdo statistikasining mohiyati va vazifalari Mustaqillikning o‘tgan yili – juda qisqa tarixiy davrda O‘zbekiston nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy, siyosiy o‘zgarishlarga erishdi. Ma’muriy – buyruqbozllik tizimiga asoslangan jamiyatdan bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan huquqiy – demokratik davlat shakllantirish yo‘lidan borilmoqda. Shuni ham ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz ijtimoiy, siyosiy hamda iqtisodiy hayotida tub o‘zgarishlar, islohotlar olib borilmoqda. Iqtisodiy sohadagi islohotlarni yo‘nalishlaridan biri Tashqi iqtisodiy faoliyatdir. Tashqi iqtisodiy faoliyat O‘zbekiston tarixida yangi yo‘nalishlardan biri, chunki uzoq yillik sobiq sovet tizimida tashqi iqtisodiy aloqalar faqatgina markaz orqali olib borilar edi. O‘tish davrini boshidan kechirayotgan har qanday davlat birdaniga TIAni rivojlantirish uchun o‘zini erkin bozor girdobiga tashlab qo‘ymaydi. Bunday paytda davlat bosh islohotchi sifatida maydonga chiqishi lozim. Xuddi ana shunday yo‘lni O‘zbekiston o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Hozirgi kunga kelib mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyatni samarali olib bormoqda. O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘nalishlaridan biri, tashqi iqtisodiy faoliyatni optimallashtirish (muqobillashtirish) hisoblanadi. TIFni oqilona tartibga solish iqtisodiy rivojlanishda davlatning muhim strategiyalaridan biridir. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatni o‘ziga xos ichki va tashqi iqtisodiy holatini o‘rganish, u haqda etarlicha ma’lumot olish, shu asosda mamlakatni jahon bozoridagi salbiy o‘zgarishlardan saqlashni taqozo etadi. Tashqi savdo (TS)ni tartibga solish, uning istiqbolini belgilashda statistikaning ahamiyati katta. Zero ishonchli ma’lumot va tahlil mamlakat TIFining asosiy strategiyasidir. Tashqi savdo statistikasi statistikaning ajralmas qismi bo‘lib, tarmoq statistikasi hisoblanadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar statistikasida gap tovarlar importi, eksporti, xalqaro moliya munosabatlari, ishlab chiqarish bilan bog‘liq shartnomaviy operatsiyalar haqida boradi. Tashqi savdo esa eksport va importni o‘z ichiga oladi. Tashqi savdo mamlakatni moddiy resurslari kamayishi yoki ortishiga tegishli tovar massalari, xizmatlar oqimini bojxona orqali olib o‘tilishini ifodalaydi. Statistika tashqi savdoni o‘rganishda faqatgina bojxona orqali qonuniy ravishda olib o‘tilayotgan tovarlar va xizmatlar oqimini hisobga oladi. Tashqi savdo statistikasi ikki harakterni o‘zida mujassamlashtiradi: statistika faqatgina bojxona chegaralarini kesib o‘tayotgan tovarlar va xizmatlarni hisobga oladi; statistika chegarani kesib o‘tuvchi har qanday tovarni va xizmatni, u xoh tijorat asosida, xoh notijorat maqsadida o‘tishidan qat’iy nazar qiymatini hisobga oladi, ya’ni mamlakat tomonidan olingan har qanday iqtisodiy yordam import sifatida, iqtisodiy yordam sifatida berilgan tovarlar esa eksport sifatida qayd qilinadi. 87 Sobiq ittifoq davrida markazlashgan holda tashqi savdoni hisobga olish 1930 yilda boshlanadi. Shu yildan boshlab, bojxona hisobi markazlashgan holda olib borilib, unga barcha ittifoq mamlakatlaridan («Tashqi dunyo»dan) olib kirilayotgan va chiqarilayotgan tovarlar hisobga olingan. O‘zbekistonda esa tashqi savdoni hisobga olish maxsus davlat xodimlari tomonidan hisobga olingan bo‘lib, tashqi savdo hisobini mamlakatimizda bir necha asr oldin boshlanganligidan dalolat beruvchi manbalar mavjud. Ayniqsa, yirik hududni egallagan Amir Temur davlatida savdoni hisobga olish muhim o‘rin tutgan. 1942 yildan Ittifoq hududida tashqi savdoni tashqi savdo vazirligi hisobga ola boshladi. Bu davrda tashqi savdo vazirligi faqatgina tijorat maqsadida olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan tovarlarni hisobga olar edi. 1959 yildan boshlab esa tashqi savdo vazirligi bilan birga bojxona qo‘mitasi parallel hisob olib borishni yo‘lga qo‘ydi. 1991 yildan boshlab esa mustaqillikka erishgan O‘zbekiston jahon tajribasini tan olgani holda, tovar va xizmatlar eksport – importini bojxona qo‘mitasi orqali olib borildi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling