O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/80
Sana13.05.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1455435
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   80
Bog'liq
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.

6.3.2-jadval 
Aholining pul va natura shaklidagi daromadlari tarkibiy o‘zgarishi (foizda) 
2000 y 
2001 y 
2002 y 
2003 y 
2004 y 
2005 y 
Jami daromadlar 
100.0 
100.0 
100.0 
100.0 
100.0 
100.0 
shu jumladan: 
pul shaklida 
61.4 
78.7 
82.6 
82.2 
83.8 
85.0 
natura shaklida 
38.6 
21.3 
17.4 
17.8 
16.2 
15.0 
Манба: Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика қўмитаси, УХВТ 
Statistik kuzatuvlar natijasiga ko‘ra, respublikamiz uy xo‘jaliklarida tarkibi 
shaxsiy daromadga ega bo‘lgan kishilarning ortib borayotganini ko‘rish mumkin. Bu 
aholining bandligi ortib borayotganidan dalolat. 
Statistik ma’lumotlarning 2000 yil natijalariga asosan, shaxsiy daromadiga ega 
bo‘lgan kishilari bor uy xo‘jaliklari respublikada 85.5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 
2005 yil yakunlariga kelib ularining umumiy soni yanada ko‘paygan va 90.4 foizga 
etgan. Bunday hol respublikamizda mustaqil ravishda faoliyat yuritayotgan va 
shaxsiy daromadiga ega bo‘lgan kishilarning ortib borayotganini ko’rsatadi. 
Bundan tashqari, mazkur ko’rsatkich uy xo‘jaliklarida mustaqil faoliyat yuritib
shaxsiy daromadga ega bo‘layotgan shaxslarning ulushi ham ortayotgani bildiradi. 
Unga ko‘ra, yuqorida ta’kidlangan 90.4 foiz uy xo‘jaliklari tarkibidagi quyida 
keltirilgan ko‘rsatkichlar katta yoshdagi aholining to‘la band bo‘layotganini va 
shaxsiy daromad olayotganini tasdiqlaydi. Ya’ni, 2000 yilda tarkibida katta yoshli 
a’zolarining to‘rtdan biri shaxsiy daromadga ega bo‘lgan uy xo‘jaliklari soni 3.5 
foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2005 yilga kelib ularning soni 2.8 foizga kamaygani, va 
mos ravishda katta yoshli a’zolarining to‘rtdan ikki va uch qismi band bo‘lib, 
o‘zining shaxsiy daromadiga ega bo‘lgan uy xo‘jaliklari soni birmuncha ortib 
ularning soni mos ravishda 16,4 va 38,3 foizga ko‘payganini kuzatish mumkin. 
Bunday natijalarga erishishda respublikamizda aholi daromadlarini oshirishga, 
bandligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy islohotlar sabab bo‘lmoqda. 
Har bir davlat aholisi farovonligi oshib borishi, ularning moddiy ehtiyojlari to‘la 
– to‘kis qondirilishi quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida ifodalanadi: 
- oziq – ovqat mahsuloti iste’moli(jon boshiga, muhim turlari bo‘yicha) tarkibi 
va dinamikasi; 
- oziq – ovqatdan boshqa mahsulotlar iste’moli. 
Aholining oziq - ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va uning sifatini 
yaxshilash aholi turmush darajasi o‘sishini ko‘rsatadi. Oziq – ovqat mahsulotlarini 
chakana tovar oborotidagi oziq - ovqat iste’moli shuni ko‘rsatadiki, turmush darajasi 
oshgan sari non va kartoshka mahsulotlarini iste’mol qilish bir tekisda kamayib, ular 
o‘rnini asta-sekin go‘sht, sut, qand, sabzavot va meva kabi oqsil, yog‘, vitamin va 
boshqa moddalarga boy yuqori kaloriyali mahsulotlar egallab boradi. 
Oziq - ovqat iste’moli strukturasidagi o‘zgarishlar aholi jon boshiga to‘g‘ri 
keladigan yillik oziq - ovqat mahsuloti darajasida namoyon bo‘ladi. 


81 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling