O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti
Aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirishni ifodalovchi
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.5. Aholining ijtimoiy sharoitini ifodalovchi ko‘rsatkichlar
6.4. Aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar Aholining moddiy – maishiy ehtiyojlarini qondirishni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni ikki guruhga ajratish mumkin: I.Aholining uy-joy, kommunal va maishiy xizmat bilan ta’minlanishini ifodalovchi ko‘rsatkichlar: - uy-joy fondi - (m 3 hisobida) umumiy maydon; - aholining uy-joy bilan ta’minlanishi (jon boshiga m 3 ); - uy-joylarning markaziy istish sistemalari, vodoprovod, gaz, vanna, dush, kanalizasiya bilan ta’minlanish darajasi; - bir yilda aholi tomonidan iste’mol qilingan, elektroenergiya(jon boshiga KVt/soat hisobida), gaz (jon boshiga m 3 ), barcha maishiy xizmatlar. II.Aholining moddiy – ma’naviy holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi: - savodlilik darajasi.(9 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan); - oliy va o‘rta ma’lumotlilar soni; - oliy va ilmiy pedagogik xodimlar soni; 84 - maxsus o‘quv yurtlari, kollej va oliy o‘quv yurtlarida bilim olayotganlar soni; - boshlang‘ich va o‘rta maktablarda bilim olayotganlar soni; - ommalashgan kutubxonalardagi kitob fondi; - kitob, jurnal va gazetalarning yillik tiraji; - kinoseanslar va teatrlarga kiruvchilar soni. 6.5. Aholining ijtimoiy sharoitini ifodalovchi ko‘rsatkichlar Aholining turmush darajasi yaxshilanishida, avvalo, uning sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini doimiy ravishda iste’mol qilib borishi katta rol o‘ynaydi. Bu o‘z navbatida aholining sog‘ligi va salomatligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mamlakatimiz rivojlanishi uchun nechog‘lik ahamiyatli bo‘lsa, aholining sog‘ligi ham, shu qadar ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda aholi sog‘lig‘ini yanada yaxshilash, aholiga sifatli tez tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida respublikamizda sog‘liqni saqlash sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Respublikamiz Prezidentining 1998 yilda «Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan, respublikamizning barcha tibbiyot muassasalarida, ayniqsa, qishloq hududlarida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu o‘z navbatida, aholi sog‘ligini tiklash, ularga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlamoqda. Albatta, bu islohotlarning natijasi qisqa muddatlarda o‘z samarasini berishiga erishib bo‘lmaydi. Bu borada yuz berayotgan o‘zgarishlarning natijasi yillar davomida namoyon bo‘lishi mumkin. Bu, albatta, aholining oziq-ovqat iste’moliga bo‘lgan talabi va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlanganlik darajasiga ham bog‘liq. Mahsulotlarning miqdori va sifati bozor iqtisodiyoti sharoitida, unga bo‘lgan talab va takliflarining o‘zaro mutanosibligi o‘rganib chiqilishini taqozo etadi. Aholining oziq-ovqat iste’moliga bo‘lgan talabi qondirilishi uchun mustaqillikning ilk yillarida respublikamizga iqtisodiyotning beqarorligi, uni nazorat qilish deyarli sustlashtirib yuborilgani dunyoning turli mamlakatlaridan sifatsiz mahsulotlar kirib kelishiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, respublikamizda va umuman dunyoning turli mamlakatlarida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish maqsadida, sanoatda va qishloq xo‘jaligi sohasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin, bu holat tabiiy iqlim sharoitlarining o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Mustaqillikning ilk yillaridanoq iqtisodiyotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bir qatorda xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarilishiga ham katta e’tibor qaratildi. Aholining ijtimoiy sharoitini ifodalovchi ko‘rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi: - aholini ish bilan ta’minlanish darajasi; - ish haftasi va ish kunining o‘rtacha uzunligi; - mehnat bilan ta’minlanish muddati; - mehnat sharoiti; - vrachlar soni; - kasalxonadagi o‘rinlar soni; 85 - dam olish muassasalarida, bolalar bog‘chalarida o‘rinlar soni; - ijtimoiy ta’minot; - aholining o‘rtacha yashash muddati. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling