O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti


 Tashqi savdoda baholarning shakllanish xususiyatlari


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/80
Sana13.05.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1455435
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80
Bog'liq
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.

 
7.3. Tashqi savdoda baholarning shakllanish xususiyatlari 
Xalqaro savdo amaliyotida o‘ndan ortiq shartnoma sharoitiga bog‘liq bir necha 
va o‘sha tovarga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan narx turlari mavjud. Narxlar ro‘yxati 
xalqaro savdo atamalari qoidalari «INKOTERMS»da bayon etilgan. Shartnoma 
shartlarini shakllantirishda bazis yoki o‘tgan davr uchun preyskurant narxlaridan 
foydalaniladi. U narxlar maxsus preyskurant – spravochniklarda keltiriladi. 
Standartga muvofiq eksport qilinuvchi tovarlar «G‘OV», «G‘OV – jo‘natish porti», 
«G‘OV – franko - quruqlik chegarasi» baholarida, import qilinuvchi tovarlar «CIF», 
«CIF – import belgilangan port», «CIF – import belgilangan mamlakat franko - 
quruqlik chegarasi» baholarida keltiriladi. 
«G‘OV» bahosi sotuvchi mamlakat chegarasida vujudga keladi. Ammo, xalqaro 
shartnomalarni tuzishda shu narsani nazarda tutish lozimki, INKOTERMS sotish 
harid qilish shartlari bazis hisoblanib, savdo – sotiq qiluvchi tomonlar uchun 
majburiy emas. 
Tomonlar o‘zlarini qoniqtirgan qoidalarni ishlab chiqishi mumkin. Bunda, 
G‘OV abbrevaturasi, masalan AQSh savdo qonuniga ko‘ra umuman 
INKOTERMSdan boshqa shartlarni anglatadi. 


90 
Shu sababli har bir muayyan sharoitda turli mamlakatlarda amal qiluvchi savdo 
qoidalari bilan yaqindan tanishib chiqish zarur, ya’ni milliy INKOTERMS bilan 
G‘OV qiymati quyidagicha shakllanadi: 
Tovarning kontrakt qiymati Q tovarni kema sathiga olib kelish bilan bog‘liq 
barcha harajatlar Q «Erkin sathga» ortish (eksport bojini hisobga olgan holda) G‘OV 
qiymati tashqi savdo pirovardida qayd etiladi va eksportyor o‘z sherigidan olishi 
kerak bo‘lgan qiymatni bildiradi. 
CIF import qiymati import qiluvchi mamlakat chegarasida yuzaga keladi. 
CIF sharoiti bo‘yicha tovarlarni etkazib berishda sotish bahosiga quyidagilar 
kiradi: 
Tovarning o‘z bahosi Q tovarni belgilangan portgacha etkazib berish transport 
harajatlari(fraxt) Q tovarni sug‘urtalash harajatlari. 
Agar fraxt va G‘OV bahosini nazarda tutsak, CIF bahosini quyidagicha 
ifodalash mumkin: 
G‘OV qiymati Q Fraxt Q Eksport qiluvchi chegarasidan import qiluvchi 
mamlakat chegarasigacha sug‘urtalash. 
CIF sharti bo‘yicha mahsulot etkazib berishda sotuvchi transport vositalarini 
fraxt qilishi, fraxtni to‘lashi, tovarni jo‘natish portiga etkazish, o‘z hisobiga 
transpotrga ortish, haridorga to‘lov hujjatlarini topshirish(kinosament) kerak. 
Sotuvchi tovarni sug‘urtalashi shart bo‘lib, haridorga sug‘urta polisini topshirishi 
zarur. Haridor tovarni tushirib olish, uni omborxonaga joylash va saqlash bilan 
bog‘liq harajatlarni o‘z zimmasiga oladi. Demak, tovarni tushirishgacha bo‘lgan 
harajatlarni sotuvchi, tushirgandan keyingi harajatlarni esa haridor o‘z zimmasiga 
olishi zarur. 
Xalqaro amaliyotda G‘OV va CIF baholarini aniqlashda asos CAFAcost (and 
freight), bahosi bo’lib, unga faqat tovarning bahosi va tashish(transport) harajatlari 
kiradi. Nazariya bo‘yicha xalqaro savdoni tahlil qilishda, jahon bo‘yicha import va 
eksport qiymati teng bo‘lishi kerak. Afsuski, amalda bunday bo‘lmaydi. Sababi 
eksport G‘OV baholarida, import esa CIF baholarida hisobga olinadi. Ushbu holatni 
xalqaro savdoni tahlil qilishda yodda tutish zarur. 
AQSh statistikasida to‘lov balansida eksport va import G‘OV baholarida 
hisoblanadi. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling