O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti


Bu sektorning asosan uchta hisobi


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/80
Sana13.05.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1455435
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80
Bog'liq
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.

Bu sektorning asosan uchta hisobi:
- joriy operatsiyalar
- kapital harajatlar; 
- moliyaviy hisoblar. 


94 
Ular yordamida milliy iqtisodiyot bilan «Tashqi dunyo» o‘rtasidagi 
munosabatlarni umumlashgan holda ko‘rish mumkin. 
Joriy operatsiyalar hisobi O‘zbekiston Respublikasi bilan boshqa davlatlarni 
tovar va xizmatlar oldi-sotdisida bo‘ladigan o‘zaro daromadlar harakati aloqalarini 
tasvirlaydi, bunda xalqaro amaliyotda qabul qilingan shartnomalarning bajarilishi
to‘lovlar va taqdim qilingan yoki tovarsiz ta’minlash vositasida jalb etilgan ko‘chirish 
foizlarini, dividentlarni va boshqa investisiyadagi daromadlarni, nafaqalarni, mehnat 
haqini, aliment va boshqa shunga o‘xshash operatsiyalarni qo‘shgan holda 
kechiktirmasdan shartnoma asosida hisoblashlar o‘tkazishni ifodalaydi. 
 
8.2. Joriy operatsiyalar hisobi 
«Joriy operatsiyalar hisobi» resurslar hamda foydalanish qismidan iborat 
bo‘ladi. 
Resurslar qismida – quyidagi barcha turdagi operatsiyalar ko‘rsatiladi: boshqa 
davlatlar bilan qilingan tovar va xizmatlar importidan olingan joriy daromadlar 
natijalari; rezident uy-xo‘jaliklarning «Tashqi dunyo»dagi priovard iste’moli, 
rezident yollovchilar tomonidan norezident ishchilarning mehnatiga haq to‘lashlar; 
ishlab-chiqarish va import bilan bog‘liq soliqlar; mulkchilikdan kelgan daromadlar; 
tadbirkorlik faoliyati daromadi va joriy transfertlar; bundan tashqari, «Tashqi dunyo» 
bilan amalga oshirilgan joriy operatsiyalar hisobining kirim-chiqim moddasining 
qoldig‘i tasvirlanadi. 
Foydalanish qismida esa – boshqa davlatlarning tovar va xizmatlar eksporti 
natijasida olingan joriy daromadlarni O‘zbekiston Respublikasiga topshirilgan qismi; 
norezident uy-xo‘jaliklarining O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy hududidagi 
pirovard iste’moli; norezident yollovchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 
rezident ishchilarining mehnatiga haq to‘lashlar; boshqa davlat rezident xo‘jalik 
birliklari tomonidan tushgan, mulkchilikdan kelgan daromadlar; tadbirkorlikdan 
kelgan daromadlar hamda joriy transfertlar tasvirlanadi. 
Joriy 
operatsiyalar 
hisobida 
(JOX) statistik ko‘rsatkichlar yordamida 
umumlashtirilib: tovarlar, xizmatlar, daromadlar, transfert operatsiyalari o‘tkaziladi. 
«Ko‘zga ko‘rinarli» tovarlar bu tovarlarni chetdan olib kirish yoki chiqarish 
natijasida 
mamlakatning 
moddiy 
resurslarining 
oshirish 
yoki 
kamayishini 
bildiradigan tovarlardir. 
Bu atama tashqi iqtisodiy operatsiyalar natijasida Respublika rezidentlaridan 
norezidentlarga va aksincha bo‘ladigan mahsulotlar tarkibiga kiradi. U bojxona 
statistikasida eksport-import operatsiyalari hisobi sifatida qabul qilinadi. Xizmatlarni 
ishlab chiqarish bozor xizmatlaridek, nobozor xizmatlarini ham uz ichiga oladi. 
Ishlab chiqarish xizmatlari bilan xalqaro savdo xizmatlari bir-biridan tovarlar 
bilan qilinadigan operatsiyalar orqali farq qiladi. Tovarlarning xalqaro savdosi ularni 
ishlab chiqarishda alohida amalga oshiriladi. Xizmatlarni ishlab chiqarish esa 
mamlakat iqtisodiyotida aniq ishlab chiquvchi bilan aniq iste’molchi o‘rtasidagi 
shartnoma vositasiga bog’liq. Shunday qilib, xizmatlarning xalqaro savdosi, xalqaro 
xizmatlar ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liq, chunki ishlab chiqarish jarayoni tashqi 
iqtisodiy faoliyat bo‘yicha xizmatlarni tasniflashtirish va kodlashtirish uchun rezident 
va norezidentga ta’sir etadi. 


95 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling