O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «iqtisodiyot» fakulteti


 Gender tengsizligi ko‘rsatkichlari


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/80
Sana13.05.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1455435
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80
Bog'liq
Ташқи иқтисодий фаолият статистикаси.Аюбжонов А.Х ва бош. Ў-қ 2007.

10. Gender tengsizligi ko‘rsatkichlari: 
10.1. Parlamentda ayollar bilan band bo‘lgan o‘rinlar soni (umumiy soniga 
nisbatan %). 
10.2. Boshlang‘ich ta’limda gender tengligi. 
10.3. O‘rta ta’limda gender tengligi. 
10.4. Yoshlarning savodxonligi bo‘yicha gender tengligi. 
10.5. Har 1000 kishiga nisbatan 5 yoshgacha bolalar o‘limi bo‘yicha gender 
tengligi. 
10.6. Ko‘p tarqalgan kasalliklarga qarshi emlangan 1 yoshli bolalar ulushi 
bo‘yicha gender tengligi. 
10.7. Bolalar kamovqatliligining ustunligi bo‘yicha gender tengligi. 
10.8. Mehnatga layoqatli yoshdagi band aholi bo‘yicha gender tengligi. 
Yuqorida keltirilgan barcha statistik ko‘rsatkichlar har tomonlama yuz 
berayotgan 
iqtisodiy-ijtimoiy 
o‘zgarishlarni, 
aholi 
orasida 
turli 
ijtimoiy 
tabaqalanishlar va ijtimoiy guruhlarning paydo bo‘lishi darajasini ular orasidagi 
tengsizlikning o‘zgarib borayotganini, kambag‘allashuv va boy, turli moddiy hamda 
ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanganlik jamiyatning murakkablashib borishi, 
qolaversa jamiyatda erkak va ayollarning teng huquqliligi ta’minlanishi kabi 
masalalarni hal qilishga respublika iqtisodiyotining rivojlanish sur’atlarini hamda 
uning mukammalashib borishi, salohiyatlari va imkoniyatlarini keng ma’noda 
baholashga xizmat qiladi. 
6.3.Aholining moddiy ehityojlarini qondirish darajasini ifodalovchi 
ko‘rsatkichlar 
Aholi turmushi yaxshilanishi, hayotining yanada farovonlashishiga ta’sir etuvchi 
asosiy omillardan biri – aholi daromadlaridir. Respublikamiz Prezidenti va 
hukumatimiz bunga katta e’tibor qaratgan. Mustaqillik yillarida respublikamizda 
amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar natijasi aholi daromadlarining real 
o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, so‘nggi 2000-2004 yillar ichida aholi jon 
boshiga to‘g‘ri keladigan pul daromadlari miqdori 2.1 marta ortdi. 
Bu ko‘rsatkich respublikaning turli hududlarida o‘ziga xos ravishda o‘zgargan. 
Aholi pul daromadlarining o‘sish sur’atlari respublikamizning barcha viloyatlarida 
ijobiy o‘zgarib, uning sur’ati aksariyat viloyatlarda 2 baravardan yuqori bo‘lgan. 


79 
Bundan tashqari, respublikamizning Navoiy va Toshkent viloyatlarida aholi jon 
boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar respublikadagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarga 
nisbatan yuqoriroq. Bu borada respublikamiz poytaxti Toshkent shahri o‘ziga xos 
xususiyatga ega bo‘lib, bu erda aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan daromadlar miqdori 
respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlardan uch baravar yuqori bo‘lgan. 

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling