O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

Internet – texnologiya turizmni rivojlantirishda ulkan qiziqish uyg‘otadi. U 
quyidagi imkoniyatlarga ega: 
ƒ
axborotlar va mahsulotlar taklifini dunyo bo‘yicha nisbatan arzon narxda 
ko‘proq odamlarga yetkazadi; 
ƒ
an’anaviy matbuot nashrlariga nisbatan ancha yuqori sifatli axborotlarni 
taqdim etadi; 
ƒ
iste’molchilarga mahsulotlarni yengilroq va oddiy usullarga bronlashtirishni 
ta’minlaydi; 
ƒ
ishlab chiqarish va axborot tarqatishda katta tejamkorlik beradi. 
Internet – tizimlar marketingni yangi imkoniyatini ta’minlaydi – elektron 
pochta orqali mahsulotlar harakati iste’molchi manziliga yetib boradi, ular mazkur 
turistik yo‘nalishlarni katta ishtiyoq bilan sotib olishlari aniq. Bunday tizimlar 
o‘tmish buyurtmalari va mijozlar haqida xotirada keng axborotlarni eslab qolish va 
saqlash imkonini beradi. Bunday ma’lumotlar demografik omillar, qiziqishlar, 
maqbul joylashtirish vositalari va h.k.larni hisobga olgan holda mahsulotni 
yo‘naltirishning yaxshiroq tomonlarini aytib berishi mumkin. Mijoz haqida axborot 
turli manbalardan yig‘ilgan bo‘lishi mumkin: telefonda so‘zlashuvlar, Internetda
axborot – ma’lumotnoma kioskalari, turistik axborot bo‘limlarida yagona 
87 
ma’lumotlar bazasida saqlangan ma’lumotlardan. Internetda yaratilgan Web – saytlar 
iste’molchiga tez va osongina sayohatni rejalashtirishdan uni bronlashtirishga 
o‘tishga imkonini beradi. Sog‘lom fikr ularga xuddi shu to‘g‘ri yo‘l tijoriy 
operatsiyani amalga oshirish uchun maqbul ekanligini aytib turadi. 
Samarali Web –sayt yaratilishi Internetdan foydalanish sari birinchi qo‘yilgan 
qadam. Uni an’anaviy elektron kanallar orqali olg‘a siljitish uchun faol kompaniya 
o‘tkazish juda muhimdir. Keyin barcha imkoni bor an’anaviy kanallarda maqsadga 
qaratilgan reklama kompaniyalarini tashkil etish zarur, bunda agressiv marketing 
texnologiyasi «surib yuborish»dan foydalanish lozim. 
Turistik bozor ishtirokchisi portal hisoblanadi (ixtisoslashgan SAYT, 
tematikani belgilash bo‘yicha katta ma’lumotlar bazasiga ega). Uni Internetda 
ishlovchi tashkilot qo‘llab-quvvatlaydi va yuz minglab yoki hatto millionlab 
foydalanuvchilar uchun onlayn texnologiyasi darvozasi bo‘lib hisoblanadi. Portalni 
qidiruv deriktoriyasi, dastur mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yoki TV kanali taqdim 
etishi mumkin. Kompaniya nima bilan shug‘ullanmasin muhimi iste’molchi uning 
xizmatidan foydalansin, unga ishonsin. Kompaniyaning ishonchli nufuzi uning 
mahsulotlariga, jumladan, turistik mahsulotlariga ishonch tug‘diradi. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling