O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. S. Sayfutdinov, F. N. Xalimova mehmonxona xo‘jaligi infratuzilmasi


Turistik saytlar xususiyatlari va elementlari


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/78
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1595408
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   78
Bog'liq
08 Turizm&Servis Kaf 18 MEHMONXONA XO\'JALIGI INFRATUZILMASI TDIU unlocked

Turistik saytlar xususiyatlari va elementlari. Foydalanuvchi uchun Web – 
saytga kirish uy sahifalaridan boshlanadi. Bu sahifalar mazmuni qiziqarli 
axborotlarga boy, turistik markazlarga jalb qilish jozibasi bor. Bu esa hal qiluvchi 
omillar hisoblanadi. Saytga tashrif buyuruvchilar soni shularga bog‘liq, u 
iste’molchini qiziqtirish, uning dunyo qarashini kengaytirish imkoniyatiga ega. 
89 
Internetda uy sahifalari «namunali» saytlar bo‘lishiga qaramay, tashqi ko‘rinishi bilan 
ham, mazmuni bilan ham farq qiladi. Ular bir necha umumiy qirralarga ega: 
odatdagidek tashrif buyuruvchiga katta hajmda axborotlar taklif qiladi. Ular oddiy va 
tushunarli tarzda bayon etilgan, sayt mazmuni haqida tasavvur beradi; turistik 
markazning qisqacha tafsilotini, fotosuratlar, kartalar, jadvallar, logotip (firma 
belgisi) taqdim etadi. 
Hammadan ko‘p axborotga ega uy sahifalari emas, qo‘shimcha ma’lumotlar 
beruvchi, butun sayt mazmuniga eng yaxshi mumiolangan axborotlar taqdim etuvchi 
uy sahifalari samarali hisoblanadi. Turistik markazning ijobiy qiyofasi ham juda 
muhim. U tashrif buyuruvchi uy sahifasi mazmunini yanada to‘ldiradi. Agar 
«joylashtirish vositalari» yoki «Turistik faoliyati» kabi bo‘limchalar ruyxatini 
ochuvchi katta bo‘limlar bo‘lsa, yaxshi masalan, «pansionatlar», «mehmonxonalar» 
va «kempinglar» degan. Bu foydalanuvchiga kerakli axborotni tez topib olishga 
imkon beradi. «Qadamlar»ni qisqartiradi. Indeksatsiyaning bunday usuli butun sayt 
davomida foydalaniladi. U vaqtni tejaydi va qidiruvning samarali usuli hisoblanadi. 
Web – saytda umumiy axborot. Axborot madaniy an’analar va urf-odatlar 
muhim rol uynaydigan yoki alohida xususiyatlar kasb etgan regionlar uchun 
ahamiyatlidir. Chunki potensial turistlarni ko‘pincha ana shular o‘zlariga jalb etadi. 
Kim ilgari turistik region haqida bazaviy ma’lumotlar olmagan bo‘lsa, qayerga borish 
kerak, iqlim va region geografiyasi qanday, aholisi nima bilan band, zamonaviy 
voqealari, tarixi, madaniyati, odatlari, telekommunikatsion xizmat, jamoat transporti, 
do‘konlar ishlash vaqti kabi ma’lumotlarga zarurat bo‘ladi. 
Odatda yordamchi axborotlar saytga yuklangan keng va batafsil matnlardan 
iborat. Bundan qochish kerak – Web sayt tashrif buyuruvchiga matnni o‘qish yoki uni
o‘tqazib yuborish imkonini berishi lozim. Muvaffaqiyatli saytlar ko‘p sonli savollar 
bo‘yicha batafsil axborotlarni taklif qiladi va bunda samarali indekslar tizimiga ega. 
Ular tashrif buyuruvchiga faqat ularni qiziqtiruvchi ma’lumotlarni tanlashga 
ko‘maklashadi. Material mazmuni oddiy va tushunarli tarzda berialadi. 
Eng yaxshi saytlar «Axborot almashish taxtasi» ga ega. Bir foydalanuvchi 
turistik muammolar bo‘yicha savollar berishi, boshqasi ularga javob berishi mumkin. 
@TDIU_ARM


90 
Savollar va javoblarni sayt kirgan har qanday tashrif buyuruvchi o‘qishi mumkin. Bu 
tashvishlangan sayohatchilar katta davrasi uchun ajoyib axborot uzatish usullidir. 
Unda boshqa vaqtda ishlatilmagan mavzular qo‘shilgan. Onlayn rejimida bahsli 
forumlar ham taklif etilishi mumkin. Unda ishtirok etishni xohlovchilar ruyxatdan 
o‘tishlari kerak. 
Sayohatning interfaol rejasi quyidagi mavzular bo‘yicha axborotlar so‘rashga 
imkon beradi: turistik regionga qanday yetib borish kerak, qayerda joylashish 
mumkin, turistik markazda nima bilan shug‘ullanish mumkin, qanaqa diqqatga 
sazovar joylar bor. Voqealar, ekskursiyalar, transport masalasi qanday. So‘ngra 
tashrif buyuruvchiga ular so‘ragan xizmatlarni yetkazib beruvchilar ruyxati taqdim 
etiladi. Web – sayt yetkazib beruvchi haqida uning ismi, manzili, telefon raqami va 
faksi, fotosurati, xizmatlar narxi va ularning qisqacha tafsiloti bayon qilingan batafsil
ma’lumotlarni taqdim etadi. U shuningdek elektron pochtasi va zarur rekvizitlarini 
xabar qilgan holda yetkazib beruvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkonini beradi. 
Mahorat bilan tuzilgan broshyura tufayli foydalanuvchi maxsus papkada kompyuter 
xotirasida kerakli sahifani saqlaydi. Bu unga keyinchalik ularni ko‘rib chiqish yoki 
qayta ko‘chirib olish imkonini beradi. Sayohatning interfaol rejasi esa bir qator 
mezonlar asosida foydalanuvchi tanlagan marshrutni tuzish, harakterlash imkonini 
yaratadi. Bularning barchasi saytdan olingan axborotlardan qoniqish darajasida va 
marshrutni ishlab chiqish jarayonlarida foydalanuvchini diqqat – e’tibor bilan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishini talab qiladi. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling