O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


-ilova.  YAlpi talab va yalpi taklif mavzusi bo`yicha konspekt


Download 7.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/269
Sana11.07.2023
Hajmi7.26 Mb.
#1659608
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   269
Bog'liq
53a15c8a42dcb

3-ilova. 
YAlpi talab va yalpi taklif mavzusi bo`yicha konspekt 
1. YAlpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta‘sir qiluvchi omillar. 
2. YAlpi taklif tushunchasi. YAlpi taklif tarkibi va unga ta‘sir qiluvchi omillar. 
3. YAlpi talab va yalpi taklif o`rtasidagi nisbat va uning o`zgarishi. 
1. YAlpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta‟sir qiluvchi omillar. 
YAlpi talab (aggregate demand, AD) - bu barcha iste‘molchilar, ya‘ni aholi, 
korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin 
bo`lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo`lgan talabning umumiy hajmi yoki milliy 
iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmidir. 
YAlpi talab barcha iste‘molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo`lgan 
talablaridan tashkil topadi. Biz bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo`ladi: aholi iste‘mol 
qiladigan iste‘mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qiladigan 
ishlab chiqarish omillari – kapital va ishchi kuchi. (Biz ishlab chiqarish omillari tarkibida yer 
ham borligini bilamiz. Lekin bizning mamlakatimizda yer oldi-sotdi ob‘ekti bo`lmagani 
uchun uni bu yerda yalpi talab tarkibida hisobga olmaymiz va keyingi o`rinlarda omillarga 
talab haqida gap ketganda faqat kapital va ishchi kuchi haqida gap boradi). Talabning 
umumiy miqdori, ya‘ni shu aytilgan tovarlarni sotib olishga mo`ljallangan pul miqdori 
ularning turlariga, miqdoriga, sifatiga hamda narxiga bog`liq bo`ladi. Uni quyidagi chizmada 
osonroq tushunish mumkin bo`ladi (1-chizma). 
4-ilova 
YAlpi talab (AD) – ma‘lum davr va sharoitlarda yakuniy tovarlarga mamlakat 
bozorlaridagi umumiy talab yig`indisi 
YAlpi taklif (AS) – narxlarning turli belgilangan darajasida firmalar va uy xo`jaliklari 
bozorga taqdim etishga tayyor bo`lgan ne‘mat va xizmatlarning umumiy 
5-ilova. 
YAlpi talab mazmunan YAMMga yaqindir 
U yoki buning miqdorini narxlarning ma‘lum darajasida Fisher formulasidan 
foydalangan holda xaridorlarning xarajatlari sifatida ifodalash mumkin: 
MV q PQ, 
bunda M – mamlakatning pul miqdori 
V –pullarning aylanish tezligi 
R - tovarlarning o`rtacha narx darajasi 
Q – mamlakat bozorlaridagi tovar miqdori
MV ko`paytma yalpi 
talabni, PQ –ko`paytma 
esa yalpi milliy 
mahsulotni belgilash 
imkonini beradi 


181 

Download 7.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling