190
Vizual materiallar
1-ilova.
Iqtisodiy sikl – ishlab
chiqarish hajmi, bandlilik va inflyatsiya darajasidagi davriy
tebranishlardir.
Sikl davomiyligi bo`yicha bir inqirozdan ikkinchi inqiroz boshlanguncha o`tgan davrdan
iborat
bo`ladi.
2-ilova.
Siklni keltirib chiqaruvchi sabablar:
- takror ishlab chiqarishdagi
nomutanosibliklar;
- talab va taklif o`rtasidagi nomutanosibliklar;
- yalpi sarflar darajasining o`zgarishi (o`z navbatida bu sarflar
hajmini ishlab chiqarish va
bandlik darajasi belgilab beradi);
- investitsiyalar hajmining davriy kamayishi;
- pul massasi hajmining tebranishi;
- asosiy kapitalning yangilanishi;
- multipikator samarasining pasayishi va boshqalar.
12-Mavzu. Iqtisodiyotning siklligi va makroiqtisodiy beqarorlik
Ma`ruza mashg`ulotida o`qitish texnologiyasi.
Vaqti: 2 soat
Talabalar soni: 45-50 nafar
Oquv mashgulotining
shakli
Vizual ma‘ruza.
Ma‟ruza
mashg`ulotining rejasi
1. Sikllik - iqtisodiy taraqqiyotning umumiy
shakli ekanligi va uning sabablari.
2. Iqtisodiy sikl xaqida
turlicha nazariyalar
3. Iqtisodiy siklning fazalari. Iqtisodiy inqirozlarning turlari.
4. Agrar inqirozlar va ularning xususiyatlari.
5. O`zbekistonda inqirozli jarayonlarning namoyon bo`lish
xususiyatlari va ularni bartaraf etish yo`llari.
O`quv mashg`ulotining maqsadi iqtisodiy sikllar, iqtisodiyot uchun xos bo`lgan
ishlab
chiqarish, bandlik va narx darajasining davriy tebranishlari to`g`risida chuqur bilim berish.
Do'stlaringiz bilan baham: