O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 8.29 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iste‟molchi ortiqchaligi (yutug„i)
- Taklif chizig„i
- Shaxs talabi
- Talab funksiyasi
- Funksional talab
- Snoba samarasi
- Chayqovchilik muhiti talabi (spekulyativ)
- O„rindosh ne‟matlarning chekli almashtirish normasi (marginal rate of substitution)
- Byudjet
- Ne‟matlarning bir-birini o„rnini bosishi
- Engel chiziqlari
- 1. O„suvchi masshtab samarasi yoki musbat masshtab samarasi
- 2. O„zgarmas masshtab samarasi
- 3. Pasayuvchi masshtab samarasi
- MUALLIFLAR HAQIDA MA‟LUMOT Xolmatov Nemat Boymirzaevich
- Sodiqov Zokir Rustamovich
- MUNDARIJA T/R MAZMUNI BETLAR
Taklif qonuni – to‗g‗ridan-to‗g‗ri narx o‗zgarishi bilan bog‗liq holda taklifning o‗zgarishi. Talab qonuni – narxdan tashqari boshqa omillar o‗zgarmaganda talab miqdori bilan narx o‗rtasidagi teskari bog‗liqlik. Iste‟molchi ortiqchaligi (yutug„i) – iste‘molchi tovarlar uchun to‗lashi mumkin bo‗lgan narxlar bilan tovarlarga bozorda haqiqiy to‗langan narxlar ayirmalarining yig‗indisi. Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi (yutug„i) – tovarlarnig haqiqiy narxlaridan chekli (bir birlik qo‗shimcha tovar ishlab chiqarishga ketgan) harajatlarni ayirmalari yig‗indisiga teng. Taklif chizig„i – tovar narxi bilan taklif qilinadigan ushbu tovar miqdori o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalovchi egri chiziq.Talab chizig„i – tovar narxi bilan sotib olinadigan ushbu tovar miqdori o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalovchi egri chiziq. Shaxs talabi – bitta iste‘molchining tovarga bo‗gan talabi. Muvozanat narx – talab bilan taklifni tenglashtiruvchi narx. Muvozanat narxga to‗g‗ri keladigan tovar miqdoriga muvozanat mahsulot miqdori deyiladi. Transaktsion harajatlar – bozorda tovarlarni sotishda egalik huquqini aniqlash va uni berish bilan bog‗liq harajatlar. Taklif funksiyasi – taklifga ta‘sir qiluvchi omillar miqdori bilan taklif miqdori o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalaydi. Talab funksiyasi – talabga ta‘sir qiluvchi omillar miqdori bilan talab miqdori o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalaydi. Bozor muvozanati – bozorda taklif miqdori bilan talab miqdori teng bo‗lgan hol; taklif chizig‗i bilan talab chizig‗i kesishgan nuqtaga muvozanat nuqta deyiladi. Talab va taklif orqali bozor mexanizmini o‗rganish, ularning grafiklarini tahlil qilishdan boshlandi. Ma‘lumki, davlatning aralashuvisiz, talab va taklif muvozanat holatga keladi va unga asosan tovarning bozor narxi o‗rnatiladi hamda muvozanatni ta‘minlaydigan mahsulotning umumiy hajmi o‗rnatiladi. Quyidagi grafikda ordinata o‗qi bo‗yicha bir birlik mahsulotning narxi P ko‗rsatilgan (so‗mda). Absissa o‗qi bo‗yicha berilgan vaqt oralig‗ida talab qilingan va taklif qilingan mahsulot hajmi Q ko‗rsatilgan. Taklif chizig„i S (supply) qancha miqdorda va qanaqa ishlab chiqarish narxida tovarning bozorda sotilishi mumkinligini ko‗rsatadi. Taklif chizig‗i qancha yuqoriga ko‗tarilsa, shuncha narx yuqori bo‗ladi va shunga ko‗p firmalar mahsulot ishlab chiqarib, sotish imkoniyatiga ega bo‗ladilar. Yuqori narx, mavjud firmalarni ishlab chiqarishni kengaytirishga da‘vat etadi, bozorga yangi firmalarni o‗z mahsuloti bilan kirib kelishini ta‘minlaydi, ular ishlab chiqargan yuqori harajatli rentabel bo‗lmagan mahsulotlari yuqori narxda rentabel bo‗ladi. Bunday holda, firmalarda ishlab chiqarishning kengayishi qisqa vaqt oralig‗ida intensiv bo‗lsa, uzoq muddatda esa ekstensiv amalga oshiriladi. Talab chizig„i D (Demand) iste‘molchilarning berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olish mumkinligini bildiradi. Talab chizig‗ining pastga ketishi, iste‘molchilarning narx qancha past bo‗lsa, ular shuncha ko‗p mahsulot sotib olishini anglatadi. Past narxlar, haridorlarga yanada ko‗proq miqdorda tovarlar sotib olishiga hamda ilgari sotib ololmayotgan iste‘molchilarga esa hozir u tovarni sotib olishga imkon yaratadi. Ko‗pgina bozorlarda bir vaqtning o‗zida ham talab, ham taklif egri chiziqlari o‗zgarib turadi. Iqtisodiy o‗sish yuqori bo‗lganda iste‘molchilar daromadi yuqori bo‗ladi, aks holda daromadlar ham kamayadi. Ba‘zi bir tovarlarga bo‗lgan talab ham vaqt bo‗yicha o‗zgaradi, 264 masalan, mavsumlar bo‗yicha tovarlarga talab; bir-birini o‗rnini bosadigan tovarlardan birining narxini o‗zgarishi; did va modaning o‗zgarishiga qarab talabning o‗zgarishi. Xuddi shunday, vaqt bo‗yicha ish haqi, xom ashyo narxi, kapital mablag‗ qo‗yishlar ham o‗zgaradi, natijada bu o‗zgarishlar taklifga jiddiy ta‘sir qiladi. Funksional talab – tovar sifatiga bog‗liq bo‗lgan talab. Nofunksional talab – tovar sifatiga bog‗liq bo‗lmagan omillarga asoslangan talab. Ko„pchilikka qo„shilish samaradorligi – bu iste‘molchi talabining o‗sish samarasi bo‗lib, ko‗pchilik sotib oladigan tovarni umumiy qabul qilingan me‘yorlarga ko‗ra sotib olish. Snoba samarasi – talabning o‗zgarish samarasi bo‗lib boshqalar iste‘mol qilgani uchun iste‘mol qilinadi. Veblen samarasi – tovarning narxi juda yuqori bo‗lganligi bilan bog‗liq bo‗lgan iste‘mol talabining o‗sish samarasi. Chayqovchilik muhiti talabi (spekulyativ) – narxni kelajakda ortishining kutilishi tovarga bo‗lgan talabning bugungi kunda ortishiga olib keladi (tovarni bugungi kunda iste‘mol qilishdan naflik ortadi). Noratsional talab – bu rejalashtirilmagan talab bo‗lib, shaxsning hozirgi hoxishi, kayfiyati, injiqligi o‗zgarishi bilan vujudga keladigan vaqtinchalik talab. Befarqlik chizig„i – bir xil darajadagi naflik beruvchi ne‘matlar miqdorlari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziq. O„rindosh ne‟matlarning chekli almashtirish normasi (marginal rate of substitution) – umumiy naflik darajasi o‗zgarmaganda iste‘molchi bir birlik birinchi ne‘matni qancha birlik ikkinchi ne‘mat bilan almashtirishini ko‗rsatadi: Byudjet – iste‘molchining ma‘lum vaqt oralig‗ida oladigan barcha daromadlari yig‗indisi. Byudjet chizig„i – byudjetni to‗liq sarflash sharti bilan iste‘molchi sotib oladigan tovarlar kombinatsiyalarini ifodalovchi chiziq. Ne‟matlarning bir-birini o„rnini bosishi-- ne‘matlarning bir-birini o‗rnini bosish zonasi deb - bir ne‘mat bilan ikkinchi ne‘matni samarali almashtirish mumkin bo‗lgan oraliqga aytiladi O„rindosh tovarlarni almashtirish samarasi – iste‘molchining iste‘mol majmuasiga kiruvchi ne‘matlardan birining narxi o‗zgarishi natijasida iste‘mol tarkibining o‗zgarishi. Daromad samarasi – iste‘mol majmuasiga kiruvchi ne‘matlardan birining narxi o‗zgarishi natijasida hosil bo‗lgan real daromad hisobidan iste‘mol tarkibini o‗zgarishi. Engel chiziqlari – iste‘mol qilingan tovarlar miqdorini iste‘molchi daromadining o‗zgarishidan bog‗liqligini ko‗rsatuvchi chiziq. Oliy kategoriyali tovar – daromad oshganda talab oshib ketadigan tovarlar. Normal tovarlar – daromad oshganda talab oshadigan tovarlar. Past kategoriyali tovarlar – daromad oshganda talab kamayadigan tovarlar. Ishlab chiqarish omillari – biror ne‘matni ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa har qanday tovar yoki ne‘mat.Masshtab samarasi – bu ishlab chiqarish masshtabining kengayishi sur‘ati bilan mahsulot ishlab chiqarishni o‗sish sur‘ati o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalaydi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar miqdoriga ishlab chiqarish masshtabi deyiladi. Uchta masshtab samarasi to‗g‗risida gapirish mumkin: 1. O„suvchi masshtab samarasi yoki musbat masshtab samarasi - ishlab chiqarish masshtabining kengayishi (ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar sarfining o‗sishi) su‘atidan mahsulot ishlab chiqarishning o‗sish sur‘ati yuqori. Masalan, resurslar sarfi 100 foizga oshsa, mahsulot ishlab chiqarish sur‘ati 100 foizdan yuqori o‗sishga ega, ya‘ni 120 foiz. 265 2. O„zgarmas masshtab samarasi – ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar sarfining o‗sish sur‘ati mahsulot ishlab chiqarishning o‗sish sur‘atiga teng. Masalan, resurslar sarfi 100 foizga oshsa, mahsulot ishlab chiqarish ham 100 foizga oshadi. 3. Pasayuvchi masshtab samarasi – resurslar sarfining o‗sish sur‘atidan mahsulot ishlab chiqarishning o‗sish sur‘ati past, ya‘ni resurslar sarfi 100 foizga oshsa, mahsulot ishlab chiqarish 80 foizga o‗sadi. 266 MUALLIFLAR HAQIDA MA‟LUMOT Xolmatov Nemat Boymirzaevich 1971 yil tug‗ilgan. Toshkent davlat universitetining iqtisod fakulteti ―Iqtisodiy nazariya‖ bo‗limini tamomlagan. ―Iste‘dod‖ jamg‗armasi granti sohibi (2001 yil). Bugungi kunda ToshDShI ―Iqtisodiy nazariya‖ kafedrasi mudiri. Iqtisod fanlari nomzodi (2003 yil), Dotsent (2008 yil). Ilmiy faoliyat yo‗nalishi: ―Milliy ishlab chiqarishni sanoatlashtirishning nazariy asoslari va qonuniyatlari‖. Xolmatov N.B. 5 ta o‗quv qo‗llanmalar, 10 dan ortiq o‘quv – uslubiy nashrlar, ―O‗zME‖ 4-11 jildlarida 30 dan oshiq turkum ilmiy maqolalar (Iqtisodiy siyosat, Iqtisodiy tizim, Iqtisodiy tangliklar, Klassik siyosiy iqtisod maktablari. Nominal ish haqi, Real daromad, Real ish haqi, Omonat, Omonatlarni indekslash, Pablik rileyshnz, Pablisiti, Pay, Paretto, Xalqaro iqtisodiy hamkorlik, Xalqaro kredit, Erxard rejasi, Yagona iqtisodiy makon va boshq.) muallifi. Respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda va ilmiy-amaliy anjumanlarda 30 dan oshiq maqola va tezislar muallifi. Sodiqov Zokir Rustamovich 1971 yil tug‗ilgan. Toshkent Davlat Universitetining Iqtisod fakulteti ―Iqtisodiy nazariya‖ bo‗limini tamomlagan. Bugungi kunda Toshkent Islom Universiteti ―Xalqaro iqtisodiy munosabatlar‖ kafedrasi mudiri. Iqtisod fanlari nomzodi (2008 yil). Ilmiy faoliyat yo‗nalishi: ―Jayon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar‖. Sodiqov Z.R. 2 ta o‗quv qo‗llanma, 2 ta uslubiy qo‗llanma, 45 oshiq turkum ilmiy maqolalar muallifi. Respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda va ilmiy-amaliy anjumanlarda 10 dan oshiq maqola va tezislar muallifi. 267 MUNDARIJA T/R MAZMUNI BETLAR 1. KIRISH . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3 2. NAMUNAVIY DASTUR . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 5 3. ISHCHI DASTUR . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 10 4. MA‘RUZA MATNI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 17 5. TA‘LIM TEXNOLOGIYASI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 123 6. REYTING ISHLANMASI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 216 7. MUSTAQIL ISH ISHLANMASI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 228 8. MUSTAQIL ISH MAVZULARI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 235 9. JORIY NAZORAT. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ORALIQ NAZORAT. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . YAKUNIY NAZORAT . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 236 238 248 10. TAVSIYA ETILGAN DARSLIKLAR, O‗QUV QO‗LLANMA VA QO‗SHIMCHA ADABIYOTLAR RO‗YXAT . . . . . . . . . . . . . . . . . 260 11. GLOSSARIY . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 262 12. MUALLIFLAR HAQIDA MA‘LUMOT. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 266 13. MUNDARIJA . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 267 Download 8.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling