Taka bilan tulki
Bir tulki dalada chopib borayotib bir chuqur quduqqa tushub ketti.
Quduqdin qandog„ qilib chiqishni bilmay hayron bo„lub o„lturub edi-
ki, quduqning yonig„a bir katta va shoxlari uzun taka keldi. Mazkur
taka tashna bo„lg„on erdi. Taka quduqning ichiga qarab tulkini ko„rub:
“Nima qilib o„lturubsan?” – deb tulkidan so„radi. Tulki javob berdiki:
“Dam olib o„lturubman, munda juda salqin ekan, suv ham ko„p ekan”,
– dedi. Taka so„radiki: “Suvi yaxshimu?” “Benihoya yaxshi, musaffo
va salqin”, – dedi. Takaning tashnaligi g„olib edi, shul jihatdin taka
ko„p o„ylamasdin irg„ib quduqning ichiga tushdi – tulkini sahal bosib
o„ldurmadi. Takani tulki ahmoq qilg„onig„a shod bo„lub: takani orqa-
sig„a chiqti, orqasidan shoxig„a chiqdi va shoxidin irg„ib yer yuzig„a
chiqib ketti. Taka bechora quduqda qolib, ochdin o„lush darajasiga
yetti. Xayriyat takaning egalari qidirib yurub, ani mazkur quduqdin
topib, darhol arqon solib, chiqarib oldilar.
Har kim o„z aqli bilan yursa yaxshi bo„ladur.
Do'stlaringiz bilan baham: |