O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


L.N.Tolstoy masal va hikoyalarining tarjimalari


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/132
Sana09.01.2022
Hajmi1.29 Mb.
#255333
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   132
Bog'liq
tarzhima tarixi

 
L.N.Tolstoy masal va hikoyalarining tarjimalari 
(“Muallimus-soniy”)da bosilgan masal va ertaklar 
Ko„r kishi 
Bir  ko„r  kishi  qorong„u  kechasi  chirog„ni  qo„lig„a  olib  va  bir 
idishni orqasig„a olib bozori shabga boribdur. Bir kishi ondin so„rab-
durki:  “Ey  ahmoq  ko„r,  kecha  va  kunduz  sanga  barobar  emasmu  – 
chirog„din  senga  nima  foyda?”  –  deb.  Ko„r  kishi  kulib  aytibdurki: 


 
148 
“Bul  chirog„  man  uchun  emas,  balki  san  uchundur.  Toki  idishimni 
sindurmag„oysan”. 
 
Chol bilan ajal 
Bir chol har kuni dalaga borib, o„tun terib kelar edi. Bir kuni maz-
kur  chol  o„tun  terib,  uyiga  qaytib  kelayotib  edi,  ko„targan  yuki  ko„p 
og„ir  edi.  Chol  bechora  charchab  yo„lda  damini  olmoqqa  o„lturdi  va 
ham  o„zi-o„zig„a  aytdiki:  “Kun  ko„rmak  ko„b  qiyin  bo„lur  ekan,  ajal 
kelmaydurki  manga,  o„lub  hamma  kulfatdan  qutula  qolsam”,  –  dedi. 
Chol shul so„zni aytishi bilan baqudrat parvardigor ajal hozir bo„lub, 
cholg„a aytdiki: “Mana men keldim, nima uchun yo„qlading?”, – dedi. 
Ajalni ko„rub cholning kayfi uchub ketti, ammo bir ozdin so„ng o„zi-
g„a kelib, ajalg„a: “Xudo xayr bersun, o„tunimni uyumg„a yetkurushib 
berg„il, chunki men charchab qoldim”, – dedi. 
Maqol: ajalga davo yo„q. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling