166
Korxona dasturiy ilovalari darajasidagi integratsiya. Ilova darajasidagi
integratsiya (Enterprise Application Integration — EAI) faqat integratsiyalangan
dasturning ichki ma‘lumotlarini emas, balki amalga
oshiriladigan koddan birga
foydalanishni nazarda tutadi. Dasturlar standartlashtirilgan dasturiy interfeyslar va
maxsus bog‗lanadigan DT yordamida integratsiyalashadigan komponentlarga
bo‗linadi.
Bunday yondashuvda ushbu komponentlardan universal dasturiy yadro
yoki platforma yaratiladi va uning yordamida barcha ilovalar qo‗llaniladi. Har bir
ilova uchun ushbu yadro bilan bog‗lash uchun faqat
bitta interfeys yaratiladi, bu
Integratsiya vazifasini sezilarli engillashtiradi. Natijada olingan tizimni ushlab
turish va kengaytirish osonroq. Shu munosabat bilan integratsiya texnologiyasi,
bugun, nafaqat
ilova darajasidagi, balki biznes jarayon darajasidagi integratsiyani
taqdim etadi. Bunday vaziyatda jami korxona darajasidagi integratsiya haqida ham
to‗xtalish mumkin (Enterprise Integration Metodology — EIM). EIM uslubi
zamonaviy texnologiya va uskunalarda amalga oshiriladi, ular orasida, misol qilib,
arxitektura xizmatiga yo‗naltirilgan asosdagi integratsiya
texnologiyasini
ko‗rsatish zarur (Service-Oriented Architecture — SOA). Bu shunday IS
arxitekturaki, unda tizim geterogen (turlicha) komponentlar (servislardan)
to‗plamidan quriladi. Bunday arxitekturada asosiy tushuncha ―axborot xizmati‖ va
―kompozitli ilova‖ hisoblanadi. SOAga asoslangan arxitekturani qurish va joriy
etish uchun zarur bo‗lgan shart-sharoit – bu servislarni
tasvirlashda yagona
infrastruktura, kirishga ruxsat etilgan qarorlar va xabarlar qisqarishi, xabarlar
formatidan
foydalanishdir.
Bunday
infratuzilma
tizimning
markaziy
komponentlaridan biri hisoblangan integratsion shinani (Enterprise Service Bus —
ESB) hosil qiladi (3.1.6-rasm). U integratsiyalashgan tizimlar
tarkibiga kirgan turli
tizimlarning ilovalari o‗rtasida boshqaruv va axborot almashlash uchun yagona
nashr etish xizmatlari qoidalarini belgilaydi. Bu esa ilovalarni boshqarish va
ularni
ushlab turishni osonlashtiradi, shuningdek, ilovalar va jarayonlarning
parchalanish xavfini pasaytiradi.