O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
Ma‘lumotlar ombori
Ma‘lumotlar bazasi faqatgina ma‘lumotlarni joylash uchun mo‗ljallangan emas,zero, ulardan foydalanish, faollashtirish, format va aloqalarni almashlash va boshqa ko‗plab faoliyatlarni amalga oshirish kerak. Agar, ma‘lumotlar bazasi axborot bilan tizimsiz to‗ldirilsa, bir qancha vaqtdan so‗ng undan foydalanish imkonsiz bo‗lib qoladi, ya‘ni, zaruriy axborotni izlashga ketadigan vaqt hajmi oshadi va baza maydoni to‗lib boradi. Bu kabi holatga yo‗liqmaslik uchun ma‘lumotlarni ―tozalash‖ va strukturalash talab etiladi, ular bilan samarali ishlash uchun esa ma‘lumotlar bazasi ishini boshqaradigan tizim kerak. XX asrning 80- yillari so‗nggida, korporativ axborotni integratsiyalashga va ushbu axborot ostida boshqaruvga ehtiyoj sezilgan, dastlab ―axborot ombori‖ (Information Warehouse — IW)deb nomlangan mos tizimlarni yaratish uchun texnik imkoniyatlar paydo bo‗ldi. Va faqat XX asrning 90 yillarida Bill (Uilyam) Inmonning kitobi chop etilishi bilan ombor hozirgi ―ma‘lumotlar ombori‖ (Data Warehouse — DW) nomiga ega bo‗ldi [2]. B. Inmon ma‘lumotlar omborini ―fanga yo‗naltirilgan, integratsiyalashgan, o‗zgarmas, boshqaruvni saqlash maqsadida tashkil etilgan ma‘lumotlar to‗plami xronologiyasini saqlovchi, haqiqatning yakka va yagona manbai sifatida namoyon bo‗luvchi, menejer va tahlilchilarni tezkor tahlil qilish va qaror qabul qilish uchun zarur bo‗lgan ishonchli axborot bilan ta‘minlovchi‖ sifatida belgiladi. Ma‘lumot ombori konsepsiyasi quyidagi asosiy g‗oyalarga asoslanadi: • oldindan ajratilgan, detallashtirilgan ma‘lumotlar integratsiyasi (tarixiy arxivlar, hujjatlarni qayta ishlash an‘anaviy tizimidan olingan ma‘lumotlar va uyushmagan ma‘lumotlar bazasi, tashqi manba ma‘lumotlari) yagona ma‘lumotlar omborida; • mavzuga oid va vaqtinchalik strukturalash, uyg‗unlashtirish va 172 agregatlash; • operatsion (ishlab chiqarish) qayta ishlashda va tahlil qilish vazifasini echishda foydalaniladigan ma‘lumotlar to‗plamini bo‗lish. Ma‘lumotlar ombori ko‗plab funksiyalarni amalga oshiradi, biroq, uning asosiy vazifasi – aniq ma‘lumot va axborotlarni qisqa muddatda va minimum xarajatlar bilan taqdim etishdir. Ombor muhiti faqat o‗qish uchun mo‗ljallangan edi va to‗liq tozalangan va integratsiyalashgan detalli hamda agretlangan ma‘lumotlardan tashkil topgan edi. Bundan tashqari, repozitorda tranzaksiya darajasidagi ma‘lumotlarning kengaytirilgan va detallashtirilgan tarixi saqlangan. Arxitekturaviy qaror nuqtai nazaridan ushbu ma‘lumotlar ombori o‗z funksiyalarini ma‘lumotlarning har tomonlama bog‗langan vitrinasi orqali amalga oshiradi (3.1.8-rasm). Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling