79
samarali foydalanish mumkin, lekin ma‘lumotlarni qidirish uchun boshqa usullarga
qaraganda ko‗p vaqt sarf qiladi.
Zanjirli ro‗yxat usulida hosil qilingan faylda
har bir yozuv boshqa yozuv
bilan bog‗langan bo‗ladi. Bunda aloqa vositasi sifatida ko‗rsatkichlar ro‗yxatidan
foydalaniladi. Ko‗rsatkichlar ro‗yxati yozuvning qo‗shimcha
maydonlarida
ko‗rsatiladi va ular orqali kerakli ma‘lumotlarni olish tartibi o‗rnatiladi.
Ro‗yxatga kirish uchun ro‗yxatning boshlang‗ich manzilgohini (RBM)
ko‗rsatish lozim. Bu manzilgoh ro‗yxat sarlavhasida (RS) saqlanadi. 5.5-rasmda
zanjirli ro‗yxatning chiziqli (a) va jadvalli (b) tasviri keltirilgan.
Ular orqali kerakli yozuvlarni tez qidirib topish imkoniyati hosil bo‗ladi.
2.1.2-jadvalda tartiblashmagan fayl keltirilgan. Keltirilgan
faylning yozuvlari
asosiy maydon - «ismi sharifi» - bo‗yicha tartiblashgan. Bu fayldan «1970 yilgacha
tug‗ilgan xodimlar» to‗g‗risidagi ma‘lumotlar talab qilinsa, u holda asosiy faylning
hamma yozuvlarini qarab chiqish kerak bo‗ladi va ko‗p vaqt sarf qilinadi. Bu
vazifani yana ham tezroq bajarish uchun asosiy
faylni yordamchi maydoncha
«tug‗ilgan yil» bo‗yicha tartiblashtirish lozim.
Bunday holda asosiy maydon
bo‗yicha tartiblashgan faylning ikki yozuvi olinadi
va yuqoridagi talabga javob
beriladi.