O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti “soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/26
Sana04.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1745073
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
ozbekiston respublikasida soliq yuki darajasini baholash mezonlari (1)

sm 
− SF) / (T
um
 − X
sm
))
 
* 100% 
bu erda, T
um 
− umumiy sotishdan tushum; 
X
sm 
− sotilgan mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar 
(egri soliqlarni chegirgan holda); 


25 
SF − barcha soliqlar to’langandan so’ng iqtisodiy sub’ekt ixtiyorida qoladigan 
haqiqiy foyda. 
Mazkur formula korxona to’laydigan soliqlarning foydadagi nisbatini 
ko’rsatib beradi. Soliq yukini baholashning mazkur yondoshuvidagi asosiy farq 
egri soliqlar iqtisodiy sub’ekt foydasiga ta’sir qiluvchi soliqlar sifatida 
qaralmasligidir. 
Bu metod faqatgina to’g’ri soliqlarning korxona moliyaviy holatiga ta’sirini 
ko’rsatib beradi, ayni vaqtda egri soliqlarning ta’sirini baholab bermaydi. Egri 
soliqlarning ham iqtisodiy sub’ekt foydasiga ta’sir qilishini inobatga holda bu 
metodni soliq yukini aniqlash jarayonida qo’llash maqsadga muvofiq emas. Ya’ni 
bunda egri soliqlar tovarlar narxining oshishiga olib kelishi natijasida talab 
kamayadi va bunda o’z-o’zidan korxona foydasi pasayishi ham kuzatiladi. Bundan 
tashqari korxonalar dastlabki iste’molchi sifatida egri soliqlarning haqiqiy 
to’lovchisi ham bo’la oladi. Bundan egri soliqlarning bevosita korxona foydasiga 
ta’siri ham kuzatiladi.
 
 
 
 
 
 


26 
2-BOB. XO’JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARNING SOLIQ YUKINI 
ANIQLASHNING AMALDAGI HOLATI TAHLILI. 
2.1. Mamlakatimizda 
soliq 
yukini 
kamaytirib 
borish 
soliq 
siyosatining asosiy yo’nalishi sifatida. 
Soliq to’lovchilarga nisbatan soliqlar miqdorini pasaytirib borish ularning 
iste’moli va talabiga ijobiy ta’sir etishi natijasida tovarlar vhamda xizmatlar 
realizatsiyasining oshishiga ta’sir ko’rsatadi.
Barchamizga ma’lumki, 2015 yilda mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirishning eng ustuvor yo’nalishlari belgilab berilgan edi. Ushbu ustuvor 
vazifalar ichida eng asosiylari sifatida soliq yukini kamaytirish ham alohida 
ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Ushbu ustuvor yo’nalishlardan kelib chiquvchi 
vazifalarni amalga oshirishda salmoqli natija va sezilarli o’zgarishlar qo’lga 
kiritildi: iqtisodiyotining yuqori barqaror sur’atlar bilan o’sishi va makroiqtisodiy 
mutanosibligi 
ta’minlandi, ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirish va 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash ishlari davom ettirildi. 
Prezidentimiz I.Karimov bozor iqtisodiyotining o’zini-o’zi tartibga soluvchi 
mexanizmlarining istiqbolli ekanligi va bunda davlat ixtiyorida faqat iqtisodiy vositalar 
va rag’batlar saqlanib qolinishi hamda ularning tarkibiy qismi soliqlar ekanligini bir 
necha bor ta’kidlab o’tganlar. Har qanday mamlakatda qanday soliq siyosati 
yuritilayotgani va soliqqa tortish sohasidagi chora-tadbirlar qanchalik samarali ekanligi 
ko’p jihatdan iqtisodiy islohotlarning xarakteri va dinamikasini belgilaydi. Oqilona 
tashkil etilgan, soliq tizimi, bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasidan 
ma’lumki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning hamda shu asosda barqaror 
iqtisodiy rivojlanishga erishishning asosiy vositalaridan biridir. Chunki davlat 
moliyaviy siyosati makroiqtisodiy siyosatning muhim tarkibiy qismi bo’lib, uning 
mohiyati davlat va jamiyat oldiga qo’yilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda boshqa 
strategik maqsadlarni ro’yobga chiqarishga qo’llaniladigan iqtisodiy, huquqiy va 


27 
boshqa vositalar, usullar yo’nalishlarining belgilanishi, real shart sharoitlar aniq hisobga 
olingan holda, ulardan foydalanishga qaratilgandir.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan “yangi soliq siyosati doirasida soliq 
tushumlari tarkibini tubdan o’zgartirish, resurslar, mol-mulk solig’ining rolini oshirish, 
jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish vazifasi 
qo’yiladi”. 
Moliyaviy siyosatning eng muhim tarkibiy qismi sifatida soliq siyosati katta 
ahamiyatga ega. Bu sohada davlat siyosati davlat uchun ham, bozor ishtirokchilari
tadbirkorlar va boshqa fuqarolar uchun ham maqbul keladigan shart-sharoitlarning 
yaratilishiga iqtisodiyotning real sektori ahvolini yaxshilashga qaratilmog’i lozim.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi soliq siyosati va uni takomillashtirish 
yo’lida mamlakatimizda umumiy vazifa sifatida quyidagi masalalar qo’yilgan: 

iqtisodiyot tarmoqlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda umumiy soliq 
yukini kamaytirish; 

daromaddan olinadigan soliqlar mexanizmini takomillashtirish; 

byudjet daromadlarini barqaror manbalar bilan shakllantirishda bevosita (to’g’ri) 
soliqlarning rolini tobora oshirib borish; 

resurslar bilan bog’liq soliqqa tortish potentsialini oshirish; 

soliq tizimini sodda va tushunarli bo’lishini ta’minlash. 
Hozirgi paytda Respublikamizda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini 
kamaytirishga doir izchil siyosat olib borish choralari amalga oshirilmokda. Jumladan, 
2005 yilning 1 iyulidan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan huquqiy ta’sir 
choralari, jumladan, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatlarini tugatish, faoliyatni 
to’xtatib qo’yish, banklardagi hisob-raqamlari bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib 
qo’yish, (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni 
moliyalashtirish borasida aniqlangan hollar bundan mustasno), moliyaviy sanktsiyalarni 
qo’llash, soliq va yig’imlarni to’lash muddatini o’tkazib yuborganlik uchun penya 
qo’shish, huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga o’tkazish (konfiskatsiya), 
faoliyatning ayrim turlari bilan shug’ullanish uchun maxsus ruxsatnomalarni 10 kundan 


28 
ortiq muddatga to’xtatib quyish yoki bekor qilish faqat Sud qarorlari orqali amalga 
oshirish tartibi joriy qilindi. 
Farmonga muvofiq, tadbirkorlik sub’ektlarini moliya-xo’jalik faoliyatini 
tekshirish (taftish qilish) faqat Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o’tkazilishi, 
tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tekshirish davomida jinoyat 
alomatlari aniqlangan hollarda tegishli materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi 
organlarga taqdim etib borilishi belgilandi. Shu bilan birga, soliqlar va to’lovlarni 
birxillashtirishga katta e’tibor qaratilmokda. Bu esa soliqqa tortish mexanizmlarining 
oshkoraligiga, soliqlarni hisoblash va to’lashga oid korxonalar faoliyatini 
soddalashtirishga, shuningdek, soliq majburiyatlarining bajarilishini samarali nazorat 
qilishga yordam beradi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 24 iyundagi “Tadbirkorlik 
sub’ektlarining xo’jalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy javobgarligini 
erkinlashtirish to’g’risida”gi PF-3622-son Farmoniga muvofiq, tadbirkorlik sub’ektlari 
tomonidan birinchi marta sodir etilgan, qasddan qilinmagan va kam ahamiyatli, 
huquqbuzarliklar uchun mansabdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda 
materiallarni sud organlariga taqdim etmasdan faqat ma’muriy javobgarlik choralari 
qo’llanilishi, shuningdek materiallar sud instantsiyalariga topshirilgan hollarda, 
tadbirkorlik sub’ekti soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lamaganlik 
uchun sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli etkazilgan zararning o’rnini bir oy mobaynida 
ixtiyoriy ravishda qoplagan hamda uning oqibatlarini bartaraf etgan, jumladan penya 
to’lagan tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy sanktsiyalar qo’llanilishidan ozod etilishi 
belgilab qo’yildi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 21 sentyabrdagi “Tadbirkorlik 
faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-
qoidalarini soddalashtirish to’g’risida”gi PQ-186-son qaroriga muvofiq, 2005 yilning 1 
oktyabridan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan faoliyat turlari bilan 
shug’ullanuvchi tadbirkorlar uchun litsenziyalar kamida 5 yil muddatga berilishi, lekin 
alohida faoliyat turlari bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlarga litsenziyalar cheklanmagan 
muddatga berilishi, ayrim faoliyat turlariga litsenziya berish tegishli boshqaruv 


29 
organlari zimmasiga yuklatildi. Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda bir-birini 
takrorlaydigan va ortiqcha ruxsatnomalar berish tartib-qoidalari bekor qilinib, 11 ta 
faoliyat turi bo’yicha ruxsatnomalar olish va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish 
jarayonlari bekor qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishni 
yanada qisqartirish va uning takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 3665-con 
Farmoniga muvofiq esa, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklarining 
moliya-xo’jalik faoliyatini har to’rt yilda ko’pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik 
sub’ektlarini esa har uch yilda ko’pi bilan bir marta reja asosida tekshirish o’tkazish, 
yangi tashkil qilingan mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklarining 
moliya-xo’jalik faoliyatini ular davlat ro’yxatiga olingan paytdan boshlab ikki yil 
mobaynida reja asosida tekshirish o’tkazilmasligi, hududiy soliq organlari tomonidan 
boshqa tumanlar (shaharlar)da ro’yxatga olingan tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab 
chiqarish binolari, savdo shohobchalari qaerda joylashganidan va xizmatlar 
ko’rsatiladigan (ishlar bajariladigan) joydan qat’i nazar ularning moliya-xo’jalik 
faoliyatini tekshirish takrorlanishiga yo’l qo’yilmagani holda, tadbirkorlik sub’ekti 
ro’yxatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga oshirilishi 
belgilandi. 
Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash 
va ular uchun qulay investitsiya muhitini yaratish hamda ular zimmasidagi soliq 
yukini kamaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 
apreldagi “O’zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini 
yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4609 son 
farmoni qabul qilindi.
Unga muvofiq soliqlarni va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida to’laydigan, 
shuningdek ishlab chiqarishning barqaror o’sish sur’atlarini va rentabelligini 
ta’minlovchi kichik tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini soliq 
tekshiruvidan o’tkazishga qo’llanilgan moratoriy 2017 yilning 1 yanvarigacha bo’lgan 
muddatgacha uzaytirildi (yuridik shaxslarni tugatishdagi, qo’zg’atilgan jinoiy ishlar 
doirasidagi, shuningdek byudjet va markazlashtirilgan mablag’lar va resurslaridan 


30 
foydalanish bilan bog’liq rejadan tashqari tekshiruvlar bundan mustasno). Bundan 
tashqari O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari kichik tadbirkorlik 
sub’ektlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga ularning 
hisobvaraqlaridan soliqlarni va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashda banklar xizmatlari 
uchun to’lovlar undirish amaliyotini bekor qilinishi belgilandi. 
Bunday tadbirlarning amalga oshirilishi ishbilarmonlik muhitini yanada 
takomillashtirish, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq-oydinligini 
oshirish, shu asosda tadbirkorlik faoliyatini yuritish sharoitlarini tubdan yaxshilash, 
yangi ish joylarini barpo etish va iqtisodiyotning xususiy sektorida aholi bandligini 
oshirishga xizmat qiladi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling