O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti “soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/26
Sana04.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1745073
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
ozbekiston respublikasida soliq yuki darajasini baholash mezonlari (1)

 
E
d
p
=P+P/MC; 
 
Buni tekshirish uchun E
d
p
=-2 holatini hisoblaylik. 
Monopol narx formulasi P=MC/(1+1/E
d
p
), bundan, soliq belgilangan holat 
uchun P ni hisoblaymiz: 
 
P=MC+t/(1+1/-2)=2(MC+t)=2MC+2t 
 
Demak, monopol narx soliq miqdoriga nisbatan ikki barobarga ortib ketishiga 
olib keladi. Ya’ni, monopol bozor sharoitida, soliqning belgilanishi narxning 
keskin oshib ketishiga, pirovardida esa, bir tomondan xaridorning xarid quvvati 
pasayadi, ikkinchi tomondan esa, korxona ishlab chiqarish hajmi tushib ketadi. 


20 
1.2. Soliq yuki darajasi va uni aniqlashning nazariy asoslari. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va isloh qilishga qaratilgan 
maqsad va vazifalarning ijrosini ta’minlash ma’muriy usullar bilan emas, balki 
haqiqiy bozor mexanizmlarini amaliyotga joriy etish orqali amalga oshirilishi 
lozimligi zaruriyati hamda ushbu jarayonda foydalaniladigan iqtisodiy dastaklar 
ichida soliqlar va bojlar alohida o’ringa ega ekanligi optimal (maqbul) soliq yuki 
va soliqlar bo’yicha imtiyozlar berishning chegarasi masalalarini nazariy jihatdan 
tadqiq qilish hamda ular bo’yicha amaliy tavsiyalar berishni bugungi kun 
tartibining eng dolzarb va kechiktirib bo’lmaydigan muammosiga aylantiradi. 
Har qanday davlatda soliq yukining optimal miqdorlarini belgilanishi asosiy 
makroiqtisodiy masalalar toifasiga kiritiladi. “Soliq yuki” atamasi nisbiy 
ko’rsatkich hisoblanadi, chunki u soliq summalarini ma’lum moliyaviy 
ko’rsatkichlar orqali ifodalaydi. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, shuningdek texnik va texnologik jihatdan 
qayta qurollantirish korxonalarni mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish 
xarajatlarini doimiy ravishda kamaytirib borishni taqozo etadi.
Ilmiy adabiyotlarda soliq yuki darajasi qanchalik miqdorda kam bo’lsa, 
iqtisodiyot shunchalik barqaror rivojlanishi to’g’risida ko’plab ta’riflar keltirilgan. 
Demak, soliqlar miqdori qanchalik kam bo’lsa, mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlanishi ko’rsatkichlari shunchalik yuqori bo’ladi.
Olimlarning tadqiqotlarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq 
yukini hisoblashning turli uslubiyatlarini keltirib o’tilgan. Soliq xarajatlari moddiy 
xarajatlar bilan deyarli bir ko’rinish hosil qiladi. Shuning uchun ham soliq 
yukining o’lchamlari va tarkibi masalasi soliq to’lovchilarning diqqat markazidagi 
masalalardan hisoblanadi. 
Quyida soliq yukini ilmiy tomondan hisoblashning quyidagi turlari bilan 
tanishib o’tamiz. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling