O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti “soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi


-chizma. Soliqlarning obyektiga ko’ra guruhlanishi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/26
Sana04.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1745073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ozbekiston respublikasida soliq yuki darajasini baholash mezonlari (1)

1-chizma. Soliqlarning obyektiga ko’ra guruhlanishi 
Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk saltanat 
barpo qilgan Amir Temur ham soliqlarga katta e’tibor qaratgan. U davlatni idora 
qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. O‘sha davrning dav-
lat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni 
boshqarishdagi barcha jihatlariga uzviy bog‘langanligi bilan tubdan farq qilib 
turgani va ayni shu xususiyatga ko‘ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari 
orasida markaziy o‘rinni egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon 
bo‘lmoqda. Ammo soliq munosabatlari haqida qancha rivoyatlar aytib o‘tilmagan 
bo‘lsin, uning mohiyati aholi soliq to‘loviga nisbatan faqat o‘z mohiyatini 
Soliqlarni ob’ektiga qarab guruhlanishi
Oborotdan 
olinadigan soliqlar 
Daromaddan 
olinadigan
soliqlar 
Mol-mulk 
qiymatidan 
olinadigan
soliqlar 
- qo’shilgan qiymat solig’i; 
- aktsiz solig’i; 
- bojxona to’lovlari; 
-
transport 
vositalariga 
benzin, dizel yoqilg’isi va 
gaz ishlatganlik uchun 
olinadigan soliq 
- yuridik shaxslarning 
mol-mulkiga 
solinadigan soliq; 
- jismoniy 
shaxslarning mol-
mulkiga solinadigan 
soliq; 
- yuridik shaxslardan 
olinadigan yer 
solig’i; 
- jismoniy shaxslardan 
olinadigan yer 
solig’i
- yuridik shaxslardan 
olinadigan foyda 
solig’i; 
- jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad 
solig’i; 
- obodonlashtirish va 
ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantiish solig’i 


11 
xazinada topgan. Xazina har qanday tizimda ham davlatni boshqarish vositasi 
bo‘lib xizmat qilgan. Bunday vosita nafaqat davlatni boshqarishda, balki shuning 
bilan birgalikda aholi manfaatlarini qondirishda namoyon bo‘lgan. Natijada, xazina 
taqsimoti taraqqiyot tayanchi bo‘lib xizmat qilgan. 
Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiboran olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar 
ozod va erkin bo‘lmagan kishining belgisi bo‘lib xizmat qilgan. Adam Smit 
(shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790) o‘zining «Xalqlar boyligining 
sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab 
berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to‘lash qullik emas, balki 
erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.
N.Turgenev o‘zining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818yil) 
shuni ta’kidlaydiki, «Bilimli bo‘lishning muvaffaqiyatlari ularning xalqlar urf 
odatlariga foydali ta’siri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga ham 
ta’sir etgan», «…soliqlar bilimga ega bo‘lish bilan birga paydo bo‘lib, uning 
belgisi bo‘lib qoldi. ….Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yig‘ilish usuliga 
qarab xalq orasida tarqalgan ma’lumotlar to‘g‘risida; yig‘iladigan soliqlar 
miqdoriga qarab uning boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va 
ma’rifatni anglatadigan ikkita eng asosiy xususiyatdir» bu so‘zlardan yana bir bor 
amin bo‘lish mumkinki, soliqlar qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, 
davlatning paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan. Soliqlar davlat organlarini 
ta’minlash va ular oldida tutgan vazifalarni bajarilishini moddiy ta’minlashning 
manbasi sifatida xizmat qilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va 
funktsiyalari yangicha xususiyatlarga ega bo‘ldi. Lekin soliqlarning davlatni va 
uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o‘zgarmay qoldi.
Shu o‘rinda soliqlarga turli iqtisodchilar tomonidan berilgan ta’riflarni keltirib 
o‘tish o‘rinlidir. «Soliqlar, - deb yozadi D. Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib 
tushadigan er mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir-
oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to‘lanadi».
4
4
Рикардо Д. Сочинения т. И. «Начало политической экономики и налогового обложения». Пер. с англ. - 
М.: Госполитиздат, с.360. 


12 
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, D.Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, o‘z 
navbatida A.Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma’lum darajada 
rivojlantirgan. 
Yana bir maqbul ta’rif S.Pepelyaev tomonidan berilgan: «Soliq - ommaviy 
hokimiyat sub’ektlarining to‘lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida jismoniy va 
yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda
holisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va 
jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bo‘lmagan qonunda belgilangan yagona 
shaklidir».
5
Masalan, professor D.Chernikning fikricha «Soliqlar — davlat tomonidan 
xo‘jalik sub’ektlari va fuqarolardan qonuniy tartibda o‘rnatilgan stavkalarda 
undirib olinadigan majburiy yig‘imlarni o‘zida aks ettiradi».
6
Soliqlar 
iqtisodiy 
mohiyatiga, 
to’lovchi bilan davlatning o’zaro 
munosabatlariga bevosita yoki bilvosita bog’liqligiga ko’ra to’g’ri va egri 
soliqlarga bo’linishiga doir zamonaviy yondashuvga muvofiq, to’g’ri soliqlar 
to’g’ridan-to’g’ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning 
bevosita shakli). Tovarning bahosida to’lanadigan yoki tarifga kiritiladigan tovarlar 
va xizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi: 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling