O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti “soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi


Bitiruv malakaviy ishi ob’ekti va predmeti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/26
Sana04.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1745073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ozbekiston respublikasida soliq yuki darajasini baholash mezonlari (1)

Bitiruv malakaviy ishi ob’ekti va predmeti. Bitiruv malakaviy ishining 
ob’ekti bo’lib mamlakatimizda soliq yuki va uni aniqlash mezonlari, iqtisodiyot 
tarmoqlari bo’yicha soliq yuki darajasi va uning taqsimlanish darajasi hisoblanadi. 
Hozirgi sharoitda iqtisodiyot va ayrim xo’jalik sub’ektlari zimmmasidagi 
soliq yukini aniqlash jarayoniga doir moliyaviy munosabatlar bitiruv malakaviy 
ishining predmeti hisoblanadi. 
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy 
ishining asosiy maqsadi mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarida soliq yukining 
amaldagi holatini o’rganish va tarmoqlar bo’yicha soliq yukini bir xillashtirish 
yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Shu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: 

soliqlarning ob’ektiv zarurligi va soliq yukining ilmiy-nazariy asoslarini 
o’rganish; 

soliq yuki darajasi va uni aniqlashning nazariy asoslarini tadqiq etish; 




mamlakatimizda soliq yuki darajasini baholashning amaldagi holatini 
o’rganib chiqish; 

xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bo’yicha soliq yukini tahlil qilish; 

soliq sub’ektlari o’rtasida soliq yuki taqsimlanishidagi mavjud muammolarni 
aniqlash va ularni bartaraf etish yo’llarini o’rganish; 

xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini maqbullashtirilishi 
yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv 
malakaviy ishi mavzusini tadqiq etish natijasida chiqarilgan xulosalar hamda 
ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyot 
tarmoqlari bo’yicha soliq yuki darajasini aniqlash va uning taqsimlanishini 
maqbullashtirishda, soliq siyosati kontseptsiyasini ishlab chiqishda va ustuvor 
yo’nalishlarini belgilashda foydalanish mumkin. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling