O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti “soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/26
Sana04.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1745073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ozbekiston respublikasida soliq yuki darajasini baholash mezonlari (1)

Bitiruv malakaviy ishi tarkibi kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan 
adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 
Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqot 
ob’ekti va predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy va amaliy ahamiyati kabi 
masalalar etarlicha bayon etilgan.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida iqtisodiyotni modernizatsiyalash 
sharoitida soliq yukini aniqlashning nazariy-uslubiy asoslari bayon etilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning 
soliq yukini aniqlashning amaldagi holati Kitob tuman DSI ma’lumotlari asosida 
tahlil etilgan.
Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida iqtisodiyotni modernizatsiyalash 
sharoitida soliq yukini kamaytirish masalalari tadqiq etilgan. 
Bitiruv malakaviy ishining xulosa va takliflar qismida tadqiqot natijasida 
xulosalar keltirilgan va takomillashtirish yuzasidan taklif tizimi ishlab chiqilgan. 



1-BOB. IQTISODIYOTNI 
MODERNIZATSIYALASH 
SHAROITIDA 
SOLIQ 
YUKINI 
ANIQLASHNING 
NAZARIY-USLUBIY 
ASOSLARI. 
1.1 Soliqlarning ob’ektiv zarurligi va soliq yuki borasidagi ilmiy-
nazariy qarashlar. 
Ma’lumki soliqlar insoniyat tarixida qadimdan katta munozaralarga sababchi 
bo’lib kelmoqda. Chunki soliqlar davlat byudjetining muhim daromad manbai 
hisoblanadi va davlat bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni ta’minlaydi. 
Soliqlar muammosi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy 
islohotlar amaliyotidagi eng qiyin va murakkab muammolardan biri hisoblanadi. 
Bir tomondan soliqlar tizimi bugungi kunda ko’p munozaralarga sabab 
bo’layotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan soliqlar bevosita bozor munosabatlarining 
muhim dastaklaridan biri bo’lib, iqtisodiy islohotlarning ijobiy natijasi ko’p 
jihatdan ularga bevosita bog’liq. 
Prezidentimiz I.Karimov tomonidan “avvalo soliq tizimi o’ziga xos vazifani-
fiskal, qayta taqsimlash va rag’batlantirish vazifasini to’la darajada bajarishi 
kerak”
2
bildirilgan fikrdan kelib chiqadigan bo’lsak, hozirgi kunda soliq tizimini 
bajara olishi lozim bo’lgan funktsiyalarni amaldagi ifodasi sanaladi. 
Ma’lumki, soliqlar - qonun bilan belgilangan, muayyan miqdorlarda 
undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega 
bo’lgan, byudjetga yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlaridir
3
. Soliqlarning 
majburiylik xususiyatiga ega bo’lishi ularni undirishda huquqiy munosabatlarni 
keltirib chiqaradi. Shu jihatdan, uni huquqiy tomondan ko’rib chiqadigan bo’lsak, 
soliq undirish soliq to’lovchining xususiy mulkining bir qismini davlat xazinasiga 
berishdir. Ya’ni, bu degan so’z, soliq faqat iqtisodiy tushuncha bo’libgina qolmay, 
shu bilan birga huquqiy kategoriyadir, shuning uchun, soliq tabiatini tushunishning 
2
Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. –T.: O’zbekiston, 1998, 358-bet.
3
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, 12-modda. 



qiyin tomoni ham, uni bir vaqtning o’zida borliqning haqiqatda iqtisodiy, xo’jalik 
va siyosiy tomonlarini o’z ichiga olganligidir. 
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo’lishi va 
uni faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog’liqdir. Davlatning bajaradigan 
funktsiyalari va vazifalari ko’p bo’lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan 
ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar 
yo’qola borsa, yangi vazifalar paydo bo’la boshlaydi. Bularga bizning 
respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish, bozor 
iqtisodiyoti infratuzilmasini tashkil qilish kabilar kiradi. Davlat kuchli ijtimoiy-
siyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar, talabalar, ko’p bolali onalar 
va boshqalarni mablag’ bilan ta’minlash zarurligini anglab, ayrim cheklangan 
tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va undan tashqari 
mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar 
ko’rsatadi. Shu bilan birga, davlat jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash 
maqsadida o’zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga ham 
mablag’lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda 
tartib-intizom o’rnatish, uni boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun ham ko’plab 
mablag’ yo’naltirishga majburdir. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning 
majburiyligi ular uchun manba bo’lgan soliqlarni ob’ektiv zarur qilib qo’yadi. 
Soliqlar majburiy to’lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi. Bu 
munosabatlar soliq to’lovchilar bilan ularni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat 
o’rtasida bo’ladi. Davlat uchun byudjet daromadlarining asosiy manbai 
hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega. Davlat faoliyatining barcha 
yo’nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat 
ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini 
tartibga solish va mukammallashtirish moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam 
beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat 
byudjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu 
jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Davlatning 
mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog’liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar 



davlat 
iqtisodiy 
mustaqilligining 
asosiy 
manbai 
hisoblanadi. 
Bozor 
munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy 
faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli hisoblanadi. 
Soliqni to’lash xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va fuqarolar bilan davlat 
o’rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. 
Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki soliqlar 
byudjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bo’libgina 
qolmay mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga, ishlab chiqarishni 
rag’batlantirishda investitsiyalarni ko’paytirishga, raqobatbardosh mahsulotni 
ko’paytirishga, kichik biznesni rivojlantirishga, xususiy korxonalar ochish bilan 
bog’liq bo’lgan bozor infrastrukturasini barpo qilishga, umumdavlat ehtiyojlarini 
qondirishga va shu kabilarga xizmat qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o’zining ichki va tashqi vazifalarini, har 
xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur 
bo’lgan mablag’larning asosiy qismini soliqlar orqali to’playdi. Jumladan, soliqlar 
respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy 
dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to’lovchi shaxslarning tadbirkorlik 
faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo’lgan 
intilishini rag’batlantiradi, narx belgilashga ta’sir ko’rsatadi, aholining turmush 
darajasini tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida esa aholining kam 
ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi. 
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o’rtasida 
vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to’lovlarga asoslangan moliyaviy 
munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy 
xarakterga ega bo’lib, milliy daromadning bir qismi bo’lgan pul mablag’larini 
davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.
Soliqlar boshqa iqtisodiy kategoriyalar kabi o’ziga xos belgilarga ega. 
Soliqlarning belgilari soliq to’lovchi va undiruvchi o’rtasidagi majburiy moliyaviy 
munosabatlardan kelib chiqib, ularni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajratib 
turishga xizmat qiladi: 


10 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling