O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti “soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi


-chizma. Soliqlarni iqtisodiy mohiyatiga ko’ra guruhlanishi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/26
Sana04.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1745073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
ozbekiston respublikasida soliq yuki darajasini baholash mezonlari (1)

 
2-chizma. Soliqlarni iqtisodiy mohiyatiga ko’ra guruhlanishi 
5
Основы налогового права. С.Г.Пепеляев. Москва, 1995, 24-бет 
6
Черник Д.Г. «Налоги в рыночной экономике ». - Финансы, 1992, №3 стр. 19.
Soliqlarni iqtisodiy mohiyatiga 
ko’ra guruhlanishi
To’g’ri soliqlar
Egri soliqlar
- yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i; 
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig’i; 
- obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantiish solig’i va boshqalar 
qo’shilgan qiymat solig’i; 
- aktsiz solig’i; 
- transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va 
gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq; 
- bojxona to’lovlari va boshqalar 


13 
Soliqlarning iqtisodiy ahamiyati deganda quyidagi jihatlarga e’tiborni 
chuqurroq qaratish talab etiladi: soliqlardan faqat byudjetni to’ldiruvchi asosiy 
manba sifatidagina foydalanib, uning fiskal xususiyatlarini xaddan ziyod oshirish 
ijobiy natijalarga olib kelmasligi mumkin. Shuning uchun soliqlarning 
rag’batlantiruvchilik funktsiyasidan ham kengroq foydalanish, korxonalar 
zimmasidagi soliq yukini maqbul darajada kamaytirish barqaror soliq-byudjet 
munosabatlarini qaror topishiga asos bo’ladi.
Darhaqiqat, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek “Soliq tizimini 
o’zgartirishda asos qilib olingan bosh tamoyil – korxonalar zimmasidagi soliq 
yukini kamaytirishdir”. Bildirilgan bu fikrda avvalo, korxonalar uchun belgilangan 
amaldagi soliq tizimini o’zgartirish zarurligi qayd etilgan. Shuni ta’kidlash 
lozimki, “islohotning ikkinchi bosqichida iqtisodiy barqarorlikni va tarkibiy 
o’zgarishlarni ta’minlash birinchi navbatdagi vazifaga aylangan chog’da soliq 
tizimi birinchi galda rag’batlantiruvchanlik vazifasini bajarishi kerak”.
Soliq tizimining qo’yilgan rag’batlantirish vazifasi uch qismda bayon etilgan. 
 ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag’batlantiruvchi ta’sir o’tkazish; 
moddiy xom-ashyo, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali 
foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatish; 
 to’plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir 
ko’rsatish. 
Soliq tushumlarining soliq stavkalari va soliq bazasiga bog’liqligi xorijiy va 
respublikamiz olimlari tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Bunday tahlillardan biri 
XX asrning 70-80 yillarida Amerika iqtisodchisi A.Lafferning “Byudjet 
kontseptsiyasi” hisoblanadi. Ushbu kontseptsiyada soliq bazasining soliq stavkasi 
oshishiga hamda byudjet daromadlarining soliq yukiga bog’liqligi tadqiq etiladi. 
Kuzatuvlarga ko’ra, “soliq yuki”ning og’irlashuvi faqat ma’lum bir chegaragacha 
byudjet daromadlarining ko’payishiga olib kelishi mumkin. O’z navbatida soliq 
stavkasining oshishi ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga ta’sir ko’rsatadi. 
Ma’lum bir chegaraga etgandan so’ng soliq stavkasining oshirilishidan qat’iy nazar 


14 
soliq tushumlarining o’sishi emas, balki aksincha qisqarishiga olib keladi
7

Shuning uchun korxonalarga soliq yukini maqbul bir holatga keltirish kerakki, 
bunda korxonalar faoliyatining rivoji va byudjet daromadlarining me’yoriy 
chegarasi buzilmasin. 
Respublikamizda ham soliq tizimi tahlilining matematik asoslari A.Nazarov, 
M.Ibragimov va X.Muxitdinov tadqiqotlarida amalga oshirilgan
8
. Mazkur 
olimlarimizning oziq-ovqat mollari bozori statistik ma’lumotlari asosidagi 
tadqiqotlarida Laffer funktsiyasi tadbig’i o’rganilgan. Tadqiqotlarda alkogolli 
ichimliklar va tamaki mahsulotlari ijtimoiy nomaqbul tovarlar sifatida qabul 
qilingan. Chunki ushbu mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan hisobga 
olinmagan tashqi xarajatlarni – ya’ni jamiyat xarajatlarini keltirib chiqaradi. 
Jamiyat xarajatlari – sog’liqni saqlash, jamoat tartibini saqlash hamda ish vaqtining 
yo’qotilishi, mehnat unumdorligini pasayishi kabi holatlar bilan bog’liq 
xarajatlardir. Xuddi shunday salbiy tashqi samaralarni bartaraf etish uchun mazkur 
tovarlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilishda soliqqa tortishdan foydalaniladi. 
(Masalan, alohida tovarlar uchun aktsiz solig’ini qo’llash ularning iste’molini 
cheklashga qaratiladi). 
Soliq tushumlarining eng yuqori chegarasini topishda talab va taklif 
funktsiyalarining o’zaro muvozanat nuqtasidan ham foydalaniladi. Buning uchun 
ixtiyoriy mahsulot uchun talab va taklif funktsiyalarining matematik ifodasi 
shakllantiriladi. 
1. Narx (P
D
)ga nisbatan mahsulot hajmi (Q
D
)ga talab funktsiyasi quyidagicha 
ifodalanadi:











D
D
D
D
Q
W
Q
P
P
W
W
Q
*
*
)
(
*




7
Yuldashev I. Soliq va soliqqa tortish. -T.: Fan va texnologiyalar. 2007. 46-bet 


15 
2. Narx (PS)ga nisbatan taklif hajmi (QS) funktsiyasi quyidagicha ifodalanadi: 









)
1
(
)
(
t
Q
P
tP
P
Q
S
S
S
S


3. Funktsiyalarning muvozanat nuqtasi: 
)
1
(
*
*
)
(
t
Q
Q
W
Q
S
D






4. Soliq tushumining maksimallashuvi funktsiyasi: 
Q
P
t
T
*
*

max 
Bu erda: 





- alohida parametrlar; 
W– o’rtacha ish haqi; 
P – tovar narxi; 
t – t- turdagi soliqning tovar qiymatidagi umumlashgan stavkasi.
Elastiklik nazariyasining talab va taklif chizig’iga tadbig’i, soliq yukini 
xaridor va sotuvchi o’rtasida qanday taqsimlanishini tahlil etishga imkon beradi. 
Faraz qilaylik, davlat bir birlik tovar uchun t miqdorda soliq belgilasin. Natijada 
taklif chizig’i S
0
da S
1
ga siljiydi. 
Chizmadan ko’rinadiki, soliq xaridor va sotuvchi o’rtasida to’liq 
taqsimlanmaydi. Ya’ni ortiqcha soliq yukini hosil qiladi. Ushbu ortiqcha yuk “o’lik 
yuk” deb nomlanadi va jamiyat uchun sof yo’qotish hisoblanadi.
8
S.G’ulomov va boshqalar “Mikroiqtisodiyot”. T.: “Sharq”. 2001 97-bet. 


16 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling