Agar boshqa omillarni ham, masalan, inflatsiyani hisobga olsak, unda bu kapitalni riskli joylashtirish bo‘lib, oldindan yo‘qotishga olib keladi.
145
7.3. Investitsiya risklarini baholash
= ( ) formulani turli davrlar uchun qo‘yilmalardan foydani
hisobga olgan holda umumlashtirilgan shaklda ifodalash mumkin. Masalan, R qo‘yilma birinchi yil oxirida R1 daromad, ikkinchi yilning oxirida R2 daromad bersa va hokazo, u holda umumiy formulani quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin (ichki rentabellik me’yori):
7.3.1-misol. 3000 sh.b. lik boshlang‘ich qo‘yilma amalga oshirilib, unga ko‘ra birinchi yil oxirida 2000 sh.b., ikkinchi yil oxirida 1400 sh.b. va uchinchi yil oxirida 1000 sh.b. foyda olinadi. Ichki rentabellik me’yorini (7.3.1) formula bo‘yicha hisoblash mumkin:
2000 1400 1000
3000= + +
(1+ ) (1+ ) (1+ )
Ushbu tenglamani kompyuterda yechish i = 0,26 qiymatni beradi. O‘z navbatida, ichki rentabellik me’yori 26% ni tashkil etadi, bu ichki rentabellik me’yorining eng yaxshi ko‘rsatkichi sanaladi.
7.3.2-misol. Har xil investitsiya variantlarini qiyosiy tahlil qilish kerak. Ko‘rib chiqilayotgan loyihalarning har biri 1 mln sh.b. miqdorda boshlang‘ich kapital joylashtirilishini talab qiladi. 7.3.1-jadvalda to‘rt yil uchun foyda miqdori haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |