“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel
163
Zamonaviy amaliyotda pektin nurlanish kasalliklari, oshqozon-ichak trakti va boʻgʻimlar
kasalliklarini davolashda samarali hisoblanadi[3].
Keyingi yillarda mamlakatimizda oʻsimliklardan ajratib olingan fiziologik faol moddalardan inson
salomatligini saqlash,
davolash, kasalliklarni oldini olish, qishloq xoʻjaligi
ekinlarni va hayvonlarini
zararkunanda va kasalliklardan saqlash maqsadida keng foydalanilmoqda.
Hozirgi vaqtga kelib aniqlanishicha, tirik organizmlarning
hayot faoliyati uchun faqat
makromalekulalar barcha xossalari bilan javob bera oladi, bundan tashqari, dastlab yerda umuman hayot
hosil boʻlishiga yuqori molekulyar birikmalarni hosil boʻlishi bilan bogʻlash mumkin.
Pektin moddalar oʻsimliklarning yuqori molekulali uglevodlari polisaxaridlar boʻlib, ular asosan
(83-90%) oʻzaro glikozid tipida birlashgan D-galakturon kislota qoldiqlaridan,
qisman galaktan, araban
va boshqa moddalardan tashkil topgan.
Pektin moddalari – yuqori molekulyar moddalar boʻlib, polisaxaridlar oilasiga kiradi.
Ularning
molekulyar massalari 20000 dan 200000 dalton oraligʻida boʻladi. Yuqori molekulyar polugalakturon
kislotalar, metal spirti bilan efirlangan karboksil guruhlarning kichik qismi pektin kislotalar deb ataladi.
Ularning tuzlari esa normal yoki nordon pektinlar deyiladi.
Pektinlar uglevodlardan galakturon kislota qoldiqlarini 1-4 glikozid tipida birikishidan boʻlgan
polimerdir. Ular suvda eriydi va eritma sovitilsa quruq massa – jelega aylanadi[4].
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, pektin moddasini oʻrganish natijasida meva va sabzavotlar
tarkibidagi moddalarni toʻlaqonli oʻrganish va solishtirish natijasida tahlil qilish imkoniyati tugʻildi.
Masalan, oʻrganilgan olma pektin moddasining molekulyar massasi sabzidagi pektin moddasining
molekulyar massasiga nisbatan ancha katta ekanligini va uning qovushqoqligi
ham yuqori ekanligini
koʻrishimiz mumkin boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: