O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet179/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

Xulosa. Kuzgi yumshoq bug‘doy navlarining azotli oziq moddalarga bo‘lgan talabi oshgan to‘liq 
boshoqlashi boshlanganda barglari orqali karbamid eritmalari bilan oziqlantirishning don hosildorligiga 
ta’siri yuqori bo‘lib navlariga va qo‘llanilgan karbamid eritmalari me’yorlariga bog‘liq holda karbamid 
eritmasi fizik holda 40 kg/ga qo‘llanilganda karbamid qo‘llanilmagan nazorat variantidagiga nisbatan 
4,7-4,3 s/ga yuqori bo‘ladi.
Adabiyotlar
1. Azizov B.M. Kechki azotli oziqlantirishni kuzgi bug‘doy don hosili va sifatiga ta’siri. //Agrar 
fan xabarnomasi jurnali. –T., -№4(34), -2008. –B. 7-10
2. Dospexov B.A. Metodika polevogo opыta (s osnovami statisticheskoy obrabotki rezultatov 
issledovaniy) –M. “Kolos”. -1979 -416s
3. Karandashev L.G., Vliyanie mochevinы na kachestvo zerna, urojay i obmen veщestva ozimoy 
pshenisы. Avtoreferat. kand. diss. –M.; -1966. -18s
4. Siddiqov R. Bug‘doy boshoqlaganda // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali. –T.; -№9. -2009. –
B. 21-22


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish 
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
174 
ATRIPLEX TURKUMI POLIMORF TURLARI matK VA rbcL GENLARI 
AMPLIFIKATSIYASI UCHUN PRAYMERLAR TANLASH
Magistrant Qurbonov.K.Ch M12-20, Prof. Toshmuhamedov.M.S 
100125 O’zFA Bioorganik kimyo instituti, Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek ko’chasi 83-uy
 
Ayrim o’simliklarni sistematik birliklarga mansubligini aniqlashning an’anaviy usullari 
yordamida morfologik tuzilishi asosida polimorf turlarni tadqiq qilish ularni noto’g’ri 
klassifikatsiyalashga olib kelishi mumkin. An’anaviy floristik va sistematik usullar hamda laboratoriya 
sharoitida turlarni morfologik belgilari bo’yicha identifikatsiya qilish o’simlik turlarining xilma-xilligini 
o’rganishda bir muncha qiyinchiliklar tug’dirmoqda. Zamonaviy molekulyar biologik usullar yordamida 
polimorf turlarni DNK markerlari (barkod genlar) orqali aniqlash bugungi kundagi molekulyar 
sistematika oldida turgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. 
Yopiq urug’li o'simliklarning xloroplast plazmid genomi 120-160 ming nukleotid juftidan iborat 
aylana shaklidagi plazmid tuzilishga egadir. Xloroplast plazmid genomlarining umumiy tuzilishi katta 
o’ziga xos qismi Large single-copy (LSC) va kichik o’ziga xos qismi Small Single-copy (SSC) bilan 
ifodalanadi, teskari takrorlangan juftliklar Inverted repeats (IRa va IRb) qismlari kiradi[1,3]. 
Xloroplastning LSC qismida joylashgan maturaza K geni (matK) va ribuloza 1,5-bifosfat 
karboksilaza (rbcL) genlari, ikki lokusli barkod markerlari (rbcL+matK) kombinatsiyasi sifatida ko'plab 
tadqiqotlarda asosiy nomzod genlar hisoblanadi. Xloroplastning marker genlaridan biri rbcL oqsil 
kodlovchi hududi asosiy barkod sifatida qabul qilingan[1,4]. 
Xloroplast genlari orasida rbcL geni nikleotidlar ketma-ketligi eng yaxshi tavsiflangan genlardan 
biridir. rbcL genidan keng foydalanilishi tufayli molekulyar evolyutsiyasi turli jihatlardan batafsil 
o'rganilgan. Ammo turlarning yetarli darajada aniqlik bilan bir-biridan farqlash uchun rbcL geni uzunligi 
ya’ni 1430 juft nukleotiddan iboratligi, cheklovchi omil bo'lib xizmat qiladi, standart DNK barkod 
genlari turlarni aniqlash va tahlil qilish uchun qisqa bo'lishi kerak[1].
rbcL barkod geni uchun K. Vijayan va C. Tsou [1] a-F 5′-ATGTCACCACAAACAGA-
GACTAAAGC-3′, 
a-R 
5′-CTTCTGCTACAAATAAGAATCGATCTC-3′ 
va 
1F 
5′- 
ATGTCACCACAAACAGAAAC-3′, 724 R 5′- TCGCATGTACCTGCAGTAGC-3′ praymerlari 
tavsiya etilgan. 
Xitoy va Hindistonlik olimlar[1] ushbu to’plamdagi a-F va a-R praymerlari bilan barcha 
taksonomik bo’limlar uchun taxminan 550-600 juft nukleotiddan iborat rbcL genining PZR mahsulotini 
olish mumkinligini keltirib o’tadi. 1F praymerlari yordamida yopiq urug’lilar sinflarida taxminan 734 
juft nukleotid ketma-ketligidagi PZR mahsulotini aniqlagan. 



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling