“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel
33
OZIQ-OVQAT SANOATIDA ICHIMLIK SUVINING TUTGAN O’RNI VA OMMAVIY
SUV TANQISLIGINING OLDINI OLISHDA SAMARALI USULLARDAN FOYDALANISH
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali
bakalavr Soliyev A.D., ass.Norqulov J.F., ass. Kengboyev S.A.
Gigiyenik nuqtai nazardan toza suv hayot manbai, salomatlik hisoblanadi. Suv ovqat
mahsulotlarini to’qimalarga tarqatishda, teri va nafas yo’llaridan bug’ holatida chiqishi bilan ishtirok
etadi. Organizmdagi suv doimo yangilanib turadi: katta yoshli odamda 15 kun mobaynida, bolalarda
esa 3-5 kun ichida barcha suv molekulalari yangilanib oladi[1].
Dunyodagi barcha suvlar sho’r va chuchuk suvlarga bo’linadi. Sho’r suvlarga okean, dengiz
suvlari kiradi. Chuchuk suvlarga daryo, ko’l, suv ombori, kanal suvlari kiradi. Suvlar joylashishiga
ko’ra 2 xil bo’ladi:
1. Ochiq suv havzalari - daryo, ko’l, suv ombori, kanal.
2. Yer osti suv havzalari - grunt suvlari, qatlamlararo bosimsiz suvlar, qatlamlararo bosimli
suvlar.
Okean va dengiz suvlari sho’r bo’lganligi sababli, ular ichishga yaroqsizdir. Gigiyenik jihatdan
chuchuk suvlar ahamiyatlidir.
Organizm tarkibidagi 10% suvni yo’qotish modda almashinish jarayonlariga jiddiy ta’sir
ko’rsatadi. Havo harorati 30º C va undan yuqori bo’lganda 15-20 % suvning organizmdan chiqib
ketishi esa o’limga olib kelishi mumkin.
Bir kecha-kunduzda chanqoqni bosish uchun iste’mol qilinadigan suv miqdori kishi sarflaydigan
energiyaga bog‘liq tarzda 2,5-4 l ni tashkil etadi. Tabiiy suv bir-biridan kimyoviy tarkibi va
minerallanish xususiyatiga qarab farqlanadi. Tabiiy suv tarkibida erigan tuzlarning umumiy miqdori
bir necha 10 dan 1000 mg/l gacha yetadi.Odam organizmi bir kecha-kunduzda 20 gramgacha (2-5%)
mineral moddalarni ichimlik suvidan oladi. Mineral tuzlarni esa biz, asosan, ovqat tarkibidan olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |