O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvning organizm hayotidagi roli
- Asosiy qism Bunday holatni oldini olish uchun biz yomg`ir suvlarini teskari osmos hodisasi yordamida tozalab ichishga yaroqli qilmoqchimiz. Osmos
- Teskari osmos
“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 34 Suv almashinuvi haqida gapiradigan bo'lsak, shuni aytishimiz kerakki, tanaga kiradigan suv miqdori oziq-ovqat tarkibidagi erkin suyuqlik (suv, sharbat, sho'rva, jele) shaklidagi tarkibi bilan va barcha qattiq oziq-ovqat tarkibiy qismlari (non, don, go'sht, sabzavotlar) bilan ham kiradi. Suvning organizm hayotidagi roli uning qabul qilinishi energiya ajralib chiqishi bilan birga kechmasada, suv tananing barcha hayotiy ko'rinishlarida ishtirok etadi va organizmdagi barcha metabolik jarayonlar sodir bo'ladigan muhitdir. Qisqa qilib bu malumotlarni jamlaydigan bo'lsak, suv inson hayot faoliyatining normal ravishda kechishida o'zining boshqa mahsulotlar egallay olmaydigan o'rniga ega. Biroq so'nggi yillarda insonlar tomonidan ichimlik suvlarini betartib ravishda ishlatilishi natijasida ichimlik suvlarga bo'lgan ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Yaqinda olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatdiki, 2040-yilga kelib yer yuzining qator davlatlari suv tanqisligi bilan aziyat chekadi. Bu davlatlar qatorida O'zbekiston Respublikasi ham keltirilganligi achinarlidir. Asosiy qism Bunday holatni oldini olish uchun biz yomg`ir suvlarini teskari osmos hodisasi yordamida tozalab ichishga yaroqli qilmoqchimiz. Osmos (yunoncha, osmos — turtki, bosim) – erituvchining eritma bilan yoki konsentratsiyasi turlicha boʻlgan ikki eritma orasida qoʻyilgan yarim oʻtkazgichli parda orqali oʻtish hodisasi. Erituvchi (masalan, suv) osmos tufayli suyuqroq eritmadan quyuq eritmaga o'tadi. Osmos eritmalar konsentratsiyasi orasidagi farqni yoʻqotib, sistemani muvozanat holatiga keltirishga intiladi. Osmos jarayoni membranadan ajratilgan eritmalardagi konsentratsiyalarini tenglashtirishdagi suvning xususiyatiga asoslangan. Bu membrananing teshiklari shunchalik kichikki, ular orqali faqat suv molekulalari o'tishi mumkin. Agar biz idish olib uni ichiga yarim o`tkazgichli membrana joylashtirsak va idish ichiga suv quyib idish ichidagi suv sathini yarim o`tkazgichli membrana orqali ikkiga ajratib olsak, so`ngra ikkiga ajralgan suv qatlamini birinchi tomoniga biror bir eruvchi, masalan, osh tuzi (NaCl) solamiz. Ikkinchi tomonga esa birinchi tomonga nisbatan kamroq miqdorda osh tuzi solamiz. Biz diffuziya holatidan bilamizki, suv molekulalari bir joyda to`planib turmasdan hajm bo`ylab tekis tarqalishga harakat qiladi. Endi tajribaga qaraydigan bo`lsak birinchi idish ichidagi osh tuzi (NaCl) konsentratsiyasi ikkinchi tarafdagi osh tuzi konsentratsiyasidan yuqori. Demak bu holatda suv molekulalari kam konsentratsiya tomondan yuqori konsentratsiya tomonga intiladi. Suv molekulalari kichik bo`lganligi sababli yarim o`tkazgichli membranadan bemalol o`tib keta olishadi. Osh tuzi molekulalari esa nisbatan hajmi katta bo`lganligi sababli yarim o`tkazgichli membranadan o`tib keta olmaydi, ya’ni membrana teshiklariga sig`maydi. Bu holatda ikkinchi tarafdagi suv molekulalari birinchi tarafga osh tuzi konsentratsiyasi yuqori tomonga o`ta oladi, lekin ikkinchi tarafdagi osh tuzi molekulasi esa yarim o`tkazgichli membranaga sig`may to`silib qoladi. Natijada suv molekulalarining soni sath bo`ylab bir tekis tarqalmay konsentratsiya yuqori tomonda ko`p bo`ladi. Shu holat osmos deyiladi. Biz esa xuddi shu jarayonni teskarisiga aylantiramiz, y’ani teskari osmos. Teskari osmos – osmos jarayonining aks talqini bo`lib, konsentratsiya kam tomonga erituvchi(odatda suv)ning yarim o‘tkazgichli membrana orqali o`tishi hisoblanadi[2]. Bunday holda ham membrana erituvchining (suv) o'tishiga imkon beradi, lekin unda erigan ba'zi (NaCl) moddalarga yo'l qo'ymaydi. Osmos hodisasida erituvchining ichki bug` bosimi katta tomondan kichik tomonga membranadan o`z-o`zicha o`tadi. Teskari osmos jarayonida konsentratsiya katta tomonda eritma bosimi ko`rsatgichi osmos bosimi ko`rsatgichidan bir necha barobar tashqi ta’sir (nasos) yordamida oshiriladi natijada erituvchi konsentratsiya katta tomondan kichik tomonga ya’ni tozasuv tomon o`ta boshlaydi, bu hodisa teskari osmos hodisasining asosini tashkil qiladi. Ya’ni birinchi idishdagi konsentratsiya yuqori va suv molekulalari ko`p bo`lgan tomonga tashqi ta’sir (nasos yordamida) ettirib konsentratsiyasi past tomonga kuch yordamida suv molekulalari o`tkaziladi. Bunda konsentratsiya yuqori tomonga tashqi ta’sir ettirilganda suv molekulalari bosim ostida ikkinchi tarafga yarim o`tkazgichli membranadan o`tib joylashadi. Osh tuzi (NaCl) molekulalari esa nisbatan katta bo`lganligi sababali yarim o`tkazgichli membranadan o`ta olmay birinchi tarafda qolib ketadi. Natijada ikkinchi tarafda suv molekulalari ko`p boladi, shu bilan birga membrana suvda erigan kislorod molekulalarini ham o`tkazadi. Bu esa suvni sifatini yaxshilaydi [3]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling