O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 139 DONINING TEXNOLOGIK XOSSALARI VA UNDAN SIFATLI VA EKOLOGIK TOZA MAHSULOT OLISH TEXNOLOGIYASI Xolmurodova Z.D., magistr Jo‘raeva M.Z. Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti G‘alla yetishtirish madaniyati takomillashib bormoqda, respublikamizning murakkab iqlim sharoitiga moslashgan yangi, serhosil bug‘doy navlarini yaratishiga qaratilgan seleksiya ishlari yaxshilanmoqda, yetishtirilayotgan donning sifati va iste’mol xususiyatlari ham sezilarli darajada oshib bormoqda. Bugun barchamiz qishloqda ishlab chiqarish va mulkchilik munosabatlarini isloh qilish, dehqon mehnatini rag‘barlantirish naqadar ulkan samara berishni g‘allachilik sohasi misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Respublikamizning janubiy hududlarida ob-havoning muntazzam o‘zgarib turishi, ba’zi deqonchilik yillarida tabiat va iqlim qiyinchiliklari g‘allakorlar irodasini sinovdan o‘tkazmoqda. Ana shunday iqlim sharoitlarida ham g‘alla yetishtirish, g‘alladan mo‘l hosil olish, unib chiqqan g‘alla hosilini talofatlarsiz voyaga yetqazish va kerakli hosil olishga tayyorlash g‘allakorlarimizga ulkan mas’uliyat yuklab kelmoqda. Bu borada eng avvalo hudud iqlim sharoitiga mos urug‘ navlarini tanlash, ularni dehqonlarimizga yetkazib berish soha izlanuvchilari mas’uliyatini oshirmoqda. Bunga davrning o‘zi ham imkoniyatlar yaratib bermoqda. Bugun mamlaktimiz g‘alla mutaqilligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bu borada, eng avvalo, mehnatkash xalqimizning zahmati inobatga olinsa, so‘ng bu borada olimlarimiz yaratayotgan yangi-yangi navlarning hissasi e’tirof etiladi. Bu esa tabiiyki Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek “…. Biz 33 milliondan ortiq aholimizni o‘z donimiz, o‘z beminnat nonimiz bilan to‘la ta’minlabgina qolmasdan, balki chet elga g‘alla eksport qiladigan mamlakatga aylandik...” Eng asosiysi, g‘alla mustaqilligiga erishish O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligiga ham bevosita daxldor edi. Yurtimizda g‘alla yetishtirish salmog‘ining yildan yilga oshib borishi, hosildorlikning yuksalish omillari bilan tahlil qilinadi. Respublikamizda iqtisodiy muammolarni hal qilishda barcha sohalardagi kabi, donni qayta ishlash sanoatida ham yuqori sifatli don mahsulotlarini ishlab chiqarish, bunda zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Xalq xo‘jaligi oldida oziq-ovqat sanoati texnologiyasini rivojlantirishdek vazifa turibdi. Un, yorma va omuxta yem mahsulotlarini ishlab chiqarish xalqning bu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, donni saqlash va uni qayta ishlash korxonalari istiqboli bilan bog‘liqdir. Don yetishtirish va uni qayta ishlash qadim zamonlardan buyon inson hayotida muhim o‘rin tutgan. Don tirik organizm zhtiyoji uchun doimiy zarur bo‘lgan kraxmal, oqsil, vitamin va boshqa biologik faol moddalarning tabiiy manbai hamdir. Yetishtirilgan hosilni nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish, saqlash, uni qayta ishlab iste’molchilarga sifatli tayyor mahsulotni yetkazib berish hozirgi zamonda ilg‘or fan va texnika yutuqlaridan oqilona foydalanishni, zamonaviy texnika va texnologiyalardan o‘z joyida hamda to‘g‘ri foydalana bilishni taqozo etadi. Ayniqsa, un ishlab chiqarish texnika va texnologiyasini takomillashtirish mahalliy donlardan sifatli un mahsulotlarini olish, bugungi kunning dolzarb masalasidandir. Non qadimdan inson ozuqasining asosini tashkil qilgan. Shu sababli, donni qayta ishlab un olish jamiyatidagi oziq-ovqat resurslarini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Don – inson uchun berilgan eng aziz va betakror ne’mat. U xalqimizning rizq-ro‘zi, dasturxonimiz ko‘rki bo‘lgan aziz nonimizning qimmatli xom ashyosidir. Boshoqli dondan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari (non, yorma, makaron va boshqalar) inson hayoti uchun zarur bo‘lgan muhim iste’mol mahsulotlarini tashkil qiladi. Bundan tashqari, boshoqli, dukkakli va moyli o‘simliklarning doni va urug‘i inson hayotida juda katta muhim rol o‘ynaydi. Dunyoda oziq-ovqat iste’moli bo‘yicha tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, 50% oqsil moddalari, 70% uglevodlar va 15% yog‘ moddalari don va urug‘lardan olinadi. Jahon miqyosida ko‘p asrli tajriba shuni ko‘rsatadiki, donni saqlash katta va murakkab ish. Yer yuzida don va dondan olingan mahsulotlarning yetishmasligiga qaramasdan, ularning ancha qismi saqlash davrida nobud bo‘ladi va natijada qishilar talabini qondirishgacha yetib bormaydi. Mahsulot sifatini oshirish dolzarb muammolar qatoriga kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling