O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


-kg nisholda tayyorlash uchun kerak bo’ladigam xomashyolar


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet171/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

24-kg nisholda tayyorlash uchun kerak bo’ladigam xomashyolar 
 
T/r 
Mahsulot nomi 
Miqdori 
O'lchov 
birligi 
Nisholdaning qiyomi uchun sarflanadigan mahsulotlar 

Shakar 
20 
kg 

Suv 

litr 

Vanilin 
3-5 
gramm 
Nisholdaning ko'pigi uchun sarflanadigan mahsulotlar 

Yetmak ildizining qaynatilgan suvi 

litr 

Tuxum (oqi) 
5-6 
dona 


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish 
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
165 
Tayyorlash usuli: 
Yetmak ildizi yuvib, maydalanadi va idishga suv bilan birgalikda solib qaynatiladi. Tayyor 
qaynatma setkadan o‘tkazilib, suvi olinadi. Nisholda asosan misqozonda tayyorlanadi. Shuning uchun, 
sovitilgan qaynatma, shu qozonga solinadi va tuxum oqi bilan ko‘pirtiriladi. Ko'pirtirish maxsus 
yasalgan chilcho‘plar yordamida amalga oshiriladi. Ko'pirish jarayoni 55-60 minut davom etadi. 
Shakar qiyomini tayyorlash uchun, 20 kg shakarga 6 l suv solinadi. Shakar eriguncha muntazam 
aralashtirib qaynatiladi, qaynash jarayoni 55-60 minut davom etadi. Nisholdani ko'pirtirish va qiyom 
tayyorlanish jarayoni bir vaqtda yani parallel tarzda olib boriladi. Buning uchun o‘rtacha mis qozonga 
tuxum oqi bilan yetmak suvini solib, tut yoki behi shoxlaridan tayyorlangan chilcho‘pda yaxshilab 
ko‘pirtiriladi. Unga asta-sekinlik bilan qiyomni solib, hamma masalliq birgalikda yaxshilab 
aralashtiriladi. Arashlashtirish jarayoni 30-40 daqiqa davom ettiriladi. Tayyor bo‘lgan nisholdani 
sovitib, yana bir marotaba aralashtirasiz, shundan so‘nggina nisholda tayyor bo‘ladi. 
Bu nisholda azaldan yeb kelingan milliy shirinlik. Nisholda tarkibida yetmak degan o‘simlik ildizi 
bor. Nisholda ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaydi, ichaklarni tozalaydi. Oshqozon yarasi kasalligi bor 
insonlar uchun juda foydali. Bu Abu Ali ibn Sinoning “Tib qununlari” kitoblarida ham aytib 
o`tilgan[2,3]. 
Yetmakning o‘zini ko‘pirtirib, sovun qilib ham ishlatish mumkin. Uni bir litr suvga solib, yarmi 
qolgunicha yaxshilab qaynatiladi. Keyin uni qo‘lingizga olib ko‘pirtirib, ishlatsa bo‘ladi. 
Har bir odamning organizmida har xil ovqat qoldiqlari bo‘ladi. Siz har kuni qo‘lingizni yuvib 
yurasiz, lekin oshqozoningizni yuvolmaysiz. O‘sha nisholda tarkibidagi modda oshqozondagi keraksiz 
chiqindilarni chiqarib tashlaydi. 
Oshqozoningiz og‘risa, turli dorilarni ichasiz. Biroq ovqatdan keyin 2—3 qoshiq nisholda 
yesangiz, kimyoviy dorilardan ko‘ra ko‘proq foydali bo‘ladi. Buni ko‘plab shifokorlar ham tavsiya 
qilgan. Tajribadan ham o‘tgan. 
Ko‘pchiligimiz sevib iste’mol qiladigan nisholdaning, inson salomatligiga, ayniqsa, 
oshqozonimizga foydasi katta ro‘za tutgan inson uchun ushbu yengil hazm bo‘luvchi shirinlik ayni 
muddao hisoblanadi. 
Haqiqiy nisholda oppoq bo‘ladi. Qolaversa, tayoqni ko‘targanda uzilmasligi kerak. Uzilsa, haqiqiy 
bo‘lmaydi. Agar muzlatkichda saqlansa, bir yil ham aynimay shunday turaveradi. Nisholda qancha ko‘p 
ko‘pirtirilsa, shuncha sifatli hamda totli chiqadi. 

Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling