O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
ZiyoNet internet sayti. Nuqsonlarning
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
- BARGLARI ORQALI KARBAMID BILAN OZIQLANTIRISHNING HOSILDORLIKKA TA’SIRI Qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti
4.
ZiyoNet internet sayti. Nuqsonlarning turlari Yuzaga kelish sabablari Bartaraf etish tadbirlari Naysimon mahsulotlar ezilgan (yopilgan) uchga ega Haddan ortiq yumshoq(nam) xamirMahsulotlar havo bilan puflanmagan Xamir namligini 1...3 % ga kamaytirish kerak Havo bilan ishlov berishni amalga oshirish lozim Mahsulotlar о‘zaro yopishib qolgan Xamir namliginika maytirish lozim Haddan ortiq yumshoq xamir. Mahsulotlar havo bilan puflanmagan Xamir namligini kamaytirish lozim. Havo bilan ishlov berishni amalga oshirish kerak Bastunlardagi mahsulotlarning egilish joylarida yoriqlarning hosil bо‘lishi Xamir yetarlicha plastiklikka ega emas. Presslanayotgan mahsulotlar sirtining haddan ortiq qurishi Xamirning namligini oshirish kerak. Havo bilan ishlov berish jadalligini pasaytirish yoki mahsulotlar tashqi tomonini havo bilan ishlov berishni о‘chirish kerak. “Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 172 KUZGI YUMSHOQ BUG‘DOY NAVLARINI TO‘LIQ BOSHOQLASHI FAZASIDA BARGLARI ORQALI KARBAMID BILAN OZIQLANTIRISHNING HOSILDORLIKKA TA’SIRI Qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti ass. Jonimqulov T.I. talaba. Murodova Zarnigor. Kuzgi bug‘doyning o‘sish davri kuzgi-qishki va bahorgi-yozgi davrlardan iborat bo‘lib, reproduktiv rivojlanishi davri ham har-hil etaplardan iborat bo‘lib ushbu davrda embrional rivojlanishning boshlanishi arafasida oziq moddalarga, ayniqsa azotga bo‘lgan talablari keskin oshib boradi (4, 5, 7). Kuzgi yumshoq bug‘doy navlari non va non mahsulotlari uchun yetishtirilishi sababli donlari tarkibidagi oqsil miqdori yetarlicha bo‘lishligi to‘liq ta’minlanishi kerak. Biroq bug‘doy donining embrional rivojlanishi davri boshlanishi arafasida azotga bo‘lgan talabi oshib borib ildizi orqali ta’minlanayotgan azot yetishmasligi oqibatida donlari boshoqlarida siyraklashadi va puchlanadi [7, 6]. Bunday salbiy holatni bartaraf etishda yumshoq bug‘doyning embrional rivojlanishi davrlari boshlanishi arafasida barglari orqali karbamid eritmalari bilan qo‘shimcha oziqlantirilishiga bo‘lgan zaruriyat kuchayadi (3). Shuning uchun ham kuzgi yumshoq bug‘doy navlarining embrional rivojlanishi davrlari boshlanishi arafasida barglari orqali karbamid eritmalarini qo‘llash me’yorlari va muddatlarining don hosildorligiga ta’siri o‘rganildi. Dala tajribalari 2015-2017 yillarda Kasbi tumanidagi “Saidmamat polvon Saidov” fermer xo‘jaligida kuzgi yumshoq bug‘doyning Yaksart va G‘ozg‘on navlarida B.A.Dospexovning “Metodika polevogo opыta” (2) o‘tkazildi. Dala tajribalari mineral o‘g‘itlar qo‘llashning tavsiya etilgan me’yorlari va nisbatlari fonlarida o‘tkazildi. Tadqiqotlar bir yarusda to‘rt takrorlanishda o‘tkazildi. Tajriba maydonchalari kattaliklari 180m 2 , hisob maydonchalari 100m 2 .Dala tajribalarining nazorat variantlariga karbamid eritmalari qo‘llanilmadi. Tajribaning eksperemental variantlarida karbamid fizik holda 30, 40, 50 kg/ga eritmalari bug‘doyning gullashi yakunlanib doni shaklanaboshlaganda, ya’ni, embrional rivojlanishi boshlaganda barglari orqali qo‘llanildi. Tadqiqotlar kuzgi bug‘doyni mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish uchun tavsiya etilgan (N 180 P 90 K 60 ) me’yorlari va nisbatlari fonlarida o‘tkazildi [1]. O‘tkazilgan tadqiqotlarimiz natijalari bo‘yicha kuzgi yumshoq bug‘doy navlarini oziq moddalarga, shu jumladan azotga bo‘lgan talabi oshgan to‘liq boshoqlashi fazasida barglari orqali karbamid eritmalari bilan oziqlantirilganda qo‘llanilgan karbamid eritmalari me’yorlariga va navlariga mutanosib holda o‘zgarib borishligi kuzatildi (jadval). Kuzgi yumshoq bug‘doyning Yaksart va G‘ozg‘on navlari boshoqli don eritmalarini mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishning tavsiya etilgan me’yori va nisbati fonida (N 180 P 90 K 60 ) yetishtirib karbamid eritmasi qo‘llanilmagan nazorat varianti don hosildorligi yillar bo‘yicha Yaksart navida 45,8 s/ga dan 46,3 s/ga gacha o‘zgarib borib o‘rtachasi 46,1 s/ga tashkil etdi. G‘ozg‘on navida esa ushbu ko‘rsatgich yillar bo‘yicha 47,2 s/ga dan 47,8 s/ga gacha o‘zgarib borib o‘rtachasi 47,8 s/ga tashkil etdi. Ya’ni don hosildorligi bo‘yicha G‘ozg‘on navining ustunligi kuzatilib o‘rtacha ustunlik 1,7 s/ga tashkil etdi. Tajribaning karbamid eritmalari qo‘llanilgan variantlarida don hosildorligi navlar va qo‘llanilgan karbamid eritmalari me’yorlariga bog‘liq holda karbamid eritmasi qo‘llanilmagan nazorat variantidagiga nisbatan 3,0 s/ga dan 4,7 s/ga gacha oshib borib, ushbu ko‘rsatgich G‘ozg‘on navi 3,6 s/ga dan 4,3 s/ga gacha oshib borishligi aniqlandi. Demak, Kuzgi yumshoq bug‘doy navlarini azotli oziqaga bo‘lgan talabi oshgan to‘liq boshoqlashi fazasida barglari orqali karbamid bilan oziqlantirish qo‘llanilgan karbamid eritmalari me’yorlariga va navlarga bog‘liq holda don hosildorligi, karbamid eritmasi qo‘llanilmagan nazorat variantidagiga nisbatan oshib boradi. Agarda kuzgi yumshoq bug‘doy navlarini azotga talabi oshgani to‘liq boshoqlashi fazasida barglari orqali karbamid eritmasi bilan oziqlantirishning don hosildorligiga karbamid eritmalari me’yorlari ta’minini tahlil etsak qo‘yidagi holatlarning guvohi bo‘lamiz. Karbamid eritmasi 2015 yilda fizik holda 30 s/ga qo‘llanilganda Yaksart navining don hosildorligi 49,1 s/ga tashkil etgani holda 40 s/ga qo‘llanilganda 1,7 s/ga, 50 kg/ga qo‘llanilganda 1,1 s/ga yuqori bo‘lib karbamid eritmasini fizik holda 40 kg/ga qo‘llanilishining ustunlik kuzatildi. Download 5.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling