O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Donni silliqlash va sayqallash laboratoriya qurilmasida amalga oshirildi


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet224/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

2. Donni silliqlash va sayqallash laboratoriya qurilmasida amalga oshirildi; 
3. Olingan dursimon yormaning yirikligi elaklarda aniqlandi. 
Analizlar massasi (2,00,1)kg dan kam bо‘lmagan о‘rtacha namuna bо‘yicha о‘tkaziladi. Agar 
umumlashtirilgan namuna (2,00,1) kg dan oshmasa, u holda uning о‘zi о‘rtacha namuna bо‘ladi. 
Agar u (2,0 0,1) kg dan kо‘p bо‘lsa, undan bо‘lgich yoki kvadratlash metodi yordamida о‘rtacha 
namuna olinadi. 
Kvadratlash metodi bilan о‘rtacha namuna quyidagi tartibda ajratiladi: umumlashtirilgan 
namuna silliq yuzaga yeyiladi, yupqa kvadratli qavat shaklida. Shundan sо‘ng don qavati 
kovurg‘asimon egilgan va bir tomoni tekis yog‘och planka yordamida tenglashtiriladi, ikki uchidan 
ushlab don namunasi о‘rtasidan bо‘linadi (diagonal bо‘yicha). 
Qarama-qarshi uchburchaklar juftligidan biri olib quyiladi va qolgan ikkinchisi esa yana 
takroroy bо‘linishga tayyorlanadi (umumiy uchburchakdagi donlar massasi 2,00,1kg ga yetguncha 
davom ettiriladi). 
Dursimon arpa yormasi gul qobiqlari tо‘liq ajratilgan, yaxshi silliqlangan arpa mag‘izidir. №1 va №2 
– dursimon yormalar uzunchoq shaklli mag‘izdan iborat bо‘lib, mag‘izning chekkalari yumaloq 
bо‘lishi kerak. №3, №4, №5- dursimon yormalar sharsimon shaklda bо‘lishi kerak. 
Arpa donidan dursimon yorma olish uchun arpa donining gul qobig‘i silliqlash mashinasida 
olib tashlanadi. Bunda gul qobig‘i bilan birga qisman meva qobig‘i va murtak ham olib tashlanadi. 
Hosil bо‘lgan arpa mag‘izi yana qо‘shimcha silliqlanadi va sayqallanadi. Buning natijasida arpa 
mag‘izining qobiqlari va murtagi ajratib olinadi. Bu jarayonda butun yormaning chiqishi kamayadi 
parchalangan yormaning va unning chiqishi kо‘payadi. 
№1- dursimon yormaning chiqishini oshirish uchun arpa mag‘izini silliqlash va sayqallashning 
optimal vaqtini tanlash kerak. 
Arpa donidan dursimon yorma olish uchun donni yirikligi bо‘yicha fraksiyalarga ajratdik va 
silliqlash mashinasida ishlov berildi. Buning uchun arpa doni iflos va donsimon chiqindilardan 
tozalandi va 5 minut vaqt davomida silliqlash mashinasida gul qobig‘i ajratildi. Keyin olingan arpa 
mag‘izi 5...8 minut davomida silliqlandi va sayqallandi. 
Arpa donining qobig‘ini ajratishni optimal vaqtini organoleptik usulda aniqladik. Bunda arpa 
donidan gul qobig‘ini tо‘liq olib tashlashning qabiq ajratish vaqtidan bog‘liqligi aniqlandi. Arpa 
donining gul qobig‘ini ajratishning optimal vaqti 5 minutni tashkil etdi. 
1 –jadval 
Dursimon yormaning chiqishiga silliqlash vaqtini ta’siri 
t/r 
Donning 
yirikligi 
bо‘yicha fraksiyalari 
Qobiq ajratish va silliqlashning 
davomiyligi, minut 



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling