“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel
271
amino kislotalar va nitratlar kiradi[3]. Vino tarkibidagi oqsillar va peptidlar, aromatik moddalar vino
ta'mni shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.
Biz vinollarning tahlilini olib borishda GOST 31684-2012 Oziq-ovqat xom ashyosidan etil
spirti va uchuvchan organik aralashmalarning tarkibini aniqlashning gaz-xromatografik usulidan
foydalandik. Biz quyidagi vino mahsulotlarini tahlilini olib bordik:
1.
Mehnat Agrofirmasi MCHJ ning Царское tabiiy qizil xo’raki uzum vinosi. Uzum
navi: Kaberni. Quvvati 11 %
2.
Bog’izag’on MCHJ ning BELLA Azalia tabiiy qizil xo’raki uzum vinosi. Uzum navi:
Merlot. Quvvati: 11 %
3.
Toshkent vino kombinanti AJ nig Восточные Сказки Лейла и Меджнун Nim shirin
qizil vinosi. Uzum navi: Kaberni, Sapervi, Xindogi. Quvvati 13 %.
Tahlil davomida etilasetat, metanol, 2 –propanol, etanol, 2-butanol, 1–propanol, izoaminol
spirtlari miqdor ulushida aniqlandi va tahlil qilindi(1-jadval).
1-jadval
Tekshiruv natijasiga ko’ra uch turdagi qizil vino tarkibidagi spirtlarning miqdori solishtirildi.
Bunga ko’ra yuqori etanol spirtini Layli va Majnun (Лейла и Меджнун) 99.524 %, eng past
ko’rsatkichni esa Sarskoy (Царское) qizil vinosi 99.461 %ni ko’rsatdi. Vino mahsulotlari tarkibiga
boshqa turdagi spirtlarning bo’lishi tavsiya etilmaydi. Chunki birgina metil spirti spirtlar orasidagi
yuqori toksik xususiyatga ega bo‘lgan spirtdir. U odam organizmida etil spirtiga nisbatan sekinroq
oksidlanadi, oksidlanish natijasida turi xildagi zaharli moddalar ajralib chiqadi. Uni 5-10 ml istemol
qilinganda kuchli zaxarlanish va ko‘rlikni, 30 ml istemol qilinganida esa o‘lim holatiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |