O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chopin EM-10
- “Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
Tajriba qism. Un mahsulotimizni namligini aniqlashda Chopin EM-10 uskunamizdan
foydalanamiz. Usul ma’lum haroratgacha qizdirilgan uskunaning belgilangan vaqt mobaynida uskunaning qurutish kamerasiga joylashtirilgan mahsulotni doimiy og‘irlikgacha quritishga asoslangan. 1-rasm 2-rasm 1-rasm. Chopin EM-10 uskunaning qismlari . 1-eshikcha; 2,3-byukslar; 4-chiqaruvchi trubka; 5-byuksni tutib turuvchi qism; 6-havo oqimi 2-rasm. Chopin EM-10 zamonaviy quritish shkafi. Chopin EM-10 uskunasining parametrlari: Aniqlik, yuqori issiqlik quvvati, har qanday turdagi mahsulotlarni tahlil qilish EM 10 quritish kabinasi har biri o‘nta xonadan iborat bo‘lgan ikkita kameraga ega bir vaqtning o‘zida 20 ta namunalarni tahlil qila oladi. Yangi namunalarni qo‘shish mavjud namunalarning xususiyatlari hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi Texnik xususiyatlari Harorat 30-150° C , 230 v AC quvvat manbai-50 / 60 Hz Aniq vazn 14 kg Labaratoriya tajribasini o‘tkazish tartibi: Uskuna qizdirish kamerasi harorati tekshirib ko‘riladi ya’ni haroratning 130° C ga yetganligi ko‘riladi. “Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 43 Bo‘sh byukslar og‘irligi texnik tarozida o‘lchanadi. Un namunasi xar biri 5 gr dan bo‘lgan namuna byukslarga joylashtiriladi. O‘lchanma 0,1% aniqlikda bajariladi. Byukslar namuna bilan birgalikda quritish shkafiga qopqoqlari ochiq holda joylashtiriladi va ko‘rsatkichi 40 daqiqaga sozlangan sekundomer tugmasida vaqt belgilanadi. Byuksdagi mahsulot 130° C haroratda 40 daqiqa davomida quritiladi. Belgilangan vaqt tugagandan byukslar tigelli qisqichlar yordamida tortilib olinib, qopqog‘i yopiladi va eksikatorga 15-20 daqiqa ga sovutish uchun qo‘yiladi. Sovutilgandan so‘ng byukslar og‘irligi o‘lchanadi va namlikni yo‘qotilishi aniqlanadi. Namlik quyidagi formula orqali aniqlanadi: WK = (a-b) × 100/ (a-s) bu yerda: a - namuna bilan byuksni quritishdan avvalgi og‘irligi, g; b - namuna bilan byuksni quritishdan keyingi og‘irligi, g; s – bo‘sh byuksni sof og‘irligi, g; Ikki paralel orasidagi farq, ikkita aniqlash uslubida farq 0.2%, arbitraj aniqlash orasidagi farq 0.5% dan oshmasligi kerak. Xulosa. Namlikni zamonaviy uskuna yordamida aniqlash ishlab chiqaruvchi korxonaga barqaror sifatli, oziq-ovqat nuqtai nazaridan xavfsiz mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Uskunaning afzalliklaridan biri uning ikki kameraliligi ya’ni 20 tagacha byuks joyshlashtira olish imkoniyatidir chunki odatiy quritish kameralariga 10 tagacha byuks joylashtirish mumkin. Bu uskuna korxonaga kirib kelayotgan bug‘doydan tortib, yuvilgan bug‘doyni, dimlash bunkerlaridagi bug‘doyni, birinchi yormalash tizimiga kirib kelgan bug‘doyni, barcha navli unlarni, kepakni ham analizini parallel tekshirish imkonini beradi. Yana bir asosiy afzalligi bu bir-biriga zarar yetkazmagan holda yuqori aniqlikda analizlarni aniqlash imkoniyati borligi , ya’ni odatiy quritish uskunalarida agarda siz analiz uchun mahsulotni qo‘ygan bo‘lsangiz-u yana bir analizni bajarish zaruriyati tug‘ilib qolsa 40 daqiqa tugaguncha kutib turishingiz kerak edi, agarda belgilangan 40 daqiqa tugamasdan yangi analizli byuksni uskunaga joylansa yakuniy analiz natijasini noto‘g‘ri chiqishiga sabab bo‘lardi. Yangi uskunada unaqa emas uskuna kamerasiga yangi analizli byukslar joylashtirishingiz mumkin bu esa chiqayotgan natijaga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu uskuna ishchi xodimning ishini osonlashtiradi hamda uzluksiz ravishda namlik ko‘rsatkichini aniq tekshirib turish imkonini beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1) Butkoviskiy. V.A, Melnikov.E.M Texnologiya mukomolnogo, krupyannogo i kombikormovogo proizvodstva. M: Agropromizdat 1989 god 2) Yegorov G.A Texnologiya muki. Texnologiya krupi M: Kolos 2005 god 3) Kazakov.E.D, Kretovich.V.L Bioximiya zerna i produktov ego prerabotki M: Agropromizdat. 1989 god 4) Adizov.R.T “Don va don maxsulotlarini saqlash texnologiyasi” Darslik T: Fan 2012, 427 b |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling