“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel
46
konservalar ishlab chiqishdagi texnologik xatoliklarga uchragan hisoblanadi, ular inson hayoti uchun
zararli va ulardan foydalanish mumkin emas. Demak oziq-ovqat mahsulotlarini xalq ehtiyoji uchun
sifatli saqlash va ularning to’la texnologiyasiga rioya etgan holda ishlab chiqarish texnolog kadrlarning
salohiyatiga bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng birinchi prezidentimiz Islom Karimov
mamlakatda sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uni saqlash va qayta ishlab chiqarish,
malakali muhandis va texnologlarning yetishib chiqishini dolzalb masala deb bildi. 1991 yil 6 maydagi
203-sonli prezident farmoniga binoan sobiq Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kimyoviy
texnologiya va muhandislik texnologiyasi fakultetlari negizida Toshkent kimyo-texnologiya istituti
tashkil topdi. Institut o’tgan davr ichida kimyo, oziq-ovqat, neft-gaz, qurilish materiallari va
iqtisodiyotning 10 mingdan ziyod yuqori malakali texnologlar yetishtirgan. Natijada hozirgi kinda
mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi yaxshilanib bordi va oziq-ovqat mahsulotlariga
xalq ehtiyojini qondirish uchun zarur amallar bajarilib kelinmoqda. Qashqadaryo viloyati qishloq
xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish hamda yoqilg’i resurslarini qazib olish bo’yicha resbublikada muhim
o’rinni egallaydi. Sanoatning yetakchi tarmoqlari: tabiiy gaz van eft qazib olish, gazni qayta ishlash,
paxta tozalash, yog’ ekstraksiyasi, oziq-ovqat va boshqalar hisoblanadi. Shu resurslarni nazarda tutgan
holda 2019 yili Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Shahrisabz filiali tashkil etildi. Filialning rivojlanish dasturida ilmiy faoliyatning istiqbolli yo’nalishlari
etib kimyo, oziq-ovqat va neft-gaz sanoatida innovatsion texnologiyalar, don va don mahsulotlari
texnologiyasi, funksional ovqatlanish va bolalar ozuqasi, oziq-ovqat uchun sifatli, tabiiy va funksional
qo’shimchalar ishlab chiqarish va boshqalar belgilab olinib yetuk mutaxasislar va texnologlarni
yetishtirib berish asosiy vazifa qilib olingan.
Xulosa qilib aytganda oziq-ovqat xom ashyosini saqlash va qayta ishlash texnologiyasinig
muammolarini o’rganib chiqish bu ishlab chiqariladigan mahsulotlarning, kelajakdagi bu kabi
muammolarga duch kelmasligi va yangicha qayta ishlash, sifatli hamda uzoq muddat oziq-ovqat
mahsulotlarining saqlanishini qulay usulini, bu sohalarda ishlovchi yetuk va malakali texnologlarni
yetishtirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |