O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Kapital (moliyaviy) leverej va operatsion leverej


Download 0.77 Mb.
bet128/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Kapital (moliyaviy) leverej va operatsion leverej


Avvalroq biz bu bobda kapital tuzilmasida qarz mablag‘lari mavjudligi aksiyadorlar uchun daromadlilikka operatsion foydadagi (ya'ni, foizlar to‘lashdan oldin) tebranishlarga ta'sir qilishini qayd qilgan edik. Buning sababi, har qanday sezilarli leverej darajasida foizlar to‘lash operatsion foyda darajasidan qat‘i nazar, bajarilishi kerak bo‘lgan yirik fiksirlangan majburiyatni o‘zida aks ettiradi.
Leverej muammosi kompaniyaning joriy faoliyatiga ham taalluqlidir. Aytish joizki, nafaqat moliyaviy leverej aksiyadorlar daromadliligi o‘zgarishiga olib kelmaydi. Aslida, barcha operatsiyalar bo‘yicha savdodan tushum darajasidan qat‘i nazar, o‘zgarmaydigan xarajatlar (doimiy xarajatlar) va savdodan tushum darajasi bilan birga o‘zgaradigan xarajatlar (o‘zgaruvchan xarajatlar) bor. Ushbu xarajatlarning umumiy xarajatlardagi ulushi faoliyat turiga qarab bir kompaniyada boshqasidan farq qiladi. Ushbu hodisa operatsion leverej (operating gearing) sifatida ma‘lum. Jami xarajatlarning katta qismini doimiy xarajatlar tashkil qilsa, u holda firmaning operatsion levereji yuqori ekanligi haqida so‘z yuritiladi.
7.3-misol. Ikkita kompaniyani ko‘rib chiqaylik: Highplc (“Yuqori”) va Low plc (—Quyi”), f. st.





Yillik doimiy xarajatlar


Savdodan tushumning 1 f.st. uchun o„zgaruvchan xarajatlar

High kompaniyasi


100 000

0, 20

Low kompaniyasi


50 000

0.50


Savdodan tushum ko‘rsatkichlari uchun operatsion natijalar 7.2- jadvalda ko‘rsatilganidek bo‘ladi.

Ushbu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, operatsion levereji yuqori bo‘lgan kompaniya - ya'ni, High kompaniyasi - savdodan tushumlarga bog‘liq ravishda Low kompaniyasiga qaraganda natijalarning kuchli tebranishini namoyish etadi. 7.1-jadvalda moliyaviy leverej bilan xuddi shunday samarani kuzatganimizni esga oling.
Agar kompaniya bir vaqtning o‘zida yuqori ham operatsion, ham moliyaviy leverejga ega bo‘lsa, sotishdan tushumlar darajasidagi nisbatan kichik tebranishlar ham aksiyadorlar daromadliligiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Bu har ikki leverej yuqori bo‘lgan korxonalarda bankrotlik riski yuqori bo‘lishini anglatadi, xususan, savdodan tushumlar darajasi yildan yilga tebranishlarga ta‘sirchanligi ortib boradi. Xarajatlar tuzilmasi shunday bo‘lgan kompaniyalarning levereji operatsion faoliyatda nisbatan yuqori bo‘lgani uchun moliyaviy leverejga ortiqcha berilib ketmaslikka harakat qilishi taxmin etiladi.
Amaliyotda aksiyadorlar kompaniya boshqaruvida menejerlarga (aksiyadorlar vakillari) tayanishi u har doim ham aksiyadorlar manfaatlari nuqtayi nazaridan eng maqbul bo‘lmagan tarzda boshqarilishiga olib kelishi mumkin. Agar menejerlar aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish nuqtayi nazaridan nooptimal harakat qilsa, u holda aksiyadorlar xarajatga uchraydi.
7.2-jadval


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling