196
мo
P
k
I
=
k
D
bu yerda,
I
k
- investitsiyalarning qiymati;
P
mo
- yillik pul mablag‗lari oqimi.
Investitsiyalash jarayonini amalga oshirish
uchun uzoq muddat talab
qilinishi sababli mablag‗larni investitsiyalash vaqtida pul mablag‗larini
ularning
qaytimi bilan taqqoslash zaruriyati tug‗iladi. Bu maqsadda pul mablag‗larining
kelgusi va haqiqiy qiymati tushunchalaridan foydalanish zarur.
Pul mablag‗larining kelgusi qiymati joriy
davrda investitsiyalangan
mablag‗larning
summasini ifodalaydi, ular belgilangan
foiz stavkasini hisobga
olgan holda ma‘lum vaqt oralig‗ida shu summaga aylanadi.
Pul mablag‗larining haqiqiy (hozirgi) qiymati foizning ma‘lum stavkasini
hisobga olgan kelgusi pul mablag‗lari summasini bildiradi. Pul mablag‗larining
haqiqiy
qiymatini
aniqlash
uchun
ular
qiymatini
muayyan
vaqtdagi
diskontlashtirish jarayonini ham hisobga olish lozim, chunki u pul mablag‗larining
kelgusi miqdorda ortib borishiga teskari muomalani ifodalaydi. Bunday holda foiz
summasi (diskont) pul mablag‗larining yakuniy summasi (kelgusi qiymati)dan
ayirib tashlanadi.
Mablag‗larni investitsiya qilish va investitsiya foydasini shakllantirish bilan
bog‗liq moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish paytida pul mablag‗lari
qiymatini oshira borish (kompaunding) hamda diskontlash
jarayonlarini oddiy va
murakkab foizlar bo‗yicha hisoblash maqsadga muvofiqdir.
Oddiy foizlar qisqa
muddatli investitsiyalashda,
murakkab foizlar esa uzoq
muddatli investitsiyalashda qo‗llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: