46
ma‘muriyat javobgarlik markazi ob‘ekti bo‘lib hisoblanadi.
Takrorlash uchun savollar
1) Korxonaning faoliyatida xarajatlar qanday ahamiyatga ega?
2) Xarjatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq xarajatlar qay tartibda
guruhlanadi?
3) Ishlab chiqarish xarajatlari iqtisodiy mazmuniga ko‘ra
qanday
guruhlarga ajratiladi?
4) Asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlar hisobi
o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?
5) Asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga qanday xarajatlar kiritiladi?
6) Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi
qanday xususiyatlarga
ega?
7) Umumishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyatida qanday o‘rin
tutadi?
8) Javobgarlik markazlari nima?
9) Xarajatlarni javobgarlik markazlari bo‘yicha hisobga olishning
maqsadi nima?
10) Javobgarlik markazlari qanday tasniflanadi?
11) Javobgarlik markazlarini tasniflashga qanday talablar qo‘yiladi?
12) Javobgarlik markazlarini boshqarishning qanday shakllari mavjud?
13) Javobgarlikning asosiy va yordamchi
markazlari deganda nimani
tushunasiz?
14) Xarajatlar markaziga ta‘rif bering.
15) Javobgarlik markazlarini tashkil etish jarayoniga qanday omillar
ta‘sir ko‘rsatadi?
47
3-BOB. XARAJATLARNI BAHOLASH VA ULAR DINAMIKASI
3.1. Xarajatlar vazifalarini, ahamiyati va umumiy qoida (printsip)lari
Xarajatlarni baholash uchun qo‘llaniladigan turli usullarni ko‘rib chiqishdan
oldin bu bobda biz foydalanadigan ba‘zi atamalarni bilib olishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: