49
Bu yondashuvlar xarajatlar vazifalarini aniqlashning aniqlik darajasi
bo‘yicha va ularni amalga oshirish xarajatlari bo‘yicha farq qiladi. Bu usullar bir-
birini istesno qilmaydi, xarajatlarning turli toifalari uchun turli usullar qo‘llanilishi
mumkin.
Muxandislik usullari. Xarajatlar o‘zgarishini tahlil
qilishning muxandislik
usullari keltirilayotgan resurslar bilan chiqayotgan mahsulot o‘rtasidagi texnologik
bog‘liqlikni muhandislik tahlilidan foydalanishga asoslanadi. Masalan, ular
qatoriga texnik tahlil
tusidagi tadqiqot usullari, ishni tanlash va vaqt hamda
harakatni o‘rganish kiradi. Bu yondashuv xarajatlar bilan chiqimlar o‘rtasidagi
omillarni jismoniy bog‘liqlik (tobelik) mavjud bo‘lganda ma‘qul hisoblanadi. Texnik
tahlilni bajarish protsedurasi faoliyat turi uchun talab qilinadigan asosiy jismoniy
xarakteristikani (tavsifni) to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishga va so‘ngra
olingan
natijalarni chiqimlarning kutilayotgan qiymatiga aylantirishga asoslanadi. Texnik
talablarni biladigan muxandislar talab qilinadigan materiallarning
miqdorini va
xodimlarning mehnati qancha davom etishini, turli operatsiyalar uchun uskunalarning
ishini baholaydilar, shundan so‘ng qiymat bahosini resurslar
narxi va stavkalarini
olish uchun jismoniy ko‘rsatkichlar bilan bog‘lanadi. Muxandislik usuli
takrorlanuvchi jarayonlar xarajatlarini aniqlash uchun foydalidir, chunki bu jarayonda
keltiriladigan resurslar bilan mahsulot chiqishi o‘rtasidagi bog‘liqlik ma‘lumdir.
Masalan, bu usul asosiy ishlab
chiqarish materiallariga, xodimlarning mehnatiga,
mashina-uskunalarning ishlash vaqtiga tegishli
xarajatlarni baholash uchun
qo‘llaniladi, chunki ularni bevosita kuzatib turish va o‘lchash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: