O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

Jami: 
24,5 
50000 
 
 
E‘tibor bering, ta‘mirlash va texnik xizmatlar yarimo‘zgaruvchi xarajatlar 
toifasiga turkumlanadi va mahsulot birligiga 0,50 sh.b.ni tashkil qiluvchi 
o‘zgaruvchi xarajatga plyus 5000 sh.b. doimiy xarajatga qo‘shiladi. Umumiy 
xarajatlarni hisoblashni tekshirish 10.000 sh.b. mahsulot chiqqanda mahsulot 
birligiga o‘zgaruvchi xarajatlarni baholash umumiy o‘zgaruvchi xarajatlar 24,50 
sh.b. bo‘lishini ko‘rsatadi. Demak o‘zgaruvchi umumiy xarajatlar 245000 sh.b.ni 
tashkil qiladi. Unga 50000 sh.b. doimiy xarajat qo‘shilsa jami xarajatlar 295 000 
sh.b. bo‘ladi. Demak bu erda xarajatlar funktsiyasi bunday ko‘rinishda bo‘ladi: 
u = 50 000 + 24.50 x 
Xarajatlarning bu funktsiyasidan so‘ngra ishlab chiqarishning boshqa 
sharoitlarida xarajatlarning har bir alohida moddasi bo‘yicha xarajatlarni baholash 


51 
uchun foydalaniladi. 
Keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, o‘zgaruvchi va doimiy xarajatlar 
bo‘yicha chiqimlarni tahlil qilish etarlicha sub‘ektivdir. Buning ustiga bunday 
tahlilda eng so‘nggi ma‘lumotlar qo‘llaniladiki, ular xarajatlar o‘zgarishining 
oldingi yoki keyingi tuslariga nisbatan tipik bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli 
mumkin bo‘lgan joylarda xarajatlarni baholash turkum kuzatishlarga asoslanishi 
kerak. Shunday usulga asoslanib xarajatlarni baholash yakka va ko‘pincha shartli 
muloxazalarga asoslanadi. Shu sababli bunday baholar etarlicha aniq bo‘lmasligi 
mumkin, ayniqsa ularga asoslanib katta mablag‘ bilan bog‘liq qaror qabul qilish 
uchun aniq emas. Demak bu usulda o‘lchov xatolari bo‘lishi mumkin. 
3.3. Xarajatlarni baholashda grafik va miqdor usullarni ko‗llashning 
xususiyatlari 
Grafik usul yoki yoyilish diagrammasi 
Bu usul faoliyatning har bir turiga umumiy xarajatlar grafikasini chizib 
borishni o‘z ichiga oladi. Umumiy xarajatlar - tik o‘q (U) bo‘yicha, ishlab 
chiqarish hajmi - ko‘ndalang o‘q (X) bo‘yicha o‘tkaziladi, tarqalgan nuqtalar orqali 
to‘g‘ri chiziq tortiladi. Masalan, oldingi o‘nta to‘rt haftalik hisobot davri uchun 
quyida keltirilgan texnik xizmat ko‘rsatishga umumiy xarajatlarga doir 
ma‘lumotlardan hamda mashinalarning ish vaqtidan foydalanib diagramma 
tuzamiz.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling