O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

Regressiya tenglamasi tobe o‘zgaruvchan miqdor (bu o‘rinda xarajat) va 
erkin o‘zgaruvchan xarajatning (ya‘ni faollik ko‘rsatkichi yoki chiqimlar 
omilining), bitta yoki ko‘p soni o‘rtasidagi kutilayotgan tobelikni ko‘rsatadiki, ular 
oldingi kuzatuvlarga asoslanadi. Tenglama faqat bitta erkin o‘zgaruvchi xarajatni 
o‘z ichiga olsa oddiy regressiya deyiladi va bunday holatda regressiya 
tenglamasini to‘g‘ri chiziqli grafik tarzida ko‘rsatish mumkin. Agar tenglama va 
undan ko‘proq erkin o‘zgaruvchi xarajatlarni o‘z ichiga olsa, gap ko’plik 
regressiyasi to‘g‘risida boradi
2
. Agar bitta erkin o‘zgaruvchi va tobelik to‘g‘ri 
chiziqli bo‘lsa, regressiya chizig‘ini to‘g‘ri chiziqli tenglama shaklida ifodalash 
mumkin: 
u = a + bx. 
Agar biz tobe o’zgaruvchi (xarajatlar) va erkin o’zgaruvchi (faoliyat turi), 
o‘rtasidagi aloqani ifodalamoqchi bo‘lsak u holda: 
u —  x faollik darajasida hisobot davridagi umumiy xarajatlar; 
a — hisobot davridagi umumiy doimiy chiqimlar; 
b — mahsulot turi birligiga o‘zgaruvchi o‘rtacha chiqimlar; 
x — faoliyat turi hajmi yoki hisobot davrida chiqimlar omillari. 
Agar misol uchun olganda, aniq bir davrda doimiy chiqimlar 5000 evroga 
teng bo‘lsa, o‘zgaruvchi o‘rtacha chiqimlar mahsulot birligida 1 evroni tashkil 
qilsa, asosiy xodimlarning mehnat soati esa chiqimlar omili bo‘lsa, u holda 
Umumiy xarajatlar = 5000 + 1 x asosiy xodimlar mehnat soati (x), yoki 
u = a +bx, shu sababli u = 5000 +1x. 
Tobe o‘zgaruvchi yoki bir necha erkin o‘zgaruvchi o‘rtasidagi bog‘liqlikni 
ifodalovchi regressiya tenglamasiga nisbatan maqsadli vazifa atamasi ham 
2
Management Accounting for Business Decisions, 2
nd
 Edition, by Colin Drury, 2012 р.55 


48 
qo‘llaniladi. Xarajatlarni baholash umumiy xarajatlar bilan bu xarajatlarni talab 
qiluvchi potentsial omillar o‘rtasidagi oldingi tobelikni o‘lchashdan boshlanadi. 
Bunday holatda maqsad bo‘lajak sarf-xarajatlarni taxmin qilish uchun yordamchi 
vosita sifatida oldingi xarajatlarning o‘zgarish turidan foydalanishdir. Lekin 
kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyatning har qanday o‘zgarishi oldingi 
ma‘lumotlarga mumkin bo‘lgan shu o‘zgarishlarni hisobga olib, tuzatish kiritishini 
talab qiladi.
Ayni paytda o‘tgan davr ma‘lumotlari asosida chiqarilgan xarajatlar 
vazifalari to‘satdan to‘xtab qolishi mumkin bo‘lgan soxta korrelyatsiya asosida 
aniqlanishi xavfi mavjud. O‘zgaruvchi birliklar iqtisodiy jihatdan asoslangan 
bo‘lsa, kuchli korrelyatsiya (o‘zaro bog‘liqlik) bo‘lishi mumkin. Shu sababli 
xarajatlar vazifasini faqat ilgari kuzatilgan statistik tobelik asosida aniqlamaslik 
kerak. Har qanday holatda ham kuzatiladigan statistik tobelikning tabiati oqilona 
va iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lishi kerak. Agar bunday sharoit bo‘lmasa, 
turlicha ma‘lumotlar asosida natijalarni prognozlash uchun xarajatlar vazifasidan 
foydalanilganda baholanayotgan karamlik (tobelik) takrorlanishiga ishonib 
bo‘lmaydi. 
Operatsiyalarni bilish yoki mantiq tahlili qilinayotgan o‘zgaruvchi birliklar 
o‘rtasida sabab va oqibat tobeligi mavjud degan xulosa chiqarishga imkon bergan 
holdagina iqtisodiy asoslash mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, komponentlar soni 
materiallarga ishlov berishga xarajatlar uchun potentsial omildir, chunki detallar 
soni qancha ko‘p bo‘lsa, xarajatlar shuncha ko‘p bo‘ladi. Mantiq ushbu holatda 
komponentlar soni bilan materiallarga ishlov berish xarajatlari o‘rtasida sabab-
oqibat tobeligi mavjud deb taxmin qilishga imkon beradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling