44
bo‘linmadir.
Amaliyotda sof foydasini investitsiya qilish huquqiga ega bo‘lgan bunday
markazning maqsadi foyda olish hamda sarflanadigan mablag‘larning
rentabelligi, investitsiyalarning daromadliligi va xususiy mablag‘ning ortishiga
erishish hisoblanadi.
Investitsiyalar markazi faoliyatini rejalashtirilgan
foyda olish jadvali
(operatsion byudjet), shuningdek, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot,
buxgalteriya balansi yordamida boshqarish mumkin.
Javobgarlikning asosiy markazlari bevosita
mahsulot ishlab chiqarish,
ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Ularning xarajatlari
bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. Asosiy ishlab
chiqarish
brigadalari, tsexlari va sotish bo‘limini ana shunday markazlarga
kiritish mumkin.
Javobgarlikning
yordamchi
markazlari
javobgarlikning
asosiy
markazlariga ko‘maklashish uchun tashkil etiladi. Bu markazlarning xarajatlari
avval javobgarlikning asosiy markazlari bo‘yicha taqsimlanadi, keyin esa asosiy
markazlarning umumiy xarajatlari mahsulot (ishlar, xizmatlar)
tannarxi
tarkibiga kiritiladi. Shuni ta‘kidlash lozimki, javobgarlik markazlarini
aniqlashda korxona texnologik tuzilmasini e‘tiborga olish, uni gorizontal va
vertikal ko‘rinishlarga ajratish zarur.
Gorizontal tuzilmada markaz uchun javobgar
har bir shaxs faoliyati
doirasi bilan farqlanadi, vertikal tuzilmada esa boshqaruv qarorlari qabul
qilishga vakolatli shaxsning harakatlari nazarda tutiladi.
Javobgarlik markazlarining
har biri bir vaqtda xarajatlar, daromadlar,
foyda yoki investitsiyalar markazi bo‘lishi mumkin (2.2.-rasm.).
Bu rasmga asoslanib, korxona javobgarlik markazlarining
shakllanishini
gorizontal va vertikal ko‘rinishlarda tahlil qilib chiqish korxona bo‘linmalari
rahbarlari faoliyatini markaziy boshqaruv xodimlari faoliyati bilan muvofiq-
lashtirish imkonini beradi.