O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

nd
 Edition, by Colin Drury, 2012 р. 450


90 
Xarajatlar ob‘ekti sarflangan xarajatlar hisobga olinishi zarur bo‗lgan 
tashkiliy bo‗limdir. 
Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi bevosita xarajatlar, 
resurslardan samarali foydalanishni talab qiladi. Korxonadagi moddiy, 
moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotning tannarxini pasaytirish imkonini beradi. 
Mahsulot tannarxini aniqlashda kalkulyatsion birlikni aniq belgilash 
muhim masala hisoblanadi. 
Kalkulyatsiya birligi - bu kalkulyatsiya ob‘ekti o‗lchovidir. Uni tanlash 
mahsulotni tayyorlash xususiyatlari, nomenklatura kengligi, o‗lchashda 
qo‗llanadigan birliklar, amaldagi andozalar va ishlab chiqiladigan mahsulotning 
texnik shartlariga bog‗liq bo‗ladi. 
Kalkulyatsiya ob‘ektlarini belgilashda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 
turlariga muvofiq ularning nomi, yog‗lilik darajasi va idishning turiga qaraladi. 
Masalan, bir metr sig‗imdagi qog‗oz idishdagi 3,2% yog‗lilikka ega sut, 0,5 
metr sig‗imdagi polietilen idishdagi 20% yog‗lilikdagi smetana, 250g. 
og‗irlikdagi o‗rama qog‗ozli yog‗sizlantirilgan tvorog va h.k. 
Amaliy faoliyatda ishlab chiqarish korxonalari kalkulyatsiya birliklarning 
quyidagi guruhlaridan foydalanadilar: 

tabiiy birliklar - dona, kilogramm, tonna, metr, kub metr, kilovatt-soat 
va h.k.; 

shartli-tabiiy birliklar – konservalar (quyultirilgan sut) 100 shartli 
bankalari va h.k.; 

foydalaniladigan (ekspluatatsion) birliklar - quvvat, mahsuldorlik va 
h.k; 

ishlar birliklari - tashib keltirilgan yukning bir tonnasi, yo‗l 
qoplamasining yuz metri va h.k.; 

vaqt birliklari - mashina-kun, mashina-soat, norma-soat va h.k. 
Xarajatlar hisobining buyurtmali usuli xususiy va mayda turkumli ishlab 


91 
chiqarishda, shuningdek, tajriba-eksperimental ishlab chiqarishda va ta‘mirlash 
ishlarida qo‗llanishi mumkin.
Buyurtmali usulning mohiyati, bir yoki bir necha xildagi mahsulotlarning 
uncha katta bo‗lmagan turkumini tayyorlashda har bir buyurtma bo‗yicha 
alohida xarajatlar hisobini amalga oshiriladi. 
Xarajatlarni hisobga olish va tannarxni kalkulyatsiya qilishning 
buyurtmali usuli quyidagi o‗ziga xos xususiyatlarga ega: 

alohida buyurtmalar bo‗yicha, shuningdek, bir martalik mahsulot turi 
ishlab chiqarilayotganda qo‗llaniladi; 

bu usulda xarajatlar muayyan hisobot davri (bir oy, chorak, yil) 
oralig‗ida emas, balki bajarilayotgan buyurtma davri bo‗yicha aniqlanadi; 

qo‗shimcha analitik ma‘lumotlarni yig‗ib borish uchun buyurtmalar 
kartochkasidan foydalanish mumkin. Ushbu buyurtmalar kartochkasidan 
xarajatlar tegishli javobgarlik markazlari bo‗yicha yig‗ib boriladi. 
Bu usulda barcha bevosita xarajatlar ishlab chiqarilgan yoki bajarilgan 
buyurtma birligiga olib boriladi. Buyurtmali usulda umumishlab chiqarish 
xarajatlari maxsus usullar bo‗yicha aniqlanadi va mahsulot tannarxiga olib 
boriladi. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlashning eng muqobil usuli 
normativ koeffitsiyentlar usulidir. 
Koeffitsiyentlarni hisoblash uch bosqichda amalga oshiriladi: 

umumishlab chiqarish xarajatlari rejasining yillik budjeti tuziladi; 

xarajatlarning umumiy summasi rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish 
hajmiga qarab aniqlanadi. Bunda xodimlarning mehnat haqi, sarflangan kishi 
soat, sarflangan mashina-soat va h.k; 

rejalashtirilayotgan hisobot davri uchun aniqlangan umumishlab 
chiqarish xarajatlari summasi rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmiga bo‗linadi. 
Yuqoridagi hisob-kitoblardan so‗ng, pul birligi, soat va boshqa istalgan 
o‗lchov birligida aniqlanishi mumkin bo‗lgan umumishlab chiqarish 
xarajatlarining normativ koeffitsiyenti yuzaga keladi. 


92 
Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini hisoblashning buyurtmali usulida 
kalkulyatsiya ob‘ekti bo‗lib muayn miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarish 
(ishlar bajarish, xizmatlar ko‗rsatish)ga olingan buyurtma hisoblanadi. 
Mahsulotni ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‗rsatish)da 
asosiy buxgalteriya hisobi hujjati bo‗lib, buyurtmachi va ishlab chiqaruvchi 
o‗rtasida tuzilgan shartnoma hisoblanadi. Mazkur shartnomada quyidagilar o‗z 
ifodasini topadi: shartnoma ob‘ekti, shartnoma sub‘ektlari va ularning 
manzillari, mahsulot (ish, xizmat)ning hajmi va yuklab jo‗natish (qabul qilib 
olish) muddati, shartnoma bahosi, to‗lov shakllari va boshqalar. 
Buyurtmali usulda mahsulot tannarxini hisoblash yakka va turkumli ishlab 
chiqarishlarda qo‗llaniladi. 
Buyurtmalar bo‗yicha material, mehnat haqi va shu kabi xarajatlar alohida 
taqsimlash jadvallarida guruhlanadi. Buyurtma ob‘ektining tannarxi u ochilgan 
kundan boshlab amalga ishlab chiqarish xarajatlarining yig‗indisi summasi 
orqali aniqlanadi. 
Buning uchun har bir buyurtmaga buxgalteriyada alohida kartochka 
ochiladi, unda buyurtma bo‗yicha xarajatlar buyurtmani bajarishning butun 
muddati mobaynida hisobga olinadi. 
Bevosita xarajatlar birlamchi hujjatlar asosida sexlar va buyurtmalar 
bo‗yicha hisobga olinadi. Bunda har bir buyurtma uchun alohida birlamchi 
hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Bilvosita xarajatlar korxonada mutanosib ravishda qabul qilingan 
taqsimot bazasiga binoan taqsimlash yo‗li bilan mahsulotlar tannarxiga 
kiritiladi. 
Buyurtmani bajarish davrida xarajatlar tugallanmagan ishlab chiqarish 
sifatida hisobga olinadi.
Mahsulot ishlab chiqarish jarayoni tugagandan keyin kartochka yopiladi 
va buyurtmani bajarishga ketgan xarajatlar hisoblab chiqiladi. 
Bu xarajatlardan qaytarilgan chiqindilar, tuzatib bo‗lmaydigan brak va 
foydalanilmagan 
materiallarni 
omborga 
qaytarish 
xarajatlari 
chiqarib 


93 
tashlangach, buyurtma bo‗yicha ishlangan mahsulotning haqiqiy tannarxi kelib 
chiqadi.
Agar buyurtmaga muvofiq bir necha xil buyum tayyorlansa, haqiqiy 
xarajatlar summasini ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga kalkulyatsiya 
moddalari bo‗yicha bo‗lish bilan bir birlik mahsulotning tannarxi aniqlanadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling